www.ziyouz.com kutubxonasi
6
ilohiyga mone’dir, ya’ni ujb egasini haqning ilohiy yordami uzilmog‘idek jazoga giriftor
etgayki, bu eng og‘ir falokatdir. Kishi mag‘rur va o‘zini sevuvchan bo‘lmasligi lozim,
so‘zida, ishida, fe’l-harakati va muomalasida haddini bilib, ojizligini anglab, o‘zidan qo‘ra
bilag‘onroq (olimroq), yetukroq, xayrliroq kishilar... borligini o‘ylab, tavozu’ni hech
qo‘ldan bermasligi lozimdir.
Va nihoyat, hammangizda, salim va estetik-madaniy shuur, go‘zallik ishqi, go‘zallikni
sevmoq va qadrlamoq malakasi mustahkamroq jo bo‘lmog‘i va rivojlangan bo‘lmog‘i
lozimdir.
G’oyamiz: «Har ishning eng chiroylisini qilmoq; o‘zimizni eng go‘zal sifat bilan
sifatlamoq, dunyoda va uqboda (oxiratda) eng go‘zal natijalarga, eng go‘zal
mukofotlarga erishmoqdir». Rabbimiz jalla jalaluhu bizni ana shularga noil va vosil
aylasin!
Alloh taolo hazratlari bizlarni O’zi sevgan qullardan bo‘lmog‘imizni nasib aylasin... Bizda
o‘zi sevmagan neki hol, fe’l-ho‘y va sifat, ish bor bo‘lsa, bulardan O’zi qutqarsin. Bizni
O’zi sevgan hollar ila hollantirsin. O’zi sevgan axloq ila xulqlantirsin... O’zi sevgan
ishlarni bajarmog‘imizni muvaffaq aylasin... O’zi sevgan qullar bilan birga
yashamog‘imizni nasib aylasin... O’zi sevgan qullari bilan hamroh qilsin... Habibi adibiga
qo‘shni aylasin...
Do'stlaringiz bilan baham: |