Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc
(jonim), qudrati qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, sizlardan har bittangiz meni
Download 191.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi
(jonim), qudrati qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, sizlardan har bittangiz meni
otangizdan ham, farzandingizdan ham, butun insonlardan ham ko‘proq yaxshi ko‘rmaguningizcha, haqiqiy mo‘‘min bo‘la olmassiz». Shuning uchun sahobai kirom, rizvonallohu alayhim ajma’in, ul zotga murojaat etganlarida: «Fidoka abiy va ummiy, yo Rasulalloh!» («Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh!») deb so‘z boshlar edilar. Uning yo‘lida mollarini va jonlarini fido qilishda hech ikkilanmas, peshonalarini tirishtirmas edilar. Hammalari o‘limga tayyor holatda u zotga bog‘langan, bay’at etgan edilar. Hatto bittasi kelib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga: – Yo Rasululloh! Men sizni ko‘p yaxshi ko‘raman! – dedi. – Rost so‘ylarmisan? – dedilar Payg‘ambar janobimiz. – Ko‘p yaxshi ko‘raman, yo Rasululloh, sizga oshiqman, juda yaxshi qo‘raman! – dedi u. – Undoq bo‘lsa, balolarga hozirlangin! Chunki meni yaxshi ko‘rgan kishiga balolar xuddi selning guldur-guldur kelmog‘idan ko‘ra shiddatliroq kelur, – dedilar. Ya’ni, bu mehr-muhabbatning imtihoni ko‘p bo‘lgay, shiddatli bo‘lgay va qaerda bir musulmon bo‘lsa, Alloh unga aziyat yetkazadigan bir aziyatchini paydo qilgay. Uning qarshisida esa musulmonning hushyor turmog‘i lozimdir. Barcha zamonlarda bo‘lgani kabi bizning zamonamizda ham Rasulullohni sevmoq, u zotning yo‘lidan bormoq bilan, sunnatini jonlantirmoq bilan ummatiga xizmat etmoq bilan va bilxossa, uning haqiqiy vorislari bo‘lgan ulamoi muhaqqiqiyn, mashoyixi vosiliyn va avliyoullohi muqarrabiynga bay’at qilib bog‘lanmoq bilan amalga oshgay, namoyon bo‘lgay. Kunday ravshan, zohir va boqir (aniq) bo‘lgan bu haqiqatdan xabarsiz yurganlar naqadar achinarli ahvoldadirlar! Haqqi va ahliyati, salohiyati bo‘lmagan holda insonlarni o‘zlariga bog‘lamoqqa uringan kishilar naqadar qo‘rqinch bir jur’at komidadirlar! Ularga ishonib, orqasidan ketganlar naqadar iz’onsiz va irfonsizdir! (Itoatsiz va ma’rifatsizdir!) Bechoralar johiliya o‘limi bilan o‘lib ketgaylar... Yo Rabb! Bizni O’zingning va Rasulingning muhabbatidan mahrum qoldirmagin, sevgan qullaring bilan birga saqlagin, sevgan yo‘llaringda yuritgin, sevgan amallaringni bajartirgin; huzuringga O’zing sevgan va O’zing rozi bo‘lgan bandalaring bo‘lib bormog‘imizni nasib aylagin!
Download 191.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling