Nima demoqchilar?.. Bir inson yaxshilik qilsa, o‘ziga qilar, yomonlik qilsa ham
o‘ziga qilar... Yaxshilik qilganida savobga erishgay, yomonlik qilganida gunohga
botgay. Bersin hisobini, tortsin jazosini!
Bu jihatdan foydali qul bo‘lmoq lozim!.. Kumushxonaviy Xojamiz «Jomi’ul-usul» degan
tariqat kitobimizda aytishicha, butun tariqatlarni tekshirgan, juda katta asarlari bor;
masalan, «Majmuatul-ahzob»i... butun avrodni to‘plagan, butun azkorni (zikrlarni)
to‘plagan, hamma narsani tadqiq etgan; aytadiki, «Butun tariqatlarni tadqiq etdim.
Butun tariqatlarda mushtarak bo‘lgan asos – xizmatdir». Ya’ni, har bir tariqatning o‘ziga
xos nozik farqlari bor, ammo barcha tariqatlarda uyqash bo‘lgan, mushtarak bo‘lgan
jihat nimadir? Xizmat!
Ya’ni, darvish xizmat etgay!.. Savob qozonmoq uchun, Allohning rizosini topmoq uchun
belgili yo‘l – xizmat yo‘lidir! Xizmat qilgaysan, har jonivorga; qushga, laylakka,
mushukka, qo‘ziga, itga, insonga, insoni komilga... Har narsaga xizmat qilgaysan!..
Xizmat qilsa, izzat topgay inson.
Do'stlaringiz bilan baham: |