Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc


Anglashiladiki, musulmonning musulmonni sevmog‘i, yaxshi ko‘rmog‘i


Download 191.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/73
Sana08.01.2022
Hajmi191.43 Kb.
#249688
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Bog'liq
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

Anglashiladiki, musulmonning musulmonni sevmog‘i, yaxshi ko‘rmog‘i 

ibodatlarning eng savoblilaridandir; ammo biz odatlangan tarzdagi ibodatlar emas. 


Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

8

Imomi G’azzoliy, roziyallohu anhu, ifodasi bilan aytganda «odat tarzidagi ibodatlarning» 



eng savoblilaridandir. Chunki bir musulmonning butun hayoti ibodatdir... Niyati xolis 

bo‘lsa, bir musulmonning butun hayoti ibodatdir, hatto uyqusi ham ibodatdir!.. Uyqusi 

sunnati saniyyaga uyg‘un bo‘lsa, uyqusi rizoi Boriy taologa muvofiq bo‘lsa, uyqusi yaxshi 

bir niyatga tayansa, uyqusi ham ibodatdir... Yemog‘i, ichmog‘i ham ibodatdir, ziyorati 

ham ibodatdir, birodarligi ham ibodatdir. O’sha mumtoz ibodatlar bilan birga bulardan 

ham ulkan savoblar olgay. Har on savob olgay... Niyati bilan bir musulmon har on savob 

olgay. Bu Islomning go‘zalliklaridan biridir... 

Darvishlik, tasavvuf deb atagan narsamizning eng muhim tayanchlaridan biri

mo‘‘minlarning qardosh-birodar bo‘lmog‘i, og‘a-ini bo‘lmog‘i, do‘st bo‘lmog‘i, yor 

bo‘lmog‘idir; odat tarzidagi bir ishdan ham davomli savob olmog‘idir. Chunki bir-birlarini 

Alloh uchun sevganlar, mahshar kunida insonlar dahshatli qiyinchiliklar ichra qolganida, 

og‘irlik, qiyinchilik tuymagaylar; Arshi a’loning soyasida ardoqda bo‘lgaylar... Nurdan 

bo‘lgan minbarlarda o‘ltirgaylar, xaloyiq ularga havas etgay... Mahshar xalqi, mahshar 

joyidan ularni, xuddi biz dunyodan osmon yuzidagi yulduzlarni tomosha qilganimizdek

tomosha qilgaylar; «Bular payg‘ambar emas, shahid emas, ammo kim bular?» degaylar. 


Download 191.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling