Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc


Download 191.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/73
Sana08.01.2022
Hajmi191.43 Kb.
#249688
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

www.ziyouz.com kutubxonasi 

32

uzishmangizlar. Ziyoratlar qilar edi, qilmay qo‘ydi, munosabati bor edi, kelib-ketishni 



to‘xtata boshladi. Bog‘lar uzildi. Yo‘q, bunday qilmang, deydilar Payg‘ambar janobimiz, 

bir-biringiz bilan bog‘larni – aloqalarni uzmangizlar. 

«Bir-biringizga orqa o‘girib olmangiz». Orqa o‘girmoq – xafalashmoq, aloqa qilmaslik

yordam bermaslik, har kimning o‘zicha istiqomatda ketmog‘idan kinoyadir. 

«Bir-biringiz bilan hasadlashmangiz». U sizga hasad qiladi, siz unga hasad qilasiz. Va yo 

uning moli bor, mulki bor, hasadlashuvni, qizg‘onchni qo‘zg‘aydi. Bularning hammasini 

taqiqlaydilar Payg‘ambar janobimiz. Musulmonning musulmonga bug‘z etmog‘i yo‘q, 

aloqa uzmog‘i yo‘q. Yuz o‘girmog‘i yo‘q, hasadlashmog‘i yo‘q. Bunday ishlar bo‘lmaydi. 

Ijobiy, maqbul ish sifatida nima qiladi? Shu salbiy ishlarni qilmaydi. 

 

DUNYO SEVGISI 

 

Dunyoni istamoq, sevmoq har bir xatoning manbaidir. Xato shundan boshlanadi. Insonni 



dindan uzoqlashtirgan, adolatdan uzoqlashtirgan, yomonlik, aldoqchilik qildirgan, 

birodarlikni buzdirgan, har qanday turli xatolarning manbai dunyo sevgisidir. Har turli 

rasamad dunyodadir. Ikki aka-ukani, birodarni urishtiradi u. 

Ota o‘g‘li bilan urushadi hukmdorlik uchun. Usmoniylar tarixida ham bor shunaqasi: ota 

o‘g‘li bilan kurashadi. Ikki davlat bir-biri bilan urushadi dunyo uchun. Eronning Iroq bilan 

to‘qnashuvi oxirat uchunmidi? Yo‘q, dunyo uchun edi! Usmoniylarning dardi boshidan 

oshib turganda, Misrning Usmoniylar bilan harb qilmog‘i oxirat uchunmidi? 

Qutohyagacha keldi. Necha marta Usmoniy lashkarini yengdi. Misr hiylaga 

uchraganmidi, balki biror tashqi tayanchi bormidi, Usmoniyning boshida u ham bir balo 

bo‘ldi. Yovuz Salim o‘z otasini taxtdan ag‘dardi. Fotihning ikki o‘g‘li Boyazid bilan Jam 

bir-birlari bilan saltanat uchun janjallar qilishdi. Qonuniy Sulaymonning o‘g‘li otasiga osiy 

chiqdi. Urushib, yengildi. Boshi kesildi. Shahzoda jomening oldidagi bozorda yotibdi. 

Butun xatolarning boshi, aziz birodarlarim, dunyo sevgisidir. 

Dunyoda insonlar zohid bo‘lsalar, dunyoga qadr-qimmat bermagan insonlar bo‘lsalar edi, 

bularning hech birisi bo‘lmas, manfaat kurashi bo‘lmas edi. Ammo manfaat ishga 

aralashdimi, dunyo ishining orasiga tushdimi, hamma xatolar shundan boshlanadi. 

Dunyo sevgisi barcha xatolarning manbaidir. Dunyo la’natidir. La’natlangan bir narsadir 

dunyo, uning ichidagi narsalar ham la’natlangandir. 

 


Download 191.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling