Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc


NIMANI VA KIMNI SEVMOQ KERAK?


Download 191.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/73
Sana08.01.2022
Hajmi191.43 Kb.
#249688
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

NIMANI VA KIMNI SEVMOQ KERAK? 

 

Sevmoq odamzodga baxsh etilgan tuyg‘ularning eng yaxshisidir. Ichki va tashqi 



dunyomiz mehr-muhabbat bilan ranglangay, jonlangay va ma’nolangay. Allohning bu 

go‘zal ne’matidan mahrum bo‘lganlarning esa yuzlari tund, qoshlari chimiriq, ko‘ngillari 

xiradir, qorong‘udir. Bundaylar atrofini yo‘qotib kun kechiradi, tillari bilan, fe’llari bilan 

hammani  ranjitadi. Sevgi tuyg‘usining o‘sib rivojlanmasligi, sevishni bilmaslik 

mahrumiyatlarning eng kattasidir. 

Vujudning o‘sib rivojlanmog‘i, sog‘lom va buquvvat bo‘lmog‘i uchun yaxshi va kuchli 

ozuqalar olmoqqa tirishamiz, ishtaha dorilari ichamiz, darmondorilarni yutamiz. Badan 

sog‘lomligi uchun toza havo, quyosh nurlarini qidiramiz, ta’tillarga chiqamiz, turlicha 

sport bilan shug‘ullanamiz. Ana shunchalik natijalarga, hatto, bundan ham ko‘ra 

muhimroq natijalarga erishmoq uchun, bu ishlardan ham ziyoda ma’naviy jihatimizning 

yuksaluvi, rivojlanuvi, kuchayuvining choralarini izlamog‘imiz, davolarini topmog‘imiz 

lozim. Ruhning sihhati, huzur va sokinligi borasida esa eng birinchi navbatdagi davo 

sevmoqdir. Muhabbat tuyg‘umizni rivojlantirmoq, yuksaltirmoq uchun ko‘p urinmoq, 



Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

33

g‘ayrat va mehnat qilmoq, kuch sarflamoqqa majburmiz. Zero, dunyo saodati va oxirat 



salomati ulkan miqdordagi bu tuyg‘uga ega bo‘lmoq bilan qo‘lga kirgay. 

Bolani hali go‘daklik chog‘idan boshlab ona, birodar, o‘rtoq o‘yinchoq, qush, gul... 

muhabbati kabi tabiiy va ma’sum sevgilar bilan ulg‘aytirmoq, unda shu malakani 

uyg‘otib, parvarish va tarbiyat qilmoq, uni rivojlantirmoq shartdir. Bu muhabbat ta’limi 

bilimdan, ilmdan ham oldin kelgay va juda xayrli natijalar bergay. Chunki quruq bilim 

ba’zi insonni faqatgina g‘ururga yo‘liqtirgay va xudfurush qilib qo‘ygay. 

 

Maorif tizimining shu haqiqat asosida tuzilmagani uchun bugungi kunimizning yoshlari 



axloqsiz, qo‘pol, dilozor va buzg‘unchi bo‘lib ketishayotir. Chunki ularga maktablarda 

muhabbat emas, qaysarlik, isyon, kin, xudbinlik, manmanlik va g‘urur kabi ters va quruq 

tuyg‘ular ta’lim qilinmoqda. Kinolarda, radioda, televidenieda, gazeta va jurnallarda 

urush, ur-yiqit, buzish, qarshilik qilish va dushman bo‘lish talqin qilinadi. 

Sevgi-muhabbatning barcha turi ham qabul qilishga loyiqmi? Shubhasizki, yo‘q! Hech 

kim ichkilik, qimor mubtaloligining, g‘ayriqonuniy axloqlarning, pora, mansab, kursi 

muhabbatining, xudbinlikning va shunga o‘xshash qator moyilliklarning yaxshi ekanini 

iddao eta olmaydi. Shunday ekan, muhabbat tuyg‘usining ham nazorat etilmog‘i, go‘zal 

va tabiiy (haqiqiy) bo‘lgan narsalarga qaratib yo‘naltirmog‘i kerak bo‘ladi. Shunda 

qarshimizga ushbu savol ko‘ndalang bo‘ladi. 




Download 191.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling