Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 7- ma'ruza
Yong`inga qarshi himoya sistemasi
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
7-маъруза taqdimoti
Yong`inga qarshi himoya sistemasi - yong`in o`chirish jihozlari va texnikalaridan
foydalanish, yong`inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan foydalanish, yong`in xabarini beruvchi va yong`in o`chirish sistemasining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, ob`ektning konstruktsiyalari va materiallarigaa yong`indan himoyalovchi tarkibli bo`yoqlar bilan ishlov berish tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuatsiya yo`llari bo`lishini taminlash, binoning yong`in mustahkamliligi darajasini to`gri tanlash kabi tadbirlarni o`z ichiga oladi. Yong`in tarqalishini oldini olish sistemalari esa, yong`inga qarshi to`siklarni o`rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o`chirish va ko`shish jihozlaridan va yong`indan to`suvchi vositalardan foydalanish, yong`in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to`qilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Tashkiliy - texnik tadbirlarga esa, yong`indan himoyalanish xizmatini tashkil etish, uni texnik jihozlar bilan taminlash, yong`in xavfsizligi bo`yicha ob`ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong`in muhofazasi bo`yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o`kitish, yong`in xavfsizligi bo`yicha instruktajlar va aholi o`rtasida turli xil tadbirlar o`tkazish, yong`inga qarshi ko`rsatmalar (instruktsiyalar) ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi. O`t o`chirgichlar yong`inni boshlang`ich fazasida o`chirish uchun ishlatiladi. Ular sig`imi, o`t o`chirish moddasi, o`t o`chiruvchi moddani chiqarish usuli bo`yicha turlicha bo`ladi. Ximiyaviy ko`pikli o`t o`chirgichlar qattiq va suyuq moddalar yong`inini o`chirish maqsadida foydalaniladi. Ularga OXP-10, OP-M va OP-9MM o`t o`chirgichlari kiradi. Ularning ishlash vaqti ko`pik karraligi 5 ga teng bo`lganda 60 sek ni tashkil etadi. Ballonlar hajmi 8,7 va 9 l, zaryadlari ishqorli va kislotali kismdan iborat. Ishqorli qismi 450…460 gr bikorbanatnatriy va qizilmiya ildizi ekstraktining suvdagi aralashmasida, kislotali qismi-15 gr oltingugurt va 120 gr dan ortiq oltingugurt kislotasining suvdagi aralashmasidan iborat. Bu o`t o`chirgichlarning korpusi foydalanilgandan 1 yil o`tgach 2 MPa bosim ostida sinaladi (bir partiyadagi o`t o`chirgichlarning 25 %). Ikki yildan keyin esa-50 %, uch yildan keyin esa 100 % o`to`chirgichlar sinovdan o`tkaziladi. Sanoatda OVP-5, OVP-10 markali ko`lda olib yuriladigan o`t o`chirgichlari : OVP-100, OVPU- 25 markali yuqori karrali statsionar o`t o`chirgichlar ishlab chiqariladi. Ularni zaryadlashda PO-1 ko`pik hosil qiluvchidan foydalaniladi. Uglekislotali o`t o`chirgichlar turli xil moddalar materiallar, elektr qurilmalaridagi yong`inni o`chirishda ishlatiladi. Ularni zaryadlashda uglerod ikki oksididan (SO 2 ) foydalaniladi. Bunday o`t o`chirgichlarga OU-5, OU-8, OU-25, OU-80 va OU-400 markali o`t o`chirgichlar kiradi. Ular tortib ko`rib tekshiriladi. Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7 kg dan kam bo`lsa (mos holda, OU-2, OU-5, OU-8 o`t o`chirgichlari uchun) ular qayta zaryadlanadi. Uglekislotali - brometilli o`to`chirgichlarga OUB-ZA va OUB-7A lar kiradi. Ularning hajmi 3,2 va 7,4 l bo`lib, brometil va kislota aralashmasi bilan zaryadlanadi. Bu markadagi qo`lda olib yuriladigan o`t o`chirgichlarini ta`sir etish vaqti-35 sek, uzatish uzunligi 3,0-4,5 m ga tengdir. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling