Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 7- ma'ruza
yong`inga qarshi bardoshlilik darajalari
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
7-маъруза taqdimoti
yong`inga qarshi bardoshlilik darajalari.
Yong`in-maxsus joydan boshqa joyda yonuvchi, moddiy zarar keltiruvchi va nazorat qilib bo`lmaydigan yonish jarayonidir. Yong`inning odam va hayvonlarga ta`sir qiluvchi xavfli va zararli omillari: ochiq yong`in, atrof-muhit va narsalarning yuqori harorati, toksik moddalarni yonishi, tutun, havo tarkibida kislorod kontsentratsiyasining kamayishi, qurilish konstruktsiyalarining qo`layotgan qismlari; portlashdagi to`lqin zarbi, otilayotgan qismlar va zararli moddalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan materiallarning yonish xususiyati bo`yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi va ular - A, B, V, G, D, e ko`rinishlarida shartli belgilanadi. A-kategoriyadagi ishlab chiqarish, portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish bo`lib, unga bug`larining alangalanish harorati 28°S dan kam bo`lgan va havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli havo yoki materiallar bo`lgan hamda suv, kislorod, havo yoki o`zaro ta`sirda alangalanuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarish kiradi. B-kategoriya - portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish. Bunga bug`larining alangalanish harorati 28 dan 61°S gacha bo`lgan suyuqliklar. Havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli siqilgan gaz, changlar bo`lgan, shuningdek 5 % gacha pastki portlash miqdori N pv >65 g/m 3 bo`lgan changlar mavjud ishlab chiqarishlar kiradi. V-kategoriya – yonishga xavfli ishlab chiqarish, alangalanish harorati 61°S dan yuqori bo`lgan suyuqliklar ishlatiladigan va N pe >65 g/m 3 miqdordagi yonuvchi chang, gazlar mavjud havo muhiti bo`lgan, shuningdek qattiq yonuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarishlardir. G-kategoriya - yong`inga xavfli ishlab chiqarish. Yonmaydigan materiallarga issiqlik yoki alanga ta`sirida ishlov berish ko`llaniladigan ishlab chiqarish. D-kategoriya - yong`inga va portlashga xavfsiz ishlab chiqarish. Bunda yonmaydigan materiallarga sovuq holatda ishlov beriladi (yigish, ajratish, yuvish tsexlari). e-kategoriya – portlashga xavfli ishlab chiqarish. Yonuvchi gaz va bino hajmining 5 % miqdorida portlashga moyil changlar bo`lgan ishlab chiqarish. Bunday muhitda yong`insiz portlash sodir bo`ladi. Hosilni yigishtirib olishda yong`in xavfsizligi tadbirlarini taminlash uchun javobgarlik ish boshqaruvchilariga, hosilni yigishtirish agregatlaridagi o`t o`chirish vositalari va yong`inga qarshi qurilmalarning texnik holati uchun javobgarlik esa ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlariga yuklatiladi. Korxonaning rahbari har yili buyruq bilan (fermer xo`jalik boshqaruvi qarori bilan) o`rim- yig`im texnikalarini yong`inga qarshi tayyorlashda, yong`in-texnik bilimlarni mustahkamlash uchun o`kishni tashkil etish va sinov qabul qilish, yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo`yicha instruktajlar o`tkazish uchun javobgar shaxsni tayinlaydi. Hamma xodimlar yong`in - texnik minimumi dasturi bo`yicha o`kitilgan va bu bo`yicha sinov topshirgan bo`lishlari kerak. Yong`in-texnik minimumi sinov natijasi bo`yicha baholash jadvali to`lgaziladi. Hosilni yigishtirish va oziqalarni tayyorlashga jalb qilingan barcha ishchi, xizmatchilarga yong`in xavfsizligi tadbirlari haqida instruktaj o`tkaziladi. O`qish va instruktajdan o`tmagan shaxslar bu ishlarga ko`yilmaydi. Agar urilgan donni bir yo`la maxsus saqlanadigan joyga tashib ketish imkoniyati bo`lmasa vaqtinchalik don xirmonlari galla maydonidan 100 m, bino va inshootlardan 50 m dan kam bo`lmagan masofada joylashtirilishi zarur. Dala shiyponlari g`alla maydonlaridan, g`aram maydonlaridan 100 m uzoqlikda joylashishi va atrofi 4 m dan kam bo`lmagan kenglikda shudgorlanishi kerak. Davlat yong`in nazorati inspektori fermer xo`jaligi bo`yicha ushbu masaladagi mas`ul bilan hosilni o`rib-yigib olishda ishlatiladigan texnikalarni qarovdan o`tkazadi. Qarov vaqtida texnikaning sozligi va har bir kombaynni ikkita o`t o`chirgich bilan, 2 2 m o`lchamdagi kigiz, ikkita shvabra va ikkita belkurak bilan, traktorni o`t o`chirgich va belkurak bilan, avtomobillarni o`t o`chirgichlar va bel kuraklar bilan ta`minlanganligi tekshiriladi. Galla maydonida yong`in chiqqanda keng maydon bo`ylab tarqalishini oldini olish maqsadida galla maydoni 50 ga dan ortiq bo`lmagan uchastkalarga bo`linib atroflaridan 8 m kenglikda galla o`rib olinadi va gallasi o`rilgan joy 4 m kenglikda shudgorlab chiqiladi. Galla maydonini temir yo`lga, o`rmonga, yo`llarga, yaqin uchastkalari esa 2 m kenglikda shudgor qilinadi. O`rim-yig`im agregatlari yaqinida shudgorlovchi agregat bo`lishi zarur. Dalada ish vaqtida ochiq olovdan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Texnikalardan yonilg`i oqishini o`z vaqtida to`xtatish chaqmoq va o`chirgichning sozligini doimiy kuzatish lozim. Har uch kunda dvigatelning chiqarish quvurlari va chaqmoq o`chirgichlari qasmoqdan tozalanadi. O`rim-yig`im vaqtida agregatda, galla maydonida va somon garamlari yaqinida chekish taqiqlanadi. Chekish joyi garam va kombaynlardan 30 m uzoqlikda jihozlanadi. Bu joy atrofi haydaladi va suvli bochka bilan ta`minlanadi. Traktorlar va kombaynlar uchun vaqtinchalik to`xtash joyi qurilishdan, xirmondan va g`alla maydonlaridan kamida 100 m uzoqlikda ajratiladi. Kombaynlarni tungi to`xtash joyida ular orasidagi masofa 20 m dan kam bo`lmasligi kerak. Somonni g`aramlash joylarida to`rtta o`t o`chirgich, ikkita suvli bochka, ikkita satil, to`rtta belkurak, to`rtta shvabra suyanchiqsiz turadigan va narvon bo`lishi kerak. Somon garamlari qurilishdan 50 m, temir yo`ldan 150 m, o`tish yo`llaridan 20 m va elektr uzatish tarmoqlari sim yog`ochlardan 15 m dan kam bo`lmagan masofada joylashtiriladi. Bitta g`aramning asosini maydoni 150 m 2 dan, presslangan somon yoki pichan bostirmalariniki esa 500 m 2 dan oshmasligi kerak. G`aramlar yashindan himoyalagichlar bilan jihozlanadi. O`rimdan so`ng g`alla don xirmoniga, don omborxonalariga tozalash uchun, namligi 16 % dan ortiq bo`lganlari esa don kuritkichlarga keltiriladi. Don omborlariga yong`inga qarshi devor va yong`inga qarshi eshiklar o`rnatiladi. Donni tozalovchi komplekslarda va don quritkichlarga xizmat ko`rsatishga 18 yoshdan kichik bo`lmagan, engin texnik minimumi dasturi bo`yicha o`qitilgan va maxsus tayyorgarlikni o`tagan va bunday agregatlarda ishlash huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo`lgan shaxslarga ruxsat beriladi. Don ombori va harakatlanuvchi quritish agregati orasidagi masofa 10 m dan kam bo`lmasligi kerak. Donni harorati har ikki soatda nazorat qilinib turiladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling