Yong`inni oldini olish, materiallarning yonish va portlash bo`yicha tavsifi. Ishlab
chiqarishdagi barcha materiallar yonish xususiyati bo`yicha uch turga bo`linadi:
-yonmaydigan materiallar - tashqi yong`in manbasi ta`sirida yonmaydi;
-qiyin yonuvchi materiallar - tashqi yong`in manbasi ta`sirida yonib, manbaning ta`siri
to`xtatilgach mustaqil yonmaydi;
-yonuvchi materiallar - tashqi yong`in manbasining ta`siri to`xtatilgandan so`ng
ham mustaqil
yonish xususiyatiga ega bo`ladi.
Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug`lanish natijasida portlovchi aralashma muhit hosil
qiladi. Bunday tashqari ayrim changlarning havo bilan aralashmasi
ham portlashga xavfli
hisoblanadi. Ular yonish va portlash xavfliligi bo`yicha portlashga xavfli (aerozol holatida) hamda
yonishga
xavfli (aerogel) turlarga bo`linadi va quyidagi to`rt sinfga ajratiladi:
I-sinf – portlashga o`ta
xavfli changlar, alangalanishining pastki chegarasi-15 g/m
3
gacha
bo`lgan muhit;
II-sinf – alangalanishining eng pastki chegarasi 16 dan 65 g/m
3
gacha bo`lgan
portlashga
xavfli muhit.
III va IV-sinf - alangalanishning pastki chegarasi 65 g/m
3
dan yuqori bo`lgan yonishga
xavfli muhit. Sh-sinfdagi changlarning alangalanish harorati-250 °S, IV-sinfga taalluqli changlarniki esa
- 250°S dan yuqori.