Nazorat savollar


Download 19.42 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi19.42 Kb.
#208825
Bog'liq
1-mavzu (1)


MAVZU: Metallmas materiallar. Yog`och materiallar xossalari, ishlatilishi

Nazorat savollar:

  1. Metallmas materiallar deb nimaga aytiladi?

  2. Yog`och va uning turlariga ma`lumot bering.

  3. Faner so`zining ma`nosi?

  4. Yog`och materiallarni chirishga va yonishga qarshi ishlash haqida amalga oshiriladigan ishlar.

  5. Polimer materiallar haqida ma`lumot bering.

Javoblar:

  1. Metallmas materiallarni asosiy tarkibiy qismlari yuqori molekulyar bog`lanish (polimer) lardan iborat bo`lib, katta molekulyar massaga egabo`lgan murakkab moddadir.

  2. Yog`och – daraxtning po`stlog`i ostidagi qattiq qismi. Botanika nuqtai nazaridan tabiiy selluloza tolalari birikmalari joylashtirilgan lignin matritsasidan tashkil topgan. Yog`och ko`p ming yillar davomida asosan yoqilg`i va qurilish moli sifatida xizmat qilib kelgan. Bundan tashqari yog`och ish qurollari, cholg`u asboblari, mebel, qog`ox va boshqalar ishlab chiqarilishida ishlatiladi.

Yog`och o`zakli va po`stloq osti qatlamli turlarga bo`linadi. O`zakli turlari (qarag`ay, tilog`och, dub va boshqa) o`zaklari bir-biridan rangi bilan farqlanadi va markazi qism deb ataladi, chekka zonasida esa po`stloq osti qatlami deyiladi. Po`stlo osti qatlamli turlar (zarang, qayin va boshqa) ning markaziy qismi chetki qismidan farq qilmaydi. Yog`oh olinadigan daraxt jinslari bargli va igabargli jinslarga bo`linadi. Bargli jinslarga dub, shumtol, zarang, nok, qayin, terak, qayrag`och, yong`oq, arg`uvon va boshqa, ignabargli jinslarga qarag`ay, archa, tilog`och, kedr, pixta va boshqa darxtlar kiradi.

  1. Faner (fransuzcha fournir – ustma ust qo`ymoq) – yupqa yog`och shponlar (qatlamlar)ni qatlam-qatlam qilib yopishtirib tayyorlangan qurilish materiali. Faner shponlari yog`och g`o`lalarni tarashlab yo`nish, arralab tilish va sidirib shilish usullarida tayyorlanadi.

  2. Chirishdan yog`och materiallarini himoya qilishning ikki xil usuli mavjud. 1.Konstruktiv himoya usuli; 2.kimyoviy himoya usuli.

Chirishdan himoya qilishning konstruktiv usulida konstruksiyaning ekspluatatsiya qilinishi uchun muhit yaratiladi va holatda konstruktsiyaning namligi cherish sharoitiga namlikdan oshib ketmaydi. Yog`och materiallarini kapilyar namlikdan himoya qilish uchun, ularni beton va g`isht devorlardan bitum qatlamli gidroizolyatsiya bilan ajratiladi. Xona ichidagi yog`och konstruktsiyalari PF-115, UR-175 va boshqa yog`och lak bo`yoqlari bilan himoya qilinadi. Agar konstruktsiyani ekspluatatsiya qilish jarayonida uning namlanishi anniq bo`lsa, u holatlarda kimyoviy himoya usulidan foydalaniladi. Masalan ko`prik, minora va qoziq konstruktsiyalarida yog`och konstruktsiyaa namlanishi mumkin. Chirishdan himoya qilishning kimyoviy usulida konstruktsiyaga antiseptic modda suriladiyoki shimdiriladi yoki u bilan qoplanadi. Antiseptiklar ikki turga bo`linadi: uvda eriydigan va suvda erimaydigan-moyli. Suvdaa eriydigan antiseptiklar – ftorli va kremniy ftorli natriydir. Svda erimaydigan-moyli antiseptiklaar har xil zamburug` va baakteriyalar uchunzaharlidir, kuchli yoqimsiz hidga ega bo`lib, odamlar sog`ligi uchun ham zararlidir. Bu turdagi antiseptika moddalari ochiq turdagi inshootlar konstruktsiyalarini himoyalashda, odam kam bo`ladigan joylarda, yer va suv ostidagi konstruktsiyalarni chirishdan himoya qilishda ishlatilai.

Yog`och konstruktsiyalarini yonishdan himoya qilishning ikki xil usuli bor. Konstruktiv va kimyoviy. Yog`och konstruktsiyalarini yonishdan konstruktiv himoya qilish usulida – konstruktsiya yuqori haroratli jihozlardan uzoqroqqa qo`yiladi. Yog`ochning yonishiga qulay harorat bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi.hatto oddiy suvoq ham olovbardoshlilik chegarasini ortishiga sabab bo`ladi. Himoya qilishning kimyoviy usulida – antipiren moddasi qo`llaniladi. Yo`gochni yonishi uchun ikki narsa bo`ishi kerak harorat va yana kislorod. Antipiren harorat ko`tarilganda shimdirilgan yog`och tarkibidan chiqib yog`och element surtida plyonkaa hosil qiladi va bu bilan konstruktsiyani kisloroddan izolyatsiyalaydi, natijada yonish jarayoni to`xtaydi.



  1. Hozirgi vaqtda eng ko`p qo`llaniladiganpolimer materillarga poliolirinlar, polivinilxloridlar, poliamidlar, poliasitlar, rtoroplastlar, polikarbanatlar, poliuretanlar hmda renol rormaldegid, epoksid, polierir, kremniy, organic birikmalar va poliamid katronlari kiradi. Poliarirlarga poleitelin, polipropilen va ularning ko`plab sopolimerlarini misol qilib ko`rsatish mumkin. Polietilin kimyoviy muhit ta`siriga chidamliligi, yaxshi mexanik hamda texnologik xossalarga ega bo`lishi va arzonligi bilan boshqaa polimerlardan ajralib turadi. Poliolerinlar mashinasozlikda eng ko`p qo`llaniladigan konstruktsion materiallar bo`lib, radiotexnikada, kimyo saanoatida, qishloq xo`jaligida judaa keng o`llaniladi. Ulardan sanoat miqyosida plyonkalar, quvurlar, shlang, kabel qobig`I, tolalar kabi buyumlar ishlab chiqariladi.

Download 19.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling