Polimer materiallarning fizik va kimyoviy xossalari Reja
Download 189.06 Kb.
|
Polimer мateriallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polimerlarning olinishi.
Polimer materiallarning fizik va kimyoviy xossalari Reja: Polimer materiallar Polimеrlarning strukturasi va хossalari. Polimer materiallar. Hozirgi vaqtga kelib, o‘z xossalari jiha-tidan xilmaxil plastmassalar, yog‘och materiallar va rezinalar, shu jumladan, juda puxta konstruksion materiallar, plastmassalar, yarimo‘tkazgichlar, o‘tkazgichlar, magnitli va boshqa plastmassalar yaratilgan. Bu materiallar ko‘p hollarda qimmat turadigan metallar o‘rnida ishlatilmoqda. Texnika taraqqiyoti sanoatga plastmassalarning joriy qilinishiga ko‘p darajada bog‘liqdir. Qisman yoki butkul yuqori molekular birikmalar, ya’ni polimer lardan iborat bo‘lib, sun’iy ravishda tayyorlangan va muayyan ha-rorat va bosimda plastiklik xossalariga ega bo‘lgan materiallar plastik massalar (plastmassalar) deyiladi. Ko‘pincha plastmassalar bir necha xil moddalardan iborat bo‘ladi. Ularning tarkibiga, masalan, bog‘lovchi va to‘ldiruvchi moddalar, plastifikatorlar, bo‘yoq moddalar va boshqalar kiradi. Ba’zi plastmas salar, masalan, organik shisha, poliamid, polietilen faqat polimerlar-dan iborat bo‘ladi. Murakkab tarkibli plastmassalarda bog‘lovchi moddalar vazifasini polimerlar o‘taydi. Polimerlar juda ko‘p–bir necha mingdan tortib, to bir necha mil-liongacha atomdan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy polimerlarga selluloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar, sun’iylariga esa organik shisha, polietilen, viskoza, kapron, naylon, sun’iy kauchuk va boshqalar kiradi. Yuqori molekular organik birikmalar yoki ularning guruhlari ko‘pincha smolalar deb ataladi. Polimerlarning olinishi. Polimerlar ikki xil usul bilan: polimer-lash va polikondensatlash usullari bilan olinadi. Polimerlash usulida bir xil monomerning, masalan, etilenning juda ko‘pmolekulalari birinketin birikib, o‘sha tarkibli, ammo tamomila boshqa xossali yangi modda (polietilen) hosil qildi. Polimerlash yo‘li bilan polistirol, polivinilxlorid, poliakrilat (or-ganik shisha) va boshqa polimerlar olinadi. Ikkita har xil monomerni birgalikda polimerlash yo‘li bilan ham yangi polimer olish mumkin. Bu holda olingan yuqori molekular moddalar sopolimerlar deb ataladi. Sopolimerda ikkala monomer ning xossalari mujassamlangan bo‘ladi. Polikondensatlash usulida ikki yoki undan ortiq xil monomer o‘zaro kimyoviy ta’sir ettiriladi. Bunda polimer bilan bir qatorda qo‘shimcha mahsulot (suv, ammiak yoki boshqa modda) ham hosil bo‘ladi. Masalan, fenol bilan formaldegid qizdirilgan holda va katali-zator ishtirokida o‘zaro ta’sir ettirilsa, polimerpenoplast va suv hosil bo‘ladi. Makromolekulalarining tuzilishiga qarab polimerlar quyidagi xil-lariga bo‘linadi:a) chiziql; b) tarmoqlangan; d) tikilgan; e) setkasimon (9.8-rasm). a) b) d) e) Download 189.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling