Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 7- ma'ruza


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana14.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1461929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
7-маъруза taqdimoti

Yong`in xavfli zonalar. Yong`in xavfli zonalar - bu binoning yoki ochiq maydonning 
yonuvchi moddalar saqlanadigan qismidir. Ular 4 sinfga bo`linadi, ya`ni P-I, P-II, P-IIa va P- III. 


P-I sinfdagi zonaga gaz va bug`larning 61
0
C dan yuqori haroratda portlash ehtimoli bor 
suyuqliklar saqlanadigan binolar kiradi. 
P-II sinfdagi zonalarga - yonishga moyil chang va gazlar ajralib chiqadigan ishlab chiqarish 
binolari kiradi; 
P-IIa sinfidagi zona esa - qattiq va tolasimon yonuvchi materiallar ishla- tiladigan ishlab 
chiqarish binolaridir; 
P-III zonaga-qattiq yonuvchi materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan hamda bug`larining 
portlash harorati 61°S dan yuqori bo`lgan suyuqliklar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ishlab 
chiqarish binolari va maydonlari kiradi. 
 Bino va inshootlarning yong`inga chidamliligi va uni oshirish yo`llari. Yong`inga 
chidamlilik deganda materiallar va konstruktsiyalarning yong`in sharoitida o` z 
mustahkamligini saqlash xususiyati tushuniladi. Qurilish konstruktsiyalarining yong`in 
ta`sirida o`z xususiyatini va mustahkamliligini yo`qotish vaqti yong`inga chidamlilik 
chegarasi deyiladi. Barcha bino va inshootlar yong`inga chidamliligi bo`yicha 5 darajaga 
bo`linadi: I darajali yong`inga chidamli binolarga barcha konstruktsiyalari yonmaydigan
yuqori yong`inga chidamlilik chegarasiga (0,5-2,5 soat) ega bo`lgan binolar kiradi; II 
darajali yong`inga chidamli binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan, yuqori 
chidamlilik chegarasiga (0,25-2,0 soat) ega binolar kiradi; III darajali yong`inga chidamli 
bino va inshootlar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi; IV darajali 
yong`inga chidamli binolarga barcha konstruktsiyalari qiyin yonuvchi materiallardan 
tayyorlangan binolar kiradi; V darajadagi binolarga esa barcha konstruktsiyalari yonuvchi 
materiallardan tashkil topgan binolar kiradi. 
Talab etilgan yong`inga chidamlilik darajasi bino va inshootlarning konstruktsiyasi, 
vazifasi, necha kavatliligi, texnologik jarayonlarni yong`inga xavfliligi va yong`inni 
avtomatik o`chirish vositalarini mavjudligiga bog`liq holda belgilanadi. 
Yog`och va boshqa yonuvchi konstruktsiyalarning yong`inga chidamlilik darajasi bir 
necha yo`llar orqali oshirilishi mumkin, jumladan: 1 m
2
yuzadagi yog`och konstruktsiyaga 
75 kg quruq tuzning suvdagi aralashmasini singdirish yoki 1 m
2
yog`ochga 50 kg quruq 
tuzni issiq-sovuq vannalarda singdirish orqali; yong`indan himoyalovchi tuzlarning 
suvdagi aralashmasi bilan (100 gr quruq tuz 1 m
2
yuzaga) materiallarga yuza ishlov 
berish; yong`indan himoyalovchi bo`yoqlar, suyuq shisha, tuproqli aralashma va boshqa 
shu kabilar bilan yuza ishlov berish; tuproqli gips bilan shuvash, gips plitalar o`rnatish, asbest, 
tsement materiallar qoplash. Koridorlar, yo`laklar, zinalar va II hamda IV yong`inga 
chidamlililik darajasidagi yordamchi binolar sirtiga yong`indan himoyalovchi qoplamalar 
bilan ishlov berish taqiqlanadi. Yong`indan himoyalovchi qoplamalar atmosferaga chidamli, 
namlikga chidamli va nam bo`lmagan muhitga chidamli bo`lishi mumkin. Atmosferaga 
chidamli qoplamalarga perxlorvinil bo`yoqlar PXVO, ISX, XL; namlikka chidamli 
qoplamalarga XD-SJ markali bo`yoqlar; nam emas muhitga chidamli qoplamalarga XL-K 
tipidagi, SK-L markali silikat bo`yoqlar, superfosfat va sho`rtuproqli surkamalar kiradi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling