Microsoft Word Хурсанбоев С. Ёш боксчиларни машғулот ва мусобақа фаолиятида жароҳатлар олиш сабабларини аниқлаш docx
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
kucg
Amaliy tavsiyalar
Jarohatlanishni muvaffaqiyatli oldini olish uchun bokschilarda jarohatlar yuzaga kelishining ichki va tashqi sabablarini yaxshi bilish kerak. Tashqi sabablarga quyidagilar kiradi: mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazishdagi kamchilimklar (mashg‘ulot metodikasidagi xatoliklar, sparring-raqiblarning noto‘g‘ri tanlanishi, shug‘ullanuvchilarning intizomsizligi); qoniqarsiz sanitariya- gigiena sharoitlari, inventarlar, kiyim va oyoq kiyimining yomon ahvoldaligi: bokschilarda kerakli himoyalanish moslamalarining yo‘qligi va h.k. Ichki sabablar orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: bokschilarning jismoniy va texnik- taktik tayyorgarliklarining etarli emasligi, salomatlik holatining qoniqarsizligi, mashqlanganlik darajasining pasayishi va h.k. Jarohatlanishning bu sabablari bilan bir qatorda musobaqalardagi yomon hakamlik, ta’qiqlangan zarbalar va harakatlarning qo‘llanilishi, musobaqa qoidalarining buzilishi ham uchrashi mumkin. SHu narsa aniqlanganki, hamma jarohatlarning taxminan 60% bokschilarning yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganligi va 17% mashg‘ulotlarni tashkil qilish hamda o‘tkazish metodikasidagi kamchiliklar bilan bog‘liq. YUz jarohatlanishlari orasida burundan qon kelishi, shilinishlar, qosh usti yoyi terisi va yonoq suyaklari sohasidagi yorilishlar, ko‘z sohasidagi gematomalar tez-tez uchrab turadi. Markaziy asab tizimi jarohatlanishi bokschilarda kam uchraydi. Biroq sportchi sog‘lig‘i uchun o‘zining ahamiyatiga ko‘ra ular alohida e’tiborga loyiq. Markaziy asab tizimining jarohatlanishidan biri – bu nokaut. U ko‘pincha iyakning pastki qismiga, chakkaga, o‘mro‘ suyagi sohasiga, bo‘yinning yon yuzasiga aniq va kuchli zarbalar berilganda yuzaga keladi. Nokautning yuzaga kelish mexanizmi zarba berilgan joyga bog‘liq. Nokaut holati muvozanatni yo‘qotish, harakat koordinatsiyasining ancha buzilishi, teri qatlamlarining keskin oqarib ketishi bilan kuzatiladi. Zarba o‘tkazib yuborilgandan so‘ng 10 soniya ichida jangni davom ettira olmaydigan holatga tushgan bokschi nokautga uchragan hisoblanadi. 40
Nokautda organizm faoliyatida qisqa muddatli buzilish sodir bo‘ladi, biroq u, agar zarur choralar ko‘rilmasa, xavfli oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Nokaut hollarida sportchini yotqazish, unga tinchlik yaratish, malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash zarur. Nokaut yoki og‘ir nokdaunga uchragan bokschi murabbiy yoki vakil hamrohligida davolash muassasasiga yoki turar joyiga yuboriladi. Og‘ir nokautga uchragan bokschi unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyin zudlik bilan shifoxonaga yotqaziladi. Peshonasi va chakkasiga berilgan kuchli zarbadan nokaut holatiga tushgan bokschilarga juda katta e’tibor bilan munosabatda bo‘lish lozim. Agar bokschi jangda nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, unda (3 oy davomida) unga musobaqalarda qatnashish man qilinadi. Muddat davomiyligi zarba berilgan joyga va bokschining holatiga qarab jyuri raisi (bosh hakam), musobaqalar bosh shifokori va shu jangda hakamlik qilgan referi tarkibidagi komissiya tomonidan belgilab beriladi. Bokschilar tayyorgarligi jarayonida jarohatlanishni oldini olishning asosiy yo‘nalishlari: 1) mashg‘ulotlarning to‘g‘ri tashkil qilinishi va o‘tkazilishi; 2) texnik-taktik usullarning va ayniqsa himoyalanish harakatlarining ketma-ket va puxta o‘zlashtirilishi; 3) mushak va boylambo‘g‘im apparatini munosib tarzda tayyorlab, badan qizdirish mashqlarining to‘g‘ri o‘tkazilishi; 4) qo‘llarni sinchkovlab bint bilan o‘rash va himoyalanish moslamalarining qo‘llanilishi; 5) sparring-raqiblarining to‘g‘ri tanlanishi; 6) mashg‘ulot o‘tkazish joylaridagi tegishli sanitariya-gigiena sharoitlari; 7) ring va sport inventarining soz holati. Bokschilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Ularga jarohatlanish sabablarini hamda ularni oldini olish choralarini tushuntirish zarur. Bokschilarning intizomli, o‘ta e’tiborli va sparring-raqiblariga ehtiyot bo‘lib munosabatda bo‘lishlariga erishish zarur. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling