Microsoft Word Хурсанбоев С. Ёш боксчиларни машғулот ва мусобақа фаолиятида жароҳатлар олиш сабабларини аниқлаш docx
III.BOB. TADQIQOT NATIJALARI…………………………………
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
kucg
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro‘yhati..........................................................................................
III.BOB. TADQIQOT NATIJALARI…………………………………
27
3.1. Yosh bokschilarning jarohat olish sabablari bo‘yicha murabbiylpr va sportchilar fikrini o‘rganish.............................
27 3.2. Yosh bokschilarni mashg‘ulot va musobaqa faoliyati jarohatlar sonini kamaytirish samaradorligi ............................................
33 Xulosalar.............................................................................................................
38 Amaliy tavs iyalar................................................................. .....
39 Adabiyotlar ro‘yhati..........................................................................................
41 KIRISH Respublikamiz mustaqillika erishgandan so‘ng jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilyapti. Bulardan, 1992 yil 14 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» gi qonuni, 1993 yil 4 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis qilish to‘g‘risidagi Farmoni, 2002 y., 24 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonda bolalar
sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida» gi Farmoni, 2002 yil 30 oktyabrdagi Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida» gi qarorlari yurtimizda jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish uchun juda muhim asosiy vazifani o‘tamoqda. (1,2,3). Zamonaviy boks amaliyotida yuqori malakali bokschilarning porloq kelajagi sport zahiralari doirasining kengligi va sifatiga bevosita bog‘liqdir. Binobarin, o‘zbek boksini jahon maydoniga olib chiqish, uni raqobat bardosh pog‘onaga ko‘tarish bolalar sportini ilmiy asosda tashkil qilish va bu borada samarali pedagogik texnologiyalar joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Faqatgina maqsadga muvofiq tashkiliy va uslubiy tadbirlarni ilmiy asosda amalga oshirilishi talab qilinadi. O‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, amalda joriy etilgan ba’zi bir boks to‘garaklarida o‘rgatish texnalogiyalari, o‘zining tub mohiyati va mazmunidan uzoqlashishi hollari ko‘zga tashlanadi. So‘zsiz, malakali sportchilarni etishtirishda jismoniy va funksional tayyorgarlikning ahamiyati nihoyatda katta. Ayniqsa, boshlang‘ich guruh bokschilarini boks texnikasini o‘rgatishda va sport mahoratini shakllantirishda jismoniy sifatlarini o‘rni beqiyosdir. Lekin, bu sifatlarni rivojlantirishda va bazaviy texnik harakatlarga o‘rgatish jarayonida maqsadga muvofiq jiddiy nazorat ostida amalga oshirish zarur bo‘ladi. Bitiruv malakaviy ishda yosh bokschilarni mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida jarohatlar olish sabablarini aniqlash va uni bartaraf qilishni samarali yo‘llarini izlab topish va ularni amalda sinab ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan. Buning uchun alohida yo‘naltirilgan pedagogik tadqiqot o‘tkazish rejasi va dasturi tuzildi. Mazkur tadqiqotning maqsadi. YOsh bokschilarni mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida jarohatlar olish sabablarini aniqlash va uning sonini kamaytirish iborat edi. Oldimizga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal qilindi. 1. YOsh bokschilarni mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida jarohatlar olish sabablarini o‘rganish. 2.YOsh bokschilarni mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida jarohatlarni kamaytirishga yordam beruvchi eng samarali vosita usullarini aniqlash va uni ishonchliligini tadqiqot yordamida asoslab berish.
Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling