Microsoft Word Хурсанбоев С. Ёш боксчиларни машғулот ва мусобақа фаолиятида жароҳатлар олиш сабабларини аниқлаш docx
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
kucg
I-BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI
1.1. Yosh bokschilarni musobaqa va mashg‘ulotdagi jarohatlari YOsh organizm tashqi ta’sirlar (mexanik, termik, elektr, nur, psixik va boshqalar) ta’siridan organ va to‘qimalarning anatomik, fizioligik funksiyalarida o‘zgarishlar va zararlangan organizmning mahalliy va umumiy reaksiyasini keltirib chiqaradigan ta’sir jarohatlanish deyiladi. Jarohatlanishga sabab bo‘ladigan ta’sirga ko‘ra jarohatlar, mexanik, ximiyaviy, elektr, nur, psixik, operatsion va turlarga bo‘linadi. Jarohatlanish ko‘pincha organizm to‘qimalariga mexanik ta’sir, ya’ni bevosita mexanik kuch (zarb tegish, ezilish, cho‘zilish) ta’sirida yuzaga keladi. Jarohatlanish xarakterini hisobga olib, tramalar yakka, kup, oddiy va kombinatsiyalangan turlarga bo‘linadi. Jarohatlanishlarni qay darajada xaf solishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: - jarohatlanish vaqtida yoki undan keyin dastlabki soatlarda bevosita kelib chiqadigan xaf. Qon oqish, kollaps, shok, hayotiy muhim organlarning jarohatlanishi ana shular jumlasidandir. - travmadan so‘ng turli muddatlarda (bir necha soatdan bir necha haftagacha) paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xaflar. - kechikkan xaf va asoratlar zararlanishdan so‘ng ancha muddat o‘tgach aniqlanadi. (39,53) Murabbiy shug‘ullanuvchilarning treniroka qoydalariga to‘la rioya qilishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari lozim. Ular mashg‘ulot aqtida sportchilar yo‘l qo‘ygan ayrim kamchmlik va xatolarni xolis ko‘rsatish va tuzatishi, bunda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligi har bir sportchining umumiy qoydalarga, intizomga bo‘ysunishiga erishishi lozim. Murabbiylar mashg‘ulotlarda sportdan jarohatlanishning kamroq kuzatilishi tasdiqlangan. Jarohatlanishlar ko‘pincha etarli malakasi bo‘lmagan sportchilarda uchraydi. Jarohatlanishning og‘ir- engilligi tashqi omillarning kuchiga a ta’sir qilish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Jarohatlanish katta kichikligiga a og‘ir engillishga qarab engil, o‘rtacha va og‘ir jarohatlanishlarga ajratiladi. Boksda shikaslanishda engil tramalar ko‘proq uchraydi. Sportda jarohatl anishl arni ng o g‘ir li-engil ligi spor t tur lari ga bog‘liqdir. Bokschilarning 80 foizdan ortiq jarohatlangan sportchilar sportga qaytib kelib sport bilan shug‘ullanaveradi. SHu bilan birga ayrim sportchilar (3-5%) jarohatlanish natijasida to‘liq tiklana olmasdan sport bilan shug‘ullana olmasligi aniqlandi. Bokschilarning mashg‘ulot va musobaqalardagi janglarida jarohatlanishning o‘ziga xos xususiyatlari bor: u deyarli engil kechadi, yopiq jarohatlar, jumladan bo‘g‘im, pay va muskullar esa lat eydi a jarohatlanadi, gohi suyaklar kam jarohatlanadi, umuman olganda aksari qo‘l chiqadi. Kuch bilan bajariladigan mashg‘ulot mashqlarida kuchlanish sport faoliyatining asosiy tarkibiy qismidir. SHu bilan birga raqib bilan jangga tushgan, gimnastika mashqlari bajarilganda ham ku c h la ni sh s o di r b o ‘l is hi mu mki n. Ku c hl a ni sh u mu mi y qo n
aylanishiga ta’sir qiladi. Kuchlanish kukrak ichidagi bosimning ortishiga sabab bo‘ladi, natijada kavak venalar qisilib, yurakka venos qonning oqib kelishi qiyinlashadi. SHu bilan birga qonning urish haj mi ha m kamaya di. Bu nga javo ban yur ak qis qa ris h tezligining kompensator ortishi natijasida qonning bir minutli hajmi deyarli
kamaymaydi. Kuch
ishiga odatlangan shaxslarda kuchlanish qon tomir sistemasidagi qonning qayta taksi mlanishi bilan kuzatiladi. Kuchlanish tugagandan so‘ng, odatda kuchli nafas chiqariladi. Bunda ko‘krak ichidagi bosim pasayadi va yurak faoliyati normallashadi. Hushdan ketish holati ko‘pincha shtangachilarda kuzatiladi. Ammo sportchining hushdan ketish qisqa muddatli bo‘ladi, chunki bosh miyaning kislorodga ehtiyoji paydo bo‘lishm bilanoq sportchi kuchlanishini tugatadi va bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi o‘sha zahoti tiklanadi. Hushdan ketish holatlarining bokschilar faoliyati jarayonida kuchli zarba urilish natijasida yurak faoliyatining keskin sustlashishi yoki yurak to‘xtashi tufayli rivojlanishi mumkin. Boks mashgulotlarida gavdaning ba’zi bir qismlariga (pastki jag‘, chakka, uyqu arteriyasi joylashgan er) o‘ng va chap qovurg‘a osti, quyosh chigalining joylashishi erga kuchli va keskin zarb berilganda, bokschi muvozanatni yo‘qotishi, ba’zan esa ongning vaqtincha buzilishi (vaqtincha hushdan ketish) bilaы xarakterlanadigan nokaut yoki nokdaunga uchrashi mumkin. Nokdaun bir necha sekund davom etadi. Nokaut ancha uzok, (10 sekdan ortiqroq) cho‘ziladi. Bu hollarda hushdan ketish mexanizmi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, nokaut boshga urilganda miya o‘rnidan
qo‘zg‘alishi bosh miya chayqalishi natijasida sodir bo‘ladi. Quyosh chigali zonasiga urilganda adashgan nervning tonusi ortishi tufayli yurakning qisqarish ritmi reflektor ravishda sekinlashadi. Bo‘yinga urilganda karotid sinus sindromi degan holat rivojlanadi. Bunda sinokarotid nerning tanachasi mexanik ta’sirlanishi natijasida adashgan nerv orqali reflektor ravishda yurak faoliyati buzilib, yurak urish sekinlashadi yoki qisqa muddatga to‘xtaydi. Bosh miyaning qon bilan etarli darajada ta’minlaыmasligi tufayli kislorod tanqisligi rivojlanishi va hushdan ketish yuzaga keladi. Pasti jag‘ga yoki quloqqa urilganda nokaut yoki nokdaun vestibulyar apparatining ko‘chma silkinishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Nokdaun yoki nokaut ko‘pincha boks texnikasi va taktikasini etarli darajada egallamagan sportchilarda uchraydi. SHuning uchun bunday patologik holatlarning oldini olish choralaridan biri murabbiyovka jarayonini samarali uyushtirishdir. Boks mashg‘uloti qoidalariga qatьiy rioya qilish va sportchilarda ximoya reaksiyalarini yuksak darajada rivojlantirish muxim ogoxlantiruvchi choralardir. Katta yoshdagi bokschilar (sport masteri, birinchi sport razryadiga era bo‘lgan sportchi) nakautdan keyin bir oy, katta yoshdagi yigitlar to‘rt oy, kichik yoshdagi yigitlar faqat olti oy o‘tgandan keyin mashg‘ulot mashg‘ulotlariga kiritiladi. Ikki marta nakaut xolatida bo‘lgan katta yoshdagi sportchilar uch oydan keyin, uch marta nokaut holatida bo‘lganlar esa oxirgi nokautdan bir yil o‘tgandan keyin
(nevrologik o‘zgarishlar bo‘lmasa) sport
mashg‘ulotlarida qatnashishlari mumkin. Bunday og‘ir patologik holatlarning oldini
olish mashg‘ulot jarayoni samarali uyushtirishdir. Boks mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalariga rioya qilish
va sportchilarda h i m o y a q i l i s h u s u l l a r i n i t a k o m i l l a s h t i r n i s h a s o s i y ogohlantiruvchi tadbirlardir. Trenrovka mashg‘ulotlarida bokschilar albatta himoya qiluvchi shlemlardan foydalanishlari lozim. Yillab ringda qatnashgan ko‘pgina yuqori malakali bokschilar bir marta ham nokaut yoki nokdaunga uchramaganligi qayd qilingan. (25)
Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling