Microsoft Word Хурсанбоев С. Ёш боксчиларни машғулот ва мусобақа фаолиятида жароҳатлар олиш сабабларини аниқлаш docx
Bokschilarni jarohatdan so‘ng tiklanish
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
kucg
1.3. Bokschilarni jarohatdan so‘ng tiklanish
vositalari YOsh bokschilarni mashg‘ulot va musobaqalardagi olgan jarohatlaridan so‘ng tiklanish o‘zaro bog‘langan yagona jarayondir. Mashg‘ulotlarda jarohat olgan
sportchilarga me’rlangan mashqlarni asosida mashg‘ulot mashqlarini o‘sib borishi va ish qobiliyatining ortishi faqatgina tiklanish jarayonida qoplangan taqdirdagina mumkin bo‘ladi. Bokschilarning jarohatdan so‘ng tiklanish bu faqatgina organizm funksiyalarini ish holatiga qaytarish emas, balki hayotni ta’minlash tizimini energetik imkoniyatlarning yanada yangi, yuqori darajasiga o‘tkazishdir. Ma’lumotlariga qaraganda, skelet mushaklarida glikogen va adenozintrifosfor kislotasining (ATF) dastlabki holatga nisbatan ortiqcha to‘planishi bokschilar mushak ishida tiklanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. (23) Mashg‘ulot yuklamalarining og‘irligiga qarab, glikogen va ATF ning ortiqcha to‘planishi har xil muddatlarda sodir bo‘ladi (maksimal shiddatdagi yuklamadan so‘ng 7-9 kungacha). S o g ‘ l i q q a z a r a r e t k a z m a y , m a s h g ‘ u l o t j a r a y o n i n i jadallashtirish faqat tiklanish tadbirlaridan (tibbiy-biologik, ruhiy, pedagogik) foydalanilgan taqdirdagina mumkin bo‘ladi. Bunda pedagogik vositalar asosiysi, etakchi hisoblanadi, chunki aynan ular xar bir sportchi rejimini va sportchilar ko‘p yillik tayyorgarligining hamma bosqichlarida yuklama hamda dam olishning oqilona uyg‘unligini belgilab beradi. Bokschilarning jarohatdan so‘ng tiklanishning pedagogik vositalari quyidagilarni o‘z ichmga oladi: - mashg‘ulotni oqilona rejalashtirish, yuklamaning sportchi funksional imkoniyatlariga mos kelishi; - jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikning umumiy hamda maxsus vositalarining zarur uyg‘unligi; - mashg‘ulot va musobaqa mikro- mezo- va makrotsikllarini oqilona tuzish,
yuklamalarning to‘lqinsimonligi va variantliligi, ixtisoslashmagan jismoniy yuklamalar, ish va dam olishni to‘g‘ri uyg‘unlashtirish, maxsus tiklanshi mikrotsikllarini kiritish, o‘rtaga tog‘ sharoiglaridagi mashg‘ulotdan foydalanish; - toliqishni tez qoldirish maqsadida zarur tiklanish vositalaridan foydalangan holda alohida mashg‘ulot mashg‘ulotini tuzish; to‘laqonli alohida badan qizdirish va mashg‘ulot vazifalariga muvofiq yakuniy qism, mashg‘ulotlar joyi to‘g‘ri tanlash, dam olish va bo‘shashish uchun maxsus mashqlarni kiritish, ijobiy ematsional holatni yaratish va h.k. Jarohatdan so‘ng tiklanishning tibbiy-biologik vositalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi (29) - salomatlikni baholash va hisobga olish; joriy funksional holat to‘g‘risida ekspress-nazorat tartibidagi axborot; - biologik qiymati yuqori bo‘lgan dori-darmonlar va mahsulotlardan foydalangan holda oqilona ovqatlanish;
- dopingga qarshi nazorat talablarini hisobga olgan holda farmakologik vositalar kompleksini qo‘llash; - fizioterapiya va balьneologiya uslublari (sauna, massaj va boshqa muolajalar bilan birga); - o‘rtacha tog‘ sharoitlari, iqlimiy terapiya, sanatoriya-kurort uslublaridan foydalanish va h.k. Bokschilarning jarohatdan so‘ng dori-darmonlarni qo‘llash taktikasi quyidagi muhim omillarga bog‘liq holda quriladi: 1.
Dori-darmonlarni mashg‘ulot davrlari bo‘yicha (o‘tish, tayyorgarlik va musobaqa) va asosiy musobaqalarga bevosita tayyorgarlik davrida qo‘llash. 2.
Mashg‘ulot mikrotsikllarida vositlar kompleksini tayinlashning tamoyilli sxemasi. 3.
Urtacha tog‘ sharoitlarida tayyorgarlikning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish. 4. YUklama oshirilganda asosiy dori-darmonlar dozasining ko‘paytirilishi nazarda tutiladigan alohida komplekslarni tanlash va qo‘shimcha dori-darmonlarni kiritish hamda bitta vositalarni boshqasi bilan almattirit. 5.
Ma’lum bir tayyorgarlik bosqichida u yoki bu sportchi oldiga qo‘yilgan maxsus pedagogik vazifalarni hal etish. 6. Sportchi yoshi va stajini hisobga olish. 7. Oldin qo‘llanilgan dori-darmonlarga bo‘lgan ta’sirni o‘rganish. YUqorida aytib o‘tilgan omillarga qarab, dori-darmonlarni muayyan holda qo‘llash tegishli soha mutaxassislarini (vrachlar, fiziologlar, biokimyochilar va farmakologlar) qat’iy nazorati ostida o‘tkazilishi lozim. Agar mashg‘ulot jarayonida sportchilar ish qobiliyatini tiklash tizimida umumiy massajning ta’siri avvaldan o‘rganib kelingan va u keng tarqalgan bo‘lsa, bevosita janglar o‘rtasidagi tanaffusda ish qobiliyatini oshirish muammosi etarlicha o‘rganilmagan. Bu bellashuvning davom etish vaqti, bellashuvlar o‘rtasidagi va bellashuvlardagi dam olish
tanaffuslari davomiyligini tartibga soluvchi qoidalarning ko‘p
marta uzgartirilishi bilan tushuntiriladi. Murabbiy, massajchi yoki tayyorlangan sportchi qo‘li bilan navbatma-navbat bokschi oyoqlarini ko‘tarib, elkasiga joylashtiradi. Qo‘llarni bo‘shashtirishga esa ularga gorizontal holat berish bilan erishiladi. Buning uchun massaj qiluvchi iloji boricha stolga yaqin kelib, tizzalarida turadi. Faol va suet giperventilyasiya hamda bokschi yuzi va gavdasini ho‘l sochiq bilan artishdan so‘ng yuqori elka kamaridan massaj qilishni boshlash lozim. Asosiy usullari - yarim aylanali, navbatma- navbat uqalash. Usullar ikki qo‘llab bajariladi (qo‘l kaftlari bir-biriga pa ral le l jo ydash ti ril a di v a
qa ra ma-qa rshi t omon ga harakatlantiriladi). SHu usul ikki va uchboshli elka mushaklarini massaj qilish uchun ham foydalaniladi. Elkani bukuvchi va yozuvchi mushaklar uchun uqalash usul i qo‘llaniladi. Massajchi uni tik turgan holda ikkala qo‘l kaftini parallel holda uzatib, qarama-qarshi tomonga harakatlartiradi. Ishlagan mushaklarning zo‘riqish ("shishib ketish") darajasiga qarab, ko‘ndalangiga bitta yoki ikkita qo‘l bilan to‘xtovsiz uqalash jismoniy tayyorgarligini yuqori darajaga ko‘tarish musobaqalarga tayyorlagada muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek, mashg‘ulot jarayonini boshqarish masalalari dolzarb hisoblanadi. Ushbu masalalarni hal etish mashg‘ulot jarayoni vositalari va u s l u b l a r i n i s a ma r a l i r o q t i kl a sh o r qa l i e r i s hi l a di . Bi r vaqtning o‘zida bokschilarning texnik-taktik mahoratini t a ko mi l l a s h t i r i s h u c h u n u s h b u t i kl a s h s a ma r a do r l i gi ko ‘p jihatdan bokschilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorat
darajasini jismoniy tayyorgarlik bilan o‘zaro bog‘liqliga va mashg‘ulot jarayonlarni nazorat qilish zarur ekanligi go‘g‘risida guvohlik beradi. Zamonaviy boksda musobaqa va mashg‘ulot mashg‘ulotlarini hajmi hamda intensivligi juda ham oshgan, bu yoshlarning murabbiyovkada og‘ir mashq yuklamalar orqali yoshlarning psixologik holatiga ta’sir etishi natijasida yogl bokschilarning jismoniy va ruhiy jarohot olishlari mumkin. SHuning uchun yosh bokschilar bilan o l i b bo r il a di gan mas h g‘ul o t v a mus o b a qa fao l i ya t in i rejalashtirish muhim ahamiyatga egadir, ya’ni yosh bokschilar orasida jarohat olish keng tarqalganligi. YOsh bokschilarni tayyorlashda bokschilarni jarohat olishlarini bartarf qilishdan, mashg‘ulot mashgulotlariga qatnashish va
treniroka mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan zamonaviy uslublar xususiyatlari a s o s i y s a b a b l a r i di r . Bu
u s l u b h o z i r gi z a mo n b o ks n i rivojlanishida mashg‘ulot yuklamasining ko‘lami va jadalligini oshirib borish, erta ixtisoslashish, katta jismoniy va emotsional yuklamalar qo‘llanilishi bilan ta’riflanadi.
Bokschilarning musobaqalarda ishtirok qilishi aktiv dam olish va navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish bilan almashib turadi. Musobaqadan keyin aktiv dam olish etapini davom etishi olingan jismoniy va psixologik yuklamalarga bog‘liq, tayyorgarlik bosqichi va uning qismlarini davom etishi esa - oldinda bo‘ladigan musobaqalarning miqyosi hamda qiyinchiliklariga bog‘liqdir. Muayyan holda (jang davrida) asosan yuklamani ko‘taradigan oyoq-qo‘llarga (mushaklar guruhiga) engil massaj qo‘llaniladi. YUzaki silashdan so‘ng chuqur qamrovchi silashni bajarish mumkin. Oyoq-qo‘llar sezilarli darajada shishgan va mushaklar zo‘riqqan paytda hamda vaqt etarli bo‘lsa, elka yana bir bor uqalanadi. Uqalashdan so‘ng siltash bajariladi. Qo‘llarni massaj qilishdan so‘ng (vaqt etarli bo‘lgan gaqdirda) buyinni massaj qilish usullari bajariladi. Massaj qiluvchi bokschi o‘tirgan stul orqasida turib, qo‘llarini olmasdan ensa va bo‘yin yuzasini elka usti tomon shoshilmay silaydi (2-3 usul). Keyin o‘pkalarning sustgina giperventilatsiyasi bajariladi. Stul orqasida turgan holda massaj qiluvchi bo‘shashtirilgan ikkala qo‘llarni tirsaklaridan ushlab, ularni yuqoriga ko‘taradi ("nafas ol" deb) va pastga tushiradi ("nafas chiqar" deb).
O yo ql a r n i ma ss a j qi li s h t a na ffu s l a r da ka mda n -ka m bajariladi. Alohida hollarda uqalash va siltash usullari qo‘llaniladi.
Bellashuv tanaffusidagi massaj juda nozik va murakkab ishdir. U massaj qilayotgan shaxsdan katta bilim, xar tomonlama tayyorgarlik va muntazam ijod qilishni taqazo etadi.
Tiklanish tadbirlarining samaradorligi ikkita massajchyning o‘zaro kelishilgan ishi bilan kuchaytirilishi mumkin. Murabbiy- sekundant ikkinchi massajchi bo‘lishi mumkin. U bir vaqtning o‘zida tegishli ruhiy terapiyani olib boradi, jangning keyingi taktikasi to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi va h.k.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling