Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
Hotamul Asom (r.a.) talabalaridan bo‘lgan Abu Abdulloh Xavosdan (r.a.) rivoyat qilingan 
quyidagi voqea ham shunga dalolat etadi. Abu Abdulloh (r.a.) aytadilar: «Men Hotamul 
Asom (r.a.) bilan Ray shahriga kirdim. Biz bilan birga hajni niyat qilgan uch yuz yigirma 
kishi bor edi. Ularning ustlarida yupqa kiyimlari bo‘lib, (undan boshqa) kovushlari ham, 
yonlarida taomlari ham yo‘q edi. Miskinlarni yaxshi ko‘radigan darveshsifat bir tujjor 
kishining uyiga qo‘ndik. O‘sha kecha u bizni mehmon qildi. Ertasi kuni (xonadon sohibi) 
Hotamga: «Bir faqihimizni ziyorat qilmoqchi edim. Hozir u betob. Biror xizmat bo‘lsa 
ayting», dedi. Hotam: «Kasalni ko‘rishda fazilat bordir. Faqihning yuziga boqish esa 
ibodatdir. Shuning uchun men ham sen bilan birga boraman», dedilar. O‘sha betob kishi 
Ray shahrining qozisi Muhammad ibn Muqotil (r.a.) ekanlar. Faqihning darvozasiga yetib 
borganimizda katta va chiroyli qasrga ro‘baro‘ bo‘ldik. Hotam (r.a.) olim kishining 
darvozasi shunday bo‘ladimi, deb o‘ylanib qoldi. Keyin izn berildi va u kishi ichkariga 
kirdilar. Hovli chiroyli, shinam, keng va barcha qulayliklari muhayyo edi. Juda chiroyli 
pardalar ham ko‘zga tashlandi. Hotam yana o‘ylanib qoldi. Keyin bemor yotgan xonaga 
kirdi. U yerda yumshoq gilamlar to‘shalgan edi. Bemor o‘sha gilamlar ustida yumshoq 
o‘rinda yotar va bosh tomonida bir xizmatkor qo‘lida yelpig‘ich bilan yelpib turar edi. 
Ziyoratga kelgan kishi uning boshi oldida o‘tirib, hol-ahvol so‘radi. Hotam esa tik 
turaverdi. Shunda Ibn Muqotil u kishiga ishora qilib, o‘tirishga buyurdi. Hotam esa: 
«O‘tirmayman», dedi. U kishi: «Biror ehtiyojing bormi?» deb so‘radi. Hotam: «Ha», 
dedi. «Nima ehtiyojing bor?» dedi. «Sendan bir masala haqida so‘ramoqchiman?» dedi. 
Hotam. «So‘rayver», dedi. Hotam: «Turib to‘g‘ri o‘tir, keyin so‘rayman», dedi. U kishi 
to‘g‘ri o‘tirib oldi. Hotam: «Bu ilmingni qaerdan olgansan?» deb so‘radi. U kishi: 
«Ishonchli olimlardan olganman. Ular menga aytib berishgan», dedi. Hotam: «Ular 
kimdan olishgan?» deb so‘radi. U kishi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) 
sahobalaridan», dedi. Hotam: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sahobalari 
qaerdan olganlar?» dedi. U kishi: «Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam)», deb 
javob berdi. Hotam: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) kimdan olganlar?» deb 
so‘radi. U kishi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Jabroildan (a.s.), u esa Alloh 
taolodan olgan», deb javob berdi. Shunda Hotam: «Ayt-chi, Jabroil (a.s.) Allohdan olib, 
Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam), Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
sahobalariga, sahobalar ishonchli kishilarga, ishonchli kishilar senga yetkazgan o‘sha 
ilmda dang‘illama uylari va juda ko‘p qulayliklari bo‘lgan kishilar uchun Alloh taoloning 
huzurida bundan buyukroq manzil bo‘lishi haqida biror gap eshitdingmi?» dedi. U kishi: 
«Yo‘q», deb javob qildi. Hotam: «(Bu haqda) qanday so‘z eshitgansan?» deb so‘radi. 
«Eshitdimki, kim dunyoni tark qilsa, oxiratga rag‘bat qilsa, miskinlarni sevsa va oxirat 
amallarini birinchi o‘ringa qo‘ysa, o‘sha kishi uchun Alloh huzurida buyuk maqomlar 
bordir», dedi. Shunda Hotam: «Unday bo‘lsa, bu ishing bilan sen kimga ergashding? 
Rasulullohgami (sollallohu alayhi vasallam) yoki u zotning sahobalarigami? Yo solih 
kishilargami? Yoki birinchi bo‘lib g‘isht va toshdan imorat qurgan Fir’avn va 
Namrudlargami? Ey yomonlik olimlari! Dunyoga qiziqqan johillar sizga o‘xshaganlarni 
ko‘rib: «Olim kishi shu holatda bo‘lsa, men undan yomonroq bo‘layinmi?» deydi». Keyin 
Hotam uning huzuridan chiqib ketdi. Natijada Ibn Muqotilning kasali kuchaydi. Ray 
shahri ahliga Hotam bilan Ibn Muqotil o‘rtasidagi mojaro ma’lum bo‘ldi. Shunda ular 
Hotamga: «Qazvin shahridagi Tanofusiy (ismli faqih kishi) bundan ham dabdabali 
yashaydi», deyishdi. Hotam (r.a.) esa, yo‘lga tushib, o‘sha yerga yetib bordi, uning 
huzuriga kirib: «Sizga Allohning rahmati yog‘ilsin! Men bir ajamiy kishiman. Dinimning 
boshi va namozimning kaliti bo‘lgan tahoratni menga o‘rgatishingizni xohlayman. 
Namozga qanday tahorat olishim kerak?» deb so‘radi. Tanofusiy: «Xo‘p bo‘ladi, jonim 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling