Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
109 bilan ey xizmatkor! Menga bir obdasta suv keltiringlar!» dedi. Unga suv keltirishdi va u o‘tirib har bir a’zosini uch martadan yuvib tahorat qildi. Keyin: «Shunday tahorat qil», dedi. Hotam esa: «(Iltimos), shu yerda tursangiz. Men huzuringizda tahorat qilib ko‘rsatsam. Xatolarimni tuzatib qo‘yasiz», dedi. Tanofusiy o‘rnidan turdi va Hotam o‘tirib tahorat qila boshladi. Keyin a’zolarini to‘rt martadan yuvdi. Shunda Tanofusiy: «Ey birodar, isrof qilding», dedi. Hotam: «Qanday qilib?» deb so‘radi. U kishi: «A’zolaringni to‘rt martadan yuvding», dedi. Shunda Hotam: «Subhonalloh (vo ajab)! Men bir hovuch suvni ko‘p ishlatish bilan isrof qilgan bo‘lsam, sen shuncha narsalaring bilan isrof qilmayapsanmi?» dedi. Tanofusiy uning maqsadi o‘rganish emas, balki shu narsani bildirish ekanini bildi va uyiga kirib ketdi, so‘ng qirq kun odamlar oldiga chiqmadi. Keyin Hotam (r.a.) Bog‘dodga keldi. Bog‘dod ahli uning yoniga to‘planib: «Ey Abu Abdurrahmon! Siz ajamiy kishisiz. Kim siz bilan gaplashsa, albatta, mag‘lub qilasiz», deyishdi. Hotam aytdiki: «Menda uch xislat bor, ular bilan raqibim ustidan g‘olib bo‘laman: avvalo, raqibim to‘g‘ri fikr aytsa, xursand bo‘laman; xato qilsa, xafa bo‘laman; unga johillar kabi muomala qilishdan ehtiyot bo‘laman». Bu xabar Imom Ahmad ibn Hanbalga (r.a.) yetganida u kishi: «Subhonalloh! Naqadar aqlli ekan. Turinglar, birgalikda uning huzuriga boraylik», dedilar. Huzuriga kirganlaridan keyin unga: «Ey Abu Abdurrahmon! Dunyodan salomat bo‘lish (chorasi) nima?» deb so‘radilar. Hotam javob berdi: «Ey Abu Abdulloh! Sizda (quyidagi) to‘rt xislat bo‘lmagunicha, dunyodan salomat bo‘lmaysiz: qavmning johilliklarini kechirasiz; ulardan o‘zingizning johilligingizni tiyasiz; hamma narsangizni ularga sarflaysiz; ularning narsalaridan umid qilmaysiz. Shunday qilsangiz salomat bo‘lasiz». Keyin (Hotam) Madinaga yo‘l oldi. Madina ahli uning istiqboliga chiqdi. Hotam: «Ey qavm! Bu qaysi shahar?» dedi. Odamlar: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shaharlari», deyishdi. U: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) qasri qaerda? U yerda namoz o‘qimoqchiman», dedi. Ular: «U zotning qasri bo‘lmagan, balki pastakkina kichkina uylari bo‘lgan, xolos», deyishdi. «Unday bo‘lsa, sahobalarining qasrlari qaerda?» deb so‘radi. Yana ular: «Ularning ham qasrlari bo‘lmagan. Pastak kulbalari bo‘lgan, xolos», deb javob qilishdi. Shunda Hotam: «Ey qavm! Bu Fir’avnning shahri ekan», dedi. Odamlar uni tutib, voliyning oldiga olib borib: «Bu ajamiy odam Madinani Fir’avnning shahri, deyapti», deyishdi. Voliy undan: «Nega bunday deding?» deb so‘radi. Hotam shunday dedi: «Menga jazo berishga shoshilmang! Men ajamiy g‘arib odamman. Shaharga kirib, bu kimning shahri deb so‘radim. Odamlar Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shahri, deyishdi. Men esa u kishining qasri qaerdaligini so‘radim...» Shunday qilib, u bo‘lgan voqeani aytib berdi. Oxirida esa Alloh taoloning: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling