Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
112 Shuning uchun Said ibn Musayya (r.a.): «Qachon bir olimning amirlar atrofida o‘ralashib yurganini ko‘rsangiz, undan ehtiyot bo‘ling. Chunki u o‘g‘ridir», deganlar. Avzoiy (r.a.) aytadilar: «Amaldorni ziyorat qiluvchi olimdan ko‘ra Allohga yoqimsizroq hech narsa yo‘qdir». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlar: «Olimlarning yomoni amirlar huzuriga borganlaridir. Amirlarning yaxshilari olimlar huzuriga kelganlaridir». 162 Makhul Damashqiy (r.a.) aytadilar: «Kim Qur’onni ta’lim olsa va dinni chuqur o‘rgansa, keyin podshohga laganbardorlik bilan uning huzuridagi narsani tama’ qilib, yaqin bo‘lsa, (shu maqsadda) bosgan qadamlari sonicha jahannam o‘tidan bo‘lgan dengizga sho‘ng‘ib boradi». 162. Ibn Moja avvalgi qismini zaif sanad bilan rivoyat qilgan. Samnun (r.a.) aytadilar: «Olimning suhbatiga kelinadi, lekin u topilmaydi. Uning qaerdaligini so‘ralsa, amirning huzurida deyiladi. Naqadar yomon!!». Yana aytadilar: «Ilgari qachon bir olim dunyoni sevganini ko‘rsangiz, undan ehtiyot bo‘linglar, deganlarini eshitgan edim» Men buni tajriba qilib, sinab ko‘rdim. Podshohning huzuriga kirib chiqqandan keyin nafsimni hisobga tortdim va unda inqirozni ko‘rdim. Holbuki, eng og‘ir va qo‘pol so‘zlar aytishimni hamda sultonning xohishiga qarshi chiqishimni bilasizlar. Shunga qaramasdan, men undan biror narsa olmasam ham va bir ho‘plam suvini ichmasam ham, o‘rnimga boshqasini yuborib, o‘zim kirishdan qutilib qolishni yaxshi ko‘rdim». Keyin yana shunday dedilar: «Zamonamiz olimlari Bani Isroil olimlaridan yomonroqdir. (Chunki) podshohga faqat ruxsat berilgan va nafsi havosiga muvofiq keladigan narsalar haqida gapiradilar. Agar podshohga zimmasidagi vazifalar va najotiga sabab bo‘luvchi ishlar haqida xabar bersalar edi, ularni og‘ir sanardi va huzuriga kirishlarini yomon ko‘rgan bo‘lardi. Mana shu narsa olimlar uchun Parvardigorlari huzurida najotdir». Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Sizlardan oldingilar orasida Islomga kirishda muqaddam va Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) suhbatlariga erishgan bir zot bor edi. (Abdulloh ibn Muborak: «Hasan Basriy Sa’d ibn Abu Vaqqosni (r.a.) nazarda tutgan», deganlar.) U podshohlar atrofida o‘ralashib yurmasdi va o‘zini ulardan chetga olar edi. Farzandlari unga: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) suhbatlarida va Islomga kirishda peshqadamlikda siz kabi bo‘lganlar ham ularning huzuriga boryapti. Siz ham borsangiz-chi?!» dedi. U zot: «Ey farzandlarim! Qavm bir o‘likni o‘rab olgan bo‘lsa, unga men ham boraymi?! Allohga qasamki, kuchim yetganicha, ulardan qochaman», dedilar. Farzandlari: «Ey otajon! Unda biz ochlikdan o‘lib ketamiz-ku», dedi. U zot: «Ey bolalarim! Semiz munofiq bo‘lgan holda o‘lishdan ko‘ra, och mo‘min holda o‘lishim, menga suyukliroqdir», dedilar. Allohga qasamki, tuproq iymonni emas, balki sut va yog‘larni yeyishini bilganidan keyin farzandlari jim qoldilar». Bu qissada shunga ishora borki, podshoh huzuriga kirgan kishi munofiqlikdan qutula olmaydi. Bu ish esa iymonga ziddir. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling