Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
115 berdi. Toki, Alloh taolo yerning eng yaxshi joyi masjidlar va eng yomon joyi bozorlar ekanini bildirgunga qadar (shunday davom etdi). 165 Ibn Umardan (r.a.) o‘nta masala so‘ralsa, bittasiga javob berib, to‘qqiztasiga sukut qilar edilar. Ibn Abbos (r.a.) esa, to‘qqiztasiga javob berib, bittasiga sukut qilardilar. Fuqaholar ichida «bilmayman» deydiganlari «bilaman» deydiganlaridan ko‘proq edi. Sufyon Savriy, Molik ibn Anas, Ahmad ibn Hanbal, Fuzayl ibn Iyoz va Bishr ibn Hars shular jumlasidandir. Abdurahmon ibn Abu Laylo (r.a.) aytadilar: «Mana shu masjidda (ya’ni, Masjidi nabaviyda) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ashoblaridan yuz yigirma kishini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Ularning barchasi bir hadis yoki biror fatvo borasida so‘ralsa, o‘rniga birodari javob berishini yaxshi ko‘rar edilar». Boshqa bir iborada shunday deyiladi: «Bir masala ularning birortasidan so‘ralsa, boshqaga yuborar edi. U ham boshqasiga qaytarar edi. Hatto aylanib yana birinchilariga kelardi». Rivoyat qilinishicha, ashobi suffalardan biriga qo‘yning pishirilgan boshi hadya qilindi. U juda och bo‘lgani holda, uni birodariga hadya qildi. U ham boshqasiga berdi. Va hokazo ularning o‘rtasida aylanib, yana birinchi kishiga qaytib keldi. 165. Imom Ahmad, Abu Ya’lo, Bazzor va Hokimlar rivoyati. Hozirgi kunda olimlarning ishi qanday qilib aksiga aylanib qolganiga qara, undan qochish lozim bo‘lgan narsa talab qilinmoqda, matlub narsadan esa qochilmoqda. Fatvo berishdan ehtiyot bo‘lish xayrli ekaniga ba’zi olimlar musnad holatda rivoyat qilgan quyidagi hadis dalildir: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Odamlarga uch toifa kishilargina fatvo beradilar: amirlar, ma’murlar va (o‘zicha fatvoga) takalluf qiluvchi kishilar», dedilar. Ba’zi olimlar aytadilar: «Sahobai kiromlar to‘rt ishni bir-birlariga havola qilar edilar: imomlikni, vasiyatni (ya’ni, uning bajarilishini nazorat qilishni), omonat saqlashni va fatvo berishni». Ba’zilar deydilar: «U (olim)larning fatvo berishga shoshuvchirog‘i ilmi eng oz bo‘lganidir. Undan qattiq qochuvchi kishi esa, taqvodorrog‘idir». Sahobai kiromlar va tobe’inlar (barchalaridan Alloh rozi bo‘lsin) asosan beshta ish bilan mashg‘ul bo‘lar edilar: Qur’on tilovati, masjidni obod qilish, Alloh taoloni zikr etish, yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish. Buning boisi shuki, ular Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) ushbu hadisni eshitganlar: «Odam bolasining barcha kalomi o‘zi uchun zararlidir. Faqat uchta kalom bundan mustasno: yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish, Alloh taoloni zikr etish». 166 Alloh taolo shunday marhamat qiladi: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling