Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
Ibn Abbosdan (r.a.) biror narsa so‘ralsa: «Horisa bilan Jobir ibn Zayddan so‘ranglar», 
der edilar. 
Ibn Umar (r.a.) esa, Said ibn Musayyabdan so‘rashni aytardilar.
Hikoya qilishlaricha, bir sahobiy yigirmata hadisni aytdi. Odamlar undan tafsirini 
so‘rashdi. Sahobiy: «Menda rivoyat qilganimdan boshqa (ma’lumot) yo‘q», dedi. 
Shundan so‘ng majlisda o‘tirgan Hasan Basriy hadislarni birma-bir sharq qila boshladilar. 
Odamlar uning go‘zal tafsiriga va hofizasiga hayratlanishdi. Shunda o‘sha sahobiy 
odamlarga bir hovuch mayda toshni otib yubordi va: «Oldingizda shunday olim 
turganda, ilmni mendan so‘raysizlarmi?» dedi. 
(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri himmatining ko‘prog‘i (g‘ayrati) botin 
ilmiga, qalb muroqabasiga, oxirat yo‘llari va unda yurish qoidalarini o‘rganishga 
qaratilgan bo‘lishi hamda ularning inkishofi uchun mujohada va muroqabaga jiddiy 
kirishishidir. Chunki mujohada mushohadaga yo‘l ochadi. Qalb ilmlarining nozik 
jihatlarini o‘rganish bilan hikmat buloqlari qaynab chiqadi. Ammo (quruq) ta’lim bilan 
bunga erishib bo‘lmaydi. Balki, mujohada va muroqaba bilan, zohiriy va botiniy 
amallarni qo‘shish bilan, uyg‘oq qalb va musaffo fikr bilan, xilvatda Alloh taologa 
yuzlanish bilan cheksiz va son-sanoqsiz hikmat yuzaga chiqadi. Bu esa, ilhomning kaliti 
va kashfning manbaidir. Qanchadan-qancha ta’lim oluvchilar borki, ta’lim olish muddati 
uzun bo‘lgani holda, eshitgan ilmiga bir kalima bilan ham qo‘shimcha qilishga qodir 
emasdir. Ta’lim olishda muhim narsalar bilangina cheklanuvchi hamda amal va qalb 
muroqabasiga jiddiy kirishuvchi qanchadan-qancha kishilar borki, Alloh taolo unga 
oqillarning aqllarini hayratda qoldiruvchi hikmat sirlarini ochib beradi. Shuning uchun 
ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kim bilgan ilmiga amal qilsa, Alloh taolo 
uni bilmagan narsalarining ilmiga voris qiladi»,
169
deganlar. 
169. Abu Nu’aym Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan, zaif. 
Eski kitoblardan ba’zisida shunday yozilgan ekan: «Ey Bani Isroil! Sizlar: «Ilm 
osmondadir, uni yerga kim olib tushadi? (Ilm) yerning qa’ridadir, uni kim olib chiqadi? 
(Ilm) dengizlar ortidadir, uni kim olib keladi?» demanglar. Ilm qalblaringizga 
joylangandir. Mening huzurimda ruhoniylar odobi va siddiqlarning axloqi bilan turinglar. 
Shunda ilm qalblaringizda zohir bo‘lib, butun vujudingizni egallab oladi». 
Sahl ibn Abdulloh Tustariy (r.a.): «Olimlar, obidlar va zohidlar qalblari qulflangan holda 
dunyodan o‘tdilar. Faqat siddiqlar va shahidlarning qalblarigina ochildi, xolos», dedilar 
va keyin Alloh taoloning ushbu so‘zini tilovat qildilar:

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling