Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
114 Ibn Umardan (r.a.) qachon fatvo so‘ralsa: «Odamlarning ishlarini o‘z zimmasiga olgan anavi amirga bor va buni uning bo‘yniga qo‘y», der edilar. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Odamlar so‘ragan barcha masalalarga fatvo (javob) beradigan kishi majnundir». Yana shunday deganlar: «Olimning qalqoni «bilmayman» deyishdir. Agar uni qo‘ldan chiqarsa, unga o‘ldiruvchi (zarbalar) keladi». Ibrohim ibn Adham (r.a.) aytadilar: «Bir ilmda gapirib, boshqa bir ilmda sukut qilishdan ko‘ra shaytonga og‘irroq narsa yo‘qdir. Shayton unday olim haqida: «Bunga qaranglar, uning sukuti men uchun gapirganidan og‘irroqdir», deydi». Ba’zilar (avliyolardan bo‘lgan) abdollarni sifatlab shunday deydi: «Muhtoj bo‘lgandagina yeydilar, uyqu g‘olib kelgandagina uxlaydilar, zarurat tug‘ilgandagina gapiradilar, ya’ni, so‘ralguncha gapirmaydilar. Qachon bir savol so‘ralganida o‘rinlariga javob beradigan kishini topsalar, sukut qiladilar. Agar majbur bo‘lsalar, (shundagina) javob beradilar. Ular savoldan oldin gap boshlashni gapirishga bo‘lgan maxfiy shahvatdan deb biladilar». Hazrati Ali (r.a.) va Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) odamlarga gapirayotgan bir kishining oldidan o‘tdilar. Birlari (ikkinchilariga): «Bu odam, meni tanib qo‘yinglar, deyapti», dedilar. Ba’zi hakimlar aytadilar: «Olim – undan savol so‘ralganda (sog‘lom) tishi sug‘urilgandek iztirob chekkan kishidir». Ibn Umar (r.a.) shunday der edilar: «Bizni ko‘prik qilib, jahannamga ustimizdan yurib o‘tishni xohlayapsizlarmi?!» Abu Hafs Nisoburiy (r.a.) aytadilar: «(Haqiqiy) olim savol so‘ralgan paytda, qiyomat kuni unga: «Qaerdan olib javob berding?» deyilishidan qo‘rqqan kishidir». Ibrohim Taymiydan (r.a.) biror savol so‘rashsa, yig‘lashni boshlar va: «Boshqani topolmay menga kuninglar qoldimi?!» der edilar. Abul Oliya Riyohiy, Ibrohim ibn Adham, Sufyon Savriylar (r.a.) ikkita, uchta yo ozchilikdan iborat jamoatga gapirar edilar. Qachon (tinglovchilar) ko‘payib ketsa, turib ketardilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deydilar: «Uzayr payg‘ambarmidi yoki yo‘qmi, bilmayman. Tubba’ mal’unmidi yoki yo‘qmi, bilmayman. Zulqarnayn payg‘ambarmidi yoki yo‘qmi, bilmayman». 164 164. Abu Dovud va Hokimlar sahih holda rivoyat qilishgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yerning eng yaxshi va eng yomon joyi haqida so‘ralganlarida, «bilmayman» deb javob berganlar. Hatto Jabroil (a.s.) tushganda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) undan so‘radilar, u ham «bilmayman», deb javob Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling