Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
91 berish hurmat pardasini yirtib, ustozga qarshi chiqishga jur’at paydo qiladi hamda qaysarlikka bo‘lgan maylini qo‘zg‘atadi. Zero, barcha muallimlar murshidi bo‘lgan zot (sollallohu alayhi vasallam): «Agar odamlar go‘ngni titishdan qaytarilsalar, albatta, uni titadilar hamda unda bir narsa bordirki, biz undan qaytarildik, deydilar», 133 deb marhamat qilganlar. Bu borada senga tanbeh bo‘ladigan misol Odam bilan Havo va ularga man’ qilingan narsa haqidagi qissadir. Bu misollarni senga shunchaki emas, balki ibrat olishing, g‘aflatdan uyg‘onishing uchun keltirdim. Va yana ta’riz yo‘li bilan tarbiya berish fazilatli nafslar va zakovatli zehnlarni so‘zning ma’nosini chaqib olishga undaydi. Natijada, bu so‘zning ma’nosi qo‘lim yetmaydigan narsa emas, deb uni bilishga rag‘bat qiladi, anglaganida esa, xursand bo‘ladi. 133. Alboniy zaif degan. Beshinchi vazifa: Ilmlardan ba’zilarini o‘rganayotgan talabaga boshqa ilmlarni yomon ko‘rsatmaslik lozim. Masalan, til muallimi fiqh ilmini yomon ko‘rsatishga odatlangan, fiqh muallimi esa, hadis va tafsir ilmini: «U faqat naql qilish va eshitishdan iborat. Bunday qilish esa, kampirlarning ishi va unda qo‘lga tegishli narsa yo‘qdir», deb kamsitadi. Kalom muallimi fiqhdan nafratlantirib: «Bu ilm far’iydir, u xotinlarning hayzi haqidagi so‘zlar to‘plamidan iborat. Rahmonning sifatlari haqidagi kalom ilmi qaerda¬¬¬¬-yu bu qaerda?» deydi. Mana shu narsa muallimlar uchun eng yomon axloqdir, undan saqlanish lozim. Balki bir ilmga mutaxassis bo‘lgan muallim talabalar uchun boshqa ilmlarning ta’lim yo‘llarini ham ochib berishi lozim. Agar u bir necha ilmlardan ta’lim bersa, o‘quvchining bir ilmdan ikkinchisiga o‘tishida bosqichlarga rioya qilsin. Oltinchi vazifa: Talabaga ilmni uning fahm-farosati ko‘tarishiga qarab berish lozim. Aqli yetmagan narsani o‘rganmasinki, uni ilmdan nafratlantirib qo‘yadi yoki aqlini chalkashtirib yuboradi. Bu borada bashariyatning sayyidi bo‘lgan zotga (sollallohu alayhi vasallam) ergashish lozimdirki, u zot (sollallohu alayhi vasallam): «Biz payg‘ambarlar jamoasi odamlarni o‘z o‘rinlariga qo‘yishga va ularning aqllari yetadigan miqdorda gapirishga buyurilganmiz», 134 deganlar. Bas, qachonki talabaning haqiqatni anglashga yuzlanganini bilsa, unga haqiqatni sochsin. Zero, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bir qavmga ularning aqllari yetmagan biror so‘zni gapirgan kishi ularning ba’zilari uchun fitnaga sabab bo‘ladi», deganlar. Hazrat Ali (r.a.) ko‘ksiga ishora qilaturib, aytganlar: «Albatta, mana bu yerda juda ko‘p ilm bor, koshkiydi unga munosib tolib topolsam». Naqadar to‘g‘ri so‘zlaganlar. Chunki yaxshilarning qalbi sirlarning qabridir. Olim kishi barcha bilgan narsalarini har kimga ham oshkor qilavermasligi lozim. Bu so‘z talaba o‘sha ilmni tushunadigan, lekin undan foydalanishga loyiq bo‘lmagan holatda tegishlidir. Endi u tushunmaydigan ilmlarni oshkor qilish qanday bo‘lar ekan?! Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling