Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Irodaning shartlari, kurashishning boshlang‘ich holatlari, muridni riyozat
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
Irodaning shartlari, kurashishning boshlang‘ich holatlari, muridni riyozat
yo‘lini tutishga ko‘niktirish bayoni Bilingki, qaysi bir inson oxiratni qalbi orqali ishonch bilan ko‘rsa, shaksiz oxirat ekinini iroda qiluvchi, unga mushtoq bo‘luvchi, yo‘llarida yuruvchi, dunyo ne’matlari va lazzatlarini past sanaguvchiga aylanadi. Chunki qay bir insonda marjon bo‘lsa-yu, keyin qimmatbaho javharlarni ko‘rib qolsa, unda marjonga qiziqish qolmaydi va ularni keyingi qimmatbaho toshlarning barobariga sotib yuborishga xohishi kuchayib ketadi. Kim oxirat ekinini xohlamasa va Allohga yo‘liqishni talab qilmaydigan bo‘lsa, bu uning Allohga va oxirat kuniga iymoni yo‘qligiga (dalolat qiladi). Lekin men marjoni bor odam javohirni ko‘rsa, uning marjonga bo‘lgan qiziqishi so‘nib, javohirga ishtiyoqi tushib qoladi, deyishimdan javohirning marjondan yaxshiligini tasdiqlaydi-yu, ammo javohirning haqiqatini bilmay, balki lafzinigina biladigan insonni iroda qilayotganim yo‘q. Chunki bunga o‘xshash ishonuvchilar agar marjonga o‘rganib, ulfatga aylanib qolgan bo‘lsa, uni tashlab ham yubormaydi va javharga juda katta ishtiyoqda ham bo‘lmaydi. Yetishishdan man qiluvchi narsa yo‘lga yurmaslikdir. Yo‘lga yurmaslikdan man qiluvchi narsa irodaning yo‘qligi, irodadan man qiluvchi narsa esa iymonning yo‘qligidir. Iymon yo‘qligining sababi yo‘l ko‘rsatuvchi, eslatuvchi, Allohning Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 114 yo‘liga boshlovchi, dunyoning haqirligi va oxirat ishining buyuk, davomatli bo‘lishidan ogohlantiruvchi Alloh taolo ulamolarining yo‘qligidir. Xalq esa g‘aflatda, o‘z shahvatlariga kirishib, uyqu dengizlariga cho‘kib ketgan. Din ulamolari ichida ularni ogoh etadigan kishi ham yo‘q. Agar ulardan biri ogohlanib qolsa ham, ilmsizligi sababli yo‘lga yurishdan ojizdir. Agar ulamolar yo‘lini istasa ham, ularni havolariga moyil, oydin yo‘ldan boshqa yo‘lga burilgan hollarida topadi. Irodaning zaifligi, yo‘lni bilmaslik, ulamolarning havolariga ko‘ra gapirishlari Alloh taolo yo‘lining unda yuruvchilardan bo‘shab qolishiga sabab bo‘ldi. Qachonki, istalayotgan narsa to‘siq va yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘q, havoyi nafs g‘olib, istaguvchining o‘zi g‘ofil bo‘lsa, unday kishi Alloh taologa yetishishdan bosh tortadi, chorasiz yo‘llarda o‘ralashib qoladi. Agar bir kishi o‘zicha yoki boshqa kishining tanbehi bilan ogohlanib qolsa, oxirat ekini, oxirat savdosiga iroda paydo bo‘lib qolsa, unga iroda boshlangan paytda avval chorasiz qilishi zarur shartlarning borligini va uning uchun bir arqon borki, uni mahkam ushlashdan boshqa chora yo‘qdir. Yana uning uchun dushmanlardan va yo‘lto‘sarlardan omonda bo‘lish uchun muhofazalanib oladigan bir qo‘rg‘on ham bor. Yana unga yo‘lga yurish vaqtida lozim tutishi zarur vazifalar ham bor. Iroda hosil bo‘lgan paytda avval qilishi lozim shartlari o‘zi bilan Haqning o‘rtasidagi to‘siq va pardalarni ko‘tarmog‘idir. Chunki xalqning Haqdan mahrum bo‘lishi sababi yo‘lga to‘siq tushib qolgani va pardalarning ko‘payib ketganidir. Alloh taolo aytadi: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling