Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
bo‘ladi, zero har bir idish ichidagi borini to‘kadi. 
Qalb shunday narsaki, agar inson uni tanisa, batahqiq, o‘zini tanibdi. Agar o‘zini tanisa, 
batahqiq, Robbini tanibdi. Qalb shunday narsaki, agar inson uni tanimasa, o‘zini ham 
tanimabdi, agar o‘zini tanimasa, Robbini ham tanimabdi. Kim qalbiga johil bo‘lsa, 
boshqalarga undan ham johilroqdir. Zero, insonlarning ko‘plari qalblari va nafslarini 
bilmaydilar hamda o‘zlari bilan nafslari o‘rtasiga parda tortilgan. Albatta Alloh taolo kishi 
bilan uning qalbi o‘rtasini to‘sib qo‘yadi. To‘sib qo‘yishi O’zini mushohada qilish, O’zi 
bilan muroqaba etish va sifatlarini tanishdan Rahmon (o‘ziga xos) barmoqlaridan ikki 
barmoq orasida o‘zgarish kayfiyatidan man qilmog‘i bilandir. Bir bor asfalasofilinga 
tushib, shaytonlarning yo‘liga egilgan inson qanday qilib ikkinchi bor yuqori Illiyyinga 
ko‘tarilib, muqarrab farishtalar olamiga yuksaladi?! Kim qalbini muroqaba qilib, unga 
rioya etmasa, koinot xazinalaridan esayotgan shabadalarni kuzatish uchun qalbini 
tanimasa, u Alloh taolo mana bu oyatda aytgan kishilardandir: 
«Ular Allohni unutdilar, bas, Alloh ularga o‘zlarini unuttirdi. Albatta ular fosiq-
itoatsiz kimsalardir» (Hashr surasi, 19-oyat). 
Qalbni tanish va uning sifatlari haqiqati dinning negizi hamda solihlar yo‘lining 
poydevoridir. 
Kitobimizning avvalgi qismida ibodat va odatlardan iborat a’zolarga joriy bo‘ladigan 
narsalar to‘g‘risidagi masalalarga e’tiborni tortgan edik, vaholanki, bu zohiriy ilmdan 
iborat edi. Kitobning ikkinchi qismida insonni halok qiluvchi va najot toptiruvchi 
sifatlardan iborat, qalbga joriy bo‘ladigan narsalarga sharh berishni va’da qilgan edik, 
vaholanki, bu botiniy ilm edi. Bu to‘g‘rida ikkita kitob keltirish lozim. Birinchi kitob qalb 
sifatlari va qalbiy axloqlarning ajoyibligini sharhlash to‘g‘risida, ikkinchisi esa qalbni 
qanday qilib riyozat qildirish va qalbiy axloqlarni qanday qilib pokizalash to‘g‘risidadir. 
Ana shundan keyin halok qiluvchi va najot toptiruvchi narsalarning tafsilotiga kirishamiz. 
Hozir esa qalb ajoyibotlarini fahmlashga yaqinlashtiradigan zarbulmasallar bilan 
sharhlashga o‘taylik. Chunki qalb ajoyibotlari va koinot olamining jumlasiga kiruvchi 
uning sirlarini oydinlashtirish shunday narsaki, uni fahmlashdan ko‘pdan-ko‘p aql-
idroklar aziyat chekadi, qiynalib qoladi. 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling