Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Qalb askarlarining bayoni haqida
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
Qalb askarlarining bayoni haqida Alloh taolo aytadi: «Parvardigoringizning askarlarini faqat Uning O’zigina bilur» (Muddassir surasi, 31-oyat). Robbimiz Alloh subhanahu va taolo uchun qalblar, ruhlar va olamlardan iborat narsalar ichida shundayin askarlari borki, uning haqiqati, adadi va tafsilotlarini faqat Alloh taoloning O’zi biladi. Biz hozir qalb askarlarining ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz. Ana shu narsa mavzuimizga taalluqlidir. Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 6 Qalbning ikki askari bor. Bir askarini ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladi. Yana bir askarini faqat qalb ko‘zi orqali ko‘riladi, u farishta hukmidadir. Ko‘riladigan askarlari esa xizmatkor va yordamchi hukmidadirlar. Qalbning ko‘z bilan ko‘riladigan askari - qo‘l, oyoq, ko‘z, quloq, til hamda boshqa zohiriy va botiniy a’zolardir. Ularning hammasi qalb uchun xizmatkor bo‘lib, unga bo‘ysundirilgan. Qalb a’zolarining tasarruf qiluvchisi va ular uchun beqaror narsadir. Darhaqiqat, a’zolar unga itoat qiladigan holatda yaratilgan. A’zolar qalbga qarshi chiqishga, unga osiylik qilishga qodir emaslar. Agar ko‘zga ochilish uchun buyruq berilsa, ochiladi. Agar oyoqqa harakatlanishga amr berilsa, harakatlanadi. Agar tilga gapirishga qat’iy buyruq berilsa, gapiradi. Boshqa a’zolar ham shunday. A’zolar va ularning sezish qobiliyatlarining qalbga bo‘ysundirilishi farishtalarning Alloh taologa bo‘ysunishi ko‘rinishiga o‘xshaydi. Chunki farishtalar itoat qilish uchun yaratilgandirlar. Ularga nima buyurilsa, qilishadi. Buyurilgan amrlarga hargiz itoatsizlik qilishmaydi. Ular bir narsada ajrab turishadi, u ham bo‘lsa, farishtalar itoat qilish va bo‘ysunishni albatta his etib turishadi. Qovoqlar ochilib-yopilishda qalbga bo‘ysundirish yo‘liga binoan itoat qiladi. Uning o‘zidan ham, qalbga itoat qilishidan ham xabari yo‘q. Qalb safarga chiqish uchun go‘yo ot va ulovga muhtoj bo‘linganidek, askarlarga, ya’ni a’zolarga muhtoj bo‘ladi. U oddiy safar emas, balki qalb ana shu safar uchun yaratilgandir. U Alloh subhanahu va taologa bo‘lgan safardir. Unga yo‘liqish uchun butun manzillarni bosib o‘tish kerak. Qalblar ana shu sababdan yaratilgan. Alloh taolo aytadi: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling