Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Qalbning botiniy askarlariga oid misollar


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

Qalbning botiniy askarlariga oid misollar 
Bilingki, g‘azab va shahvatdan iborat bo‘lgan ikki askar qalb uchun mukammal holatda 
bo‘ysunadilar. Bu bo‘ysunish yurayotgan yo‘lida qalbga yordam beradi. Qalbning 
maqsadi bo‘lmish safarda ularning hamrohligi chiroyli bo‘ladi. Goho g‘azab va shahvat 
qalbga qarshi chiqib, isyon qiladilar. Hatto unga ega bo‘lib, qalbni qul qilib oladi. U holda 
qalb halok bo‘lib, abadiy saodatga yetkazuvchi safaridan uzilishlik sodir bo‘ladi. 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
Qalbning yana boshqa bir xil askarlari ham borki, ular ilm, hikmat va tafakkurdir. Tezda 
bularning ham sharhi keladi. Bu askarlardan yordam so‘rash qalbning haqqidandir. 
Chunki bu askarlar boshqa ikki askarga - shahvat va g‘azabga qarshi Alloh taoloning 
jamoasidandir. Chunki ana shu ikki askar goho shayton jamoasiga qo‘shilib ketadi. Agar 
shu vaqtda qalb (inson) yordam so‘rashni tark qilsa hamda nafsi ustiga g‘azab va 
shahvat askarlarini hokim qilsa, aniq halok bo‘ladi, ochiq-oydin ziyon ko‘radi. Ko‘p 
insonlarning holati mana shunday. Negaki, ularning aqllari har xil hiylalar vositasida 
shahvatlariga bo‘ysundirilgan. Aslida aql shahvatga muhtoj bo‘lgan o‘rinlarda shahvat 
ularning aqllari uchun bo‘ysundirilmog‘i yaxshiroq edi. Biz ana shuni sizga uchta misol 
bilan yaxshiroq tushuntiramiz. 
Birinchi misol - aytish joizki, insonning badanidagi nafsi, ya’ni oldin zikr qilingan latif 
nafsi o‘z shahridagi va mamlakatidagi bir podshohga o‘xshaydi. Chunki badan nafsning 
mamlakati, olami, qarorgohi va shahri hisoblanadi. Uning a’zolari va quvvati ishchilar-u 
hunarmandlar o‘rnidadir. Uning fikr yurituvchi aqliy quvvati esa nasihatgo‘y, maslahatchi 
va oqil vazirdir. Uning shahvati shaharga oziq-ovqat olib keladigan yomon bir qulga 
o‘xshaydi. G’azabi va hamiyati esa mirshablarga o‘xshaydi. Taom olib keluvchi qul 
yolg‘onchi, makkor, aldoqchi bir iflos kas esa-da, xuddi nasihatgo‘y suratida 
gavdalanadi. Uning nasihati tagida dahshatli yovuzliklar va zahri qotillar bor. Bu qulning 
qilig‘i-yu odati nasihatgo‘y vazirning fikrlari va tadbirlari to‘g‘risida tortishishdir. Hatto u 
biror soat ham vazir bilan tortishish va unga qarshi chiqishdan xoli bo‘lolmaydi. Qalb 
go‘yoki bir hokim, agar u mamlakatida (ya’ni, badanda) har bir ishni hal etishda vaziri 
(ya’ni, aql) bilan kifoyalanib, faqat u bilan maslahatlashsa, o‘sha yomon qulning fikri 
o‘ziga zid bo‘lgani uchun uning aytganlariga ko‘nmasa, mirshablari qulning adabini berib 
tursa, vazir ham uning ustida siyosat yurgizib, o‘z maslahati asosida harakat qilishga 
majburlasa, hokim o‘z vazirini ana shu iflos qul, uning yordamchilari va izdoshlari 
ustidan boshliq qilib qo‘ysa, bu qul hukm yurituvchi bo‘lmay, unga qarshi hukm 
yuritiladigan bo‘lsa, u tadbir qiluvchi amir emas, balki uning tadbirini qilib, unga amr 
etiladigan bo‘lsa -shundagina shahar (badan) ishlari to‘g‘ri yo‘lga tushadi. Shundagina 
intizom va adolat bo‘ladi. Shuningdek, nafs ham qachon aqldan yordam so‘rasa, g‘azab 
hamiyati bilan odoblanib, uni (ya’ni, g‘azab hamiyatini) shahvat ustiga g‘olib qilsa va 
ikkalasi (g‘azab hamiyati va shahvat)ning biridan boshqasi zarariga yordam so‘rasa, 
uning quvvati mo‘‘tadil, axloqi esa chiroyli bo‘ladi. Yordam so‘rash gohida shahvatga 
qarshi chiqish va uni avrash bilan g‘azab darajasi va mojarosini kamaytirish orqali 
bo‘ladi. Gohida esa yordam so‘rash g‘azab va hamiyatni shahvat ustiga hukmronlik qilish 
va u taqozo etgan narsalarini xunuk sanash bilan uni yanchib, ustidan g‘olib kelish orqali 
bo‘ladi.
Qaysi bir inson bu yo‘ldan burilib ketadigan bo‘lsa, u Alloh taolo kalomida aytgan 
quyidagi kishilar jumlasidan bo‘ladi: 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling