Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«(Ey Muhammad alayhissalom), havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan va


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

«(Ey Muhammad alayhissalom), havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan va 
Alloh uni bilgan holida yo‘ldan ozdirib, quloq va ko‘nglini muhrlab, ko‘z oldiga 
parda tortib qo‘ygan kimsani ko‘rganmisiz?» (Josiya surasi, 23-oyat). 
Yana Alloh taolo aytadi: 
«Va u havoyi nafsiga ergashdi, bas, uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydiki, uni 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
haydasang ham, tilini osiltirib turaveradi yoki (o‘z holiga) qo‘ysang ham, tilini 
osiltirib turaveradi» (A’rof surasi, 176-oyat). 
Nafsining xohishidan tiyila olganlar to‘g‘risida esa Alloh taolo bunday deydi: 
«Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) 
Parvardigorining (huzurida) turishi (va U Zotga hisob-kitob berishi)dan 
qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat 
jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-41-oyatlar). 
Yuqoridagi askarlarga qanday qarshi kurashish va ba’zisini ba’zisiga bo‘ysundirish haqida 
«Nafsni riyozat qildirish kitobi»da batafsil keltiriladi, inshaalloh. 
Ikkinchi misol - insonning badani go‘yo bir shaharga o‘xshaydi va uni idrok eta biluvchi 
aqli esa go‘yo ana shu shaharning tadbirli bir podshohiga o‘xshaydi. Uning botiniy va 
zohiriy hislaridan bo‘lmish idrok etuvchi quvvati askar va yordamchilariga, a’zolari esa 
uning xalqiga o‘xshaydi. Yomonlikka buyuruvchi nafsi, ya’ni shahvati va g‘azabi 
mamlakati to‘g‘risida u bilan olishib, xalqini halok qilishga urinayotgan dushmanga 
o‘xshaydi. Demak, badani chegaraga, uning nafsi esa ana shu yerda turadigan bir 
chegarachi askarga o‘xshaydi. Agar u dushmani bilan urushsa va uni yengib g‘olib 
bo‘lsa, albatta bu ishlarni o‘zi xohlaganidek bajarsa, g‘azotdan zafar bilan qaytgan 
g‘oziydek olqishlanib, u maqtalgandek maqtaladi. 
Alloh taolo kalomida aytadi: 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling