Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
12 «Kim Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir gaz yaqinlashaman» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Bularning hammasida shunga ishora borki, ilm nurlari ne’mat beruvchi tomonidan baxillik tufayli qalblardan to‘sib qo‘yilgan emas, chunki Alloh taolo baxillik va man qilishdan oliydir. Lekin qalb iflosligi, kirligi va unda boshqa bir mashg‘ulot borligi uchun to‘sib qo‘yiladi. Chunki qalblar idishlarga o‘xshaydi, modomiki idishlar suv bilan to‘la holda bo‘lsa, unga havo kirolmaydi. Qalblar ham Allohdan boshqa narsa bilan mashg‘ul bo‘lsa, unga Alloh ulug‘ligining ma’rifati kirmaydi va bunga ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning mana bu so‘zlarida ishora bor: «Agar shaytonlar odam farzandi qalblarining atrofida aylanib yurmaganlarida albatta osmon podshohligiga qaray olgan bo‘lardilar» (Imom Ahmad rivoyati). Bu jumlalardan insonning ilm va hikmat bilan xoslanganligi ravshan bo‘ladi. Ilm navlarining ulug‘rog‘i Allohga va Uning sifatlari, af’ollariga oid bo‘lgan ilmdir. Insonning yetukligi ham ana shu bilandir. Yetuklikda esa Alloh taologa yaqin bo‘lganlik saodati va salohiyati bor. Badan nafsning ulovidir, nafs esa ilmning makonidir. Ilm insonning maqsadi va unga xos bo‘lgan xususiyatdir. Inson shuning uchun yaratilgan. Ot yuk ko‘tarishda eshak bilan bir xil bo‘lsa-da, lekin kerak bo‘lganda hamla qilishi, qocha olishi va ko‘rinishining chiroyi bilan eshakdan ajralib turadi. Ot ana shu xususiyatlar bilan yaratilgan bo‘ladi. Agar bu xususiyatlarda sustkashlik qilsa, eshak martabasining eng pastiga tushib qoladi. Xuddi shuningdek, inson ham eshak va ot bilan ba’zi ishlarda o‘xshash bo‘lsa-da, boshqa ishlarda undan ajralib turadi. Bu ajrab turadigan ishlari insonning xususiyatlaridandir. Ana shu xususiyatlar esa olamlar Robbiga yaqin bo‘lgan farishtalarning sifatlaridir va inson hayvon va farishtalar o‘rtasidagi bir martabadadir. Inson yeyish, ichish va nasl qoldirish tomonlaridan bir o‘simlik kabidir. Sezish va ixtiyoriy harakatlanish jihatidan esa hayvon kabidir. U ko‘rinishi va qomati tomonidan esa devorga o‘yilgan bir suratga o‘xshaydi. Uning insoniylik xususiyatlari esa narsalarning haqiqatini bilishlikdadir. Agar qay bir inson barcha a’zo va quvvatlaridan ilm va amalga yordam so‘rab ishlatsa, albatta u o‘zini farishtalarga o‘xshatibdi va ularga qo‘shilmoqqa haqli. Farishta va rabboniy, deb ismlanmoqqa loyiqdir. Alloh taolo Yusuf alayhissalomni ko‘rgan ayollar haqida xabar berib aytadiki: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling