Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan - kurashgan zotlarni albatta O’z yo‘llarimizga
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
«Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan - kurashgan zotlarni albatta O’z yo‘llarimizga
hidoyat qilurmiz» (Ankabut surasi, 69-oyat). Payg‘ambar alayhissalom ham aytadilar: «Qaysi bir kishi bilgan narsasiga amal qilsa, Alloh taolo unga bilmagan narsasini meros qilib beradi» (Abu Naim rivoyati). Uchinchisi - matlub haqiqat tarafidan burilganligi sababli. Chunki solih, itoatkorning qalbi agar sof bo‘lsa ham, unda haqiqat mohiyati zohir bo‘lmaydi. Negaki u haqiqatni talab qilmayapti va oynasini istalayotgan narsa tomonga to‘g‘rilagan ham emas. Balki ko‘pincha badan bilan bajariladigan toatlarni batafsil qilish, ya’ni oydinlashtirish g‘amiga yoki yashash sabablarini tayyorlash g‘amiga g‘arq bo‘lib, rububiyat huzuri to‘g‘risida va ilohiy maxfiy haqiqat sirlari to‘g‘risida taammul qilishga fikrni burmaydi. Natijada amal ofatlarining nozik jihatlari va nafs ayblarining yashirin tomonlari to‘g‘risida fikr yuritayotgan bo‘lsa, unga mana shu narsalar kashf bo‘ladi, xolos. Yoki maishat foydalari to‘g‘risida fikr qilayotgan bo‘lsa, unda ana shu narsalar kashf bo‘ladi. Agar butun g‘am- tashvishini amallarga va toatlarning tafsilotiga bog‘lab qo‘yish Haq mohiyatini kashf qilishdan to‘sib qo‘yadigan bo‘lsa, bor g‘am-tashvishni dunyoviy shahvatlarga va uning Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 20 lazzatlari-yu, munosabatlariga burib qo‘ygan kishi to‘g‘risida nima deb o‘ylaysiz va qanday qilib bular uni haqiqiy kashfdan to‘sib qo‘ymasin? To‘rtinchisi - oyna bilan surat o‘rtasidagi parda sababli. Albatta shahvatlariga g‘olib keluvchi haqiqatlardan bir haqiqat to‘g‘risidagina fikr yurituvchi itoatkor kishiga goho ergashish yo‘liga binoan yoki yaxshi gumon qilish yo‘liga binoan avvaldan taqlid qilib kelgan e’tiqodi tufayli kashf bo‘lmay qoladi. Chunki ana shu e’tiqod o‘zi bilan Haqning haqiqati o‘rtasini to‘sib qoladi. Gumonning zohiridan iborat tutib olgan narsasining xilofi qalbida kashf bo‘lishidan to‘sib qo‘yadi. Bu ham katta pardadir. Bu bilan o‘z yo‘llarida mutaassib bo‘lganlar va mutakallimlarning ko‘plari to‘silgan. Balki yeru osmon Egasi to‘g‘risida fikr yurituvchi solihlarning ko‘plari ham nafslarida qotib qolgan va qalblariga mahkam o‘rnashgan taqlidiy e’tiqodlari tufayli to‘silgandirlar. Bu e’tiqodlar ular bilan haqiqatlarni anglash o‘rtasida to‘siqqa aylanadi. Beshinchisi - matlub narsani topib olish voqe bo‘ladigan jihatni bilmaslik sabablidir. Chunki ilm talab qilayotgan kishi noma’lum narsalar bilan ilm hosil qilmog‘i mumkin bo‘lmaydi. Faqat istayotgan narsasiga munosib keladigan ilmlarni eslash bilangina hosil qilishi mumkin. Agar u ilmlarni eslab va e’tiborli yo‘llar bilan ulamolar biladigan maxsus tartibda o‘zining nafsini tartibga solsagina, matlub jihatini topgan bo‘ladi. Natijada istalayotgan narsaning haqiqati qalbiga ravshan ayon bo‘ladi. Chunki fitriy bo‘lmagan matlub ilmlar o‘zida hosil bo‘lgan ilmlar to‘ri bilan ovlanadi. Har bir ilm sobiq ikki ilmdan hosil bo‘ladi, u ikki ilm qo‘shilib, maxsus ko‘rinishda birlashadi. Ikkala juftlikdan erkak va urg‘ochi hayvon yaqinligidan yangi nasl paydo bo‘lganidek, uchinchi ilm hosil bo‘ladi. Odatda, kimdir bir otdan nasl olmoqchi bo‘lsa, uni eshak, tuya va insondan olmog‘i mumkin bo‘lmaydi. Balki erkak va urg‘ochi otlarning maxsus juftligidan oladi. Bu ham oralarida maxsus juftlik qo‘shiluvidan keyin bo‘ladi. Xuddi shuningdek, har bir ilm uchun maxsus ikkita asl manba bo‘lib, oralarida birlashish yo‘li bor. Ikkalasining birlashuvidan matlub foydali ilm hosil bo‘ladi. O’sha usullar va birlashish kayfiyatini bilmaslik ilmdan to‘sib qo‘yuvchidir. Buning misoli biz zikr qilgan narsa bo‘lib, u surat turgan tomonni bilmaslikdir. Buning misoli oyna bilan orqa gardanini ko‘rmoqchi bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Agar u oynani yuzining ro‘parasiga ko‘tarsa, gardan tomonga to‘g‘rilagan bo‘lmaydi. Unda gardan ko‘rinmaydi ham. Agar oynani orqasiga ko‘tarib gardaniga to‘g‘rilasa, unda oynani ko‘zdan boshqa tarafga burgan bo‘ladi, natijada oynani ham, gardan suratini ham ko‘rolmaydi. Yana bir oynaga muhtoj bo‘ladi. Uni esa gardanning orqasiga tiklab qo‘yadi va bu oyna oldingi oyna ro‘parasida uni ko‘rib, ikkalasining qo‘yilishi orasidagi munosabatni kuzatadigan holatda bo‘ladi. Ana shunda gardanga ro‘baro‘ bo‘lgan oynada gardan surati muhrlanadi-da, so‘ngra o‘sha oynaning surati ko‘z qarshisida turgan oynada aks etadi. So‘ngra ko‘z gardan suratini ko‘radi. Xuddi shuningdek, ilmlarni egallashda ajoyib yo‘llar bor. Unda oyna to‘g‘risida zikr qilganimizdan ham ajoyibroq yo‘llar mavjud. O’sha yo‘llarda topqirlik kayfiyatida yurgan kimsa yer yuzida qudratli bo‘ladi. Bu esa qalblarni ishlarning haqiqatini bilishdan to‘sib qo‘yadigan uslublardir. Aks holda har bir qalb fitratan haqiqatni bilishga layoqatli bo‘ladi, chunki qalb robboniy ulug‘ bir ishdir. Mana shu sharaf va xususiyat bilan qolgan ilm javharlaridan ajrab turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling