Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib qo‘yar»
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 toatlardan va har bir a’zolarning amallaridan maqsad qalbni soflash, poklash hamda unga jilo berishdir. Qalbini poklagan kimsa albatta najot topadi. Qalbni poklashdan murod esa unda iymon nurlarining hosil bo‘lishi, ya’ni ma’rifat nurining jilolanishidir. Alloh taolo aytadi: «Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib qo‘yar» (An’om surasi, 125-oyat). «Axir Alloh ko‘ksini Islom uchun keng qilib qo‘ygan, bas, o‘zi Parvardigori tomonidan bir nur - hidoyat ustida bo‘lgan kishi (kufr zulmatlarida adashib- uloqib yurgan kimsa bilan barobar bo‘lurmi)?!» (Zumar surasi, 22-oyat). Bu ravshanlik va iymon uchun uchta martaba bordir: Avvalgi martaba - avom xalqning iymoni va u toza taqlidiy iymondir. Ikkinchisi - mutakallimlarning iymoni va dalil izlovchilarga xosdir, uning darajasi esa avomning iymon darajasiga yaqindir. Uchinchisi - oriflarning iymoni va u chinakam ishonch nuri bilan mushohada qilingan, bu martabalarni esa sizga misol bilan bayon qilamiz. Albatta siz, masalan, Zaydning hovlida ekanini tasdiqlashingizda uchta daraja bor: avvalgisi - rostgo‘yligi sinab ko‘rilgan, yolg‘on gapirgani bilinmagan, gapidan shubhalanilmagan kishingizning xabar berishi. Chunki qalbingiz eshitishning o‘zi bilan taskin topib, xotirjam bo‘ladi. Bu taqlidning o‘zi bilan hosil bo‘lgan iymondir, u esa avomlarning iymoniga o‘xshashdir, chunki ular tamiz yoshiga (yaxshi-yomonni ajrata oladigan yoshga) yetganlarida ota-onalaridan Alloh taoloning borligini, Uning ilmi irodasini, qudratini va boshqa sifatlarini hamda payg‘ambarlarning yuborilganini, ularni o‘zlari va keltirgan narsalari rost ekanligini eshitishadi. Uni eshitganlaridek qabul qilib, unda sobit turishadi va bundan ko‘ngillari ham to‘ladi. Ular ota-onalariga, muallimlariga yaxshi gumonda bo‘lganlari uchun ular aytgan narsalarning xilofi xayollariga ham kelmaydi. Bu iymon oxiratda najot topish uchun sabab bo‘lib, uning ahli o‘ng qo‘l ashoblari (nomai a’mollari o‘ng tomondan beriladigan kishilar) martabalarining avvallarida bo‘lsalar-da, lekin muqarrab (ya’ni, Allohga yaqin bandalardan) bo‘lolmaydilar. Chunki bunda kashf, idroklilik, chinakam ishonch nuri bilan qalbning ochilishi yo‘q. Zero, xato ayrim kishilardan eshitilgan narsalarda, balki e’tiqodga taalluqli narsalarda, ko‘pchilikdan eshitilgan narsalarda ham bo‘lishi mumkin. Yahudiy va nasorolar ham ota-onalaridan eshitgan narsalarga e’tiqoddan xotirjam bo‘lib, ko‘ngillari to‘ladi. Lekin eshitgan va ishongan narsalari xato bo‘lgani holda e’tiqod qiladilar. Chunki ularga xato tashlandi. Musulmonlar esa Haqqa e’tiqod qildilar, Undan xabardor bo‘lganliklari uchun emas, balki ularning qalblariga Haq kalimasi tashlab qo‘yildi. Ikkinchisi - hovli ichidan Zaydning gapini va ovozini eshitmog‘ingiz, lekin bu devor ortidadir. Bundan siz Zaydning hovlida ekaniga dalil sifatida foydalanasiz. Natijada Zaydning hovlida ekaniga bo‘lgan iymon va ishonchingiz, uni tasdiqlashingiz eshitishning o‘zi bilan tasdiqlashingizdan ko‘ra kuchliroq. Chunki sizga Zayd hovlida, deyilganidan keyin uning ovozini eshitsangiz, ishonchingiz yanada ziyodalashadi. Chunki ovozlar suratni mushohada qilish holida eshitgan kishining nazdida shakl va suratga dalolat qiladi. Qalb bu albatta o‘sha shaxsning ovozi, deb hukm qiladi, bu esa dalil bilan qorishgan iymondir. Xato yana unga yo‘l olgan bo‘lishi mumkin. Zero, ovozlar gohida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling