Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
bir-biriga o‘xshab ketadi. Goho taqlid qilish yo‘li bilan o‘zini Zayd qilib ko‘rsatish mumkin 
bo‘ladi. Lekin o‘sha narsa eshituvchining xayoliga kelmaydi. Chunki u shubhaga o‘rin 
qoldirmadi. Bu firib va taqliddan g‘arazni fahmlamadi. 
Uchinchisi - hovliga o‘zingiz kirib, uni ko‘zingiz bilan qarab ko‘rmoqligingizdir. Bu haqiqiy 
ma’rifat, shaksiz mushohadadir. Bu muqarrab va siddiqlarning ma’rifatiga o‘xshaydi. 
Chunki ular mushohada bilan iymon keltiradilar. Ularning iymoni ichiga avomlar va 
mutakallimlarning ham iymonlari kiradi. U ochiq-oydin bir fazilat bilan bulardan ajralib 
turadi. Bu fazilat bilan xato imkoni mahol sanaladi.
To‘g‘ri, ular ham ilmlarning miqdori va kashf darajalari bilan bir-birlaridan farqli 
bo‘ladilar. Ammo ilmlar darajasining misoli Zaydni hovli sahnida quyosh porlab turgan 
vaqtda yaqindan ko‘rish kabidir, ana shunda uni idrok etish mukammal bo‘ladi. Boshqa 
kishi Zaydni uy ichida yoki uzoqdan yo kechki paytda ko‘radi. Ana shunda uning uchun 
Zayd suratida albatta u Zaydligini shaksiz bildiradigan narsa gavdalanadi. Lekin 
suratining nozik va maxfiy joylari unga ko‘rinmaydi. Buning misli ilohiy ishlar 
mushohadasining farqliligida tasavvur qilinadi. Ammo ilmlar o‘lchovining misoli shunday: 
hovlida Zayd, Amr, Bakr va boshqalar ham ko‘rinadi. Boshqa birov esa Zaydning o‘zini 
ko‘radi. O’sha narsani bilish shubhasiz ma’lumotlarning ko‘pligi bilan ziyoda bo‘ladi. Bu 
qalbning ilmlar bilan birga bo‘lgandagi holatidir. To‘g‘risini Alloh taolo biluvchiroqdir. 
 
Qalbning aqliy, diniy, dunyoviy va uxroviy ilmlarning qismlariga qo‘shilgandagi 
holati 
Yuqorida aytilganidek, albatta qalb o‘zining tabiiyligi (ya’ni, fitriy holati) bilan 
ma’lumotlarning haqiqatini qabul qilish uchun tayyor holatda bo‘ladi. Lekin qalbga 
tushadigan ilmlar ham aqliy va shar’iyga bo‘linadi. Buning aqliysi zaruriy va kasb qilib 
olinadigan narsalardan iborat. Kasb qilib olinadigani ham dunyoviy va uxroviyga 
bo‘linadi. Ammo aqliysi, deganda aqlning tabiiyligi taqozo qiladigan, taqlid va eshitish 
bilan topilmaydigan narsani e’tiborga olamiz. Zaruriyga bo‘linadigani esa paydo bo‘lgan 
zaruriy ilmning qaerdan va qanday hosil bo‘lganini bilolmaydi. Bu ilm insonning bir shaxs 
bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘lmasligini yoki yana bir narsa bir paytda ham yangi, 
ham eski yoki bir holatning o‘zida ham bor, ham yo‘q bo‘lmasligini bilishiga o‘xshaydi. 
Chunki bu shunday ilmki, inson yoshligidan o‘zini mana shu ilmlarni biladigan qilib 
yaratilgan holda topadi. Bu ilm qachon va qaerdan hosil bo‘lganini bilmaydi. Ya’ni, buni 
bilishiga yaqin biror sababni bilmaydi. Lekin uni yaratgan va unga yo‘l ko‘rsatgan, hatto 
kasb qilib qo‘lga kiritiladigan ilmlarga yo‘l ko‘rsatgan albatta Alloh ekanligi hargiz unga 
maxfiy bo‘lmaydi. 
Kasb qilib olinadigan ilmlar ta’lim olish va dalillar bilan istifoda qilinadigan ilmlardir. Bu 
ikki xil ilm ham albatta aql, deb nomlanadi. Ali roziyallohu anhu aytganlar: «Aqlni ikkita 
aql deb ko‘rdim, biri - tabiiy va ikkinchisi - eshitish orqali bo‘lgani. Agar eshitish orqali 
hosil bo‘lgan aql bo‘lsa-yu, tabiiyi bo‘lmasa, uning foydasi yo‘qdir, go‘yo quyosh bo‘lsa-
yu, ko‘zning nuri bo‘lmasa, foydasi bo‘lmaganidek». Avvalgisidan (ya’ni, tabiiyidan) 
murod Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ali roziyallohu anhuga aytgan 
hadislaridagi ma’nodir. Ya’ni, «Alloh taolo aqldan ko‘ra O’ziga mukarram bo‘lgan biron 
bir maxluq yaratmadi» (Imom Termiziy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Ikkinchisidan 
(ya’ni, eshitish orqali hosil bo‘lgan aqldan) murod Ali roziyallohu anhuga aytgan mana 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling