Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
anjomlariga toyilib ketib, hovli egalariga «Bu anjomlar nima uchun yo‘lga tashlab 
qo‘yilgan, nima uchun joyiga qo‘yilmagan?» deydi. Hovli egalari unga javoban 
«Anjomlarning hammasi o‘z o‘rnida, lekin sen ko‘rliging uchun to‘g‘ri yo‘ldan 
yurmayapsan, toyilishingni ko‘rligingdan ko‘rmasdan birovlarning kamchiligiga burishing 
ajablanarli ishdir», deyishadi. Bu zikr qilgan narsalarimiz diniy ilmlarning aqliy ilmlarga 
munosibligidir. 
Aqliy ilmlar dunyoviy va uxroviyga bo‘linadi. 
Dunyoviy ilm tabiblik, hisob, muhandislik, munajjimlik va boshqa sanoat hamda 
hunarmandchilik ilmlaridan iborat. Uxroviysi esa «Ilm kitobi»da batafsil bayon 
qilganimizdek, qalb holatlarini, amallarning ofatlarini, Alloh taoloni sifatlari va af’ollari 
bilan bilishdir. Bu ikkisi, ya’ni dunyoviy va uxroviy ilm bir-biriga muvofiq kelmaydigan 
ilmdir. Ya’ni, qay bir kishi himmatini bularning biriga sarflab, unga chuqur kirishib 
ketadigan bo‘lsa, aksar holatda ikkinchisiga qalb ko‘zi bilan qarashdan ojiz bo‘ladi. 
Shuning uchun Ali roziyallohu anhu dunyo va oxiratga uchta misol keltirganlar: «U ikkisi 
tarozining ikki pallasiga o‘xshaydi. (Birini og‘irlatsangiz, ikkinchi yengillashadi.) Mashriq 
va mag‘ribga o‘xshaydi. (Biriga yaqinlashsangiz, ikkinchisidan uzoqlashasiz.) Yana ikki 
kundoshga o‘xshaydi. (Birini rozi qilsangiz, ikkinchisi xafa bo‘ladi)». Shu sababli dunyo 
ishlari to‘g‘risida, ya’ni tabobat, hisob, muhandislik va falsafada o‘ta dono bo‘lgan 
kishilarning din ishlarida johil ekanliklarini va aksincha, oxirat ilmlarining nozik 
nuqtalarigacha xabardor bo‘lgan olimlarning dunyoviy ilmlarning ko‘pidan 
bexabarliklarini ko‘rasiz. Chunki aqlning quvvati ko‘p holatlarda ikkalasini birgalikda 
egallashga yetmaydi. Albatta ularning biri (bilan chuqur mashg‘ul bo‘lish) ikkinchisining 
mukammal bo‘lishidan to‘sib qo‘yadi va shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Jannat ahlining ko‘plari sodda kishilar bo‘ladi», deganlar (Bazzor rivoyat 
qilgan va zaif, degan). Ya’ni, dunyo ishlari to‘g‘risidagi soddalik nazarda tutilyapti. 
Hasan Basriy rahmatullohi alayh ba’zi ma’ruzalarida aytgan ekanlar: «Agar sizlar biz 
ko‘rgan zotlarni ko‘rganingizda albatta ular jinni bo‘lsalar kerak, der edingiz va agar u 
zotlar sizlarni ko‘rganlarida bular shaytonlar bo‘lsa kerak, deyishardi». Siz qachon din 
ishlaridan boshqa ilmlarda dono kishilar inkor qilgan ajoyib hodisalarni eshitganingizda 
bularning inkor etib, haqiqatni qabul qilmasliklari sizni aldab qo‘ymasin. Zero, mashriq 
tomonga qarab yo‘l bosib ketayotgan kishi mag‘rib tomonda topiladigan narsalarga ega 
bo‘lmog‘i mumkin emas. Dunyo va oxirat ishlari ham xuddi shu kabi joriy bo‘ladi. 
Shuning uchun ham Alloh taolo quyidagi oyatida aytadiki: 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling