Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 bo‘lgan chaqmoqqa o‘xshaydi, so‘ngra yana qaytadi, goho bu holat (ya’ni, qaytishi) kechikadi. Agar qaytsa, mustahkam joylashib oladi. Goho birinchi ko‘ringandayoq tutib qolinadi. Shu holatda sobit tursa, uning saboti goho uzoq vaqtga cho‘ziladi, goho uzoqqa bormaydi, goho esa bunga o‘xshash narsalar asta- sekin qo‘shilib zohir bo‘ladi, goho qo‘shilmasdan bir xil ko‘rinishda to‘xtaydi. Yaratilishdagi va axloqlaridagi tafovutni cheklab bo‘lmaganidek, Alloh taolo valiylarining bu to‘g‘ridagi martabalarini cheklab qo‘yib bo‘lmaydi. Bu yo‘l tomoningizdan bo‘ladigan (qalbni) poklash, soflash va jiloga taqaladi. (Alloh taoloning rahmatini) kutib, unga tayyorgarlik ko‘rish esa keyingi narsadir. Ammo o‘ta zukko va e’tiborli hisoblangan ulamolarning fikriga qarasak, ular ham bu yo‘lning borligini inkor qilishmadi va buning mumkinligini, lekin bu maqsadga kamdan-kam holatlardagina yetishishni bilishdi. Chunki bu ko‘p payg‘ambar va avliyolarning holati edi. Lekin bu yo‘lni notekis, o‘nqir-cho‘nqir, deb hisobladilar va uning natijasi juda sekin yuzaga chiqishini aytdilar. Hamma shartlarini jamlay olishni ham uzoq sanadilar. Ularning fikricha, o‘sha chegaragacha bo‘lgan aloqalarni yo‘q qilish qiyin, agar shular paydo bo‘lsa, bu had yetganda ham uning sabotli bo‘lishi undan ham qiyin. Zero, eng kichik vasvasa hamda fikr ham qalbni buzadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: «Mo‘min qalbining o‘zgarishi qozonning qaynashidagi o‘zgarishdan ham qattiqroqdir» (Imom Ahmad rivoyati). Yana aytadilar: «Mo‘minning qalbi Rahmon barmoqlaridan ikki barmoq (ya’ni, o‘ziga xos bo‘lgan, bizniki kabi jismli emas) o‘rtasidadir» (Imom Muslim rivoyati). Bu urinish asnosida gohida xulq buziladi, aql ham o‘zgaradi, badan kasal bo‘ladi. Agar oldin nafsning riyozati, ilmning haqiqatlari bilan uni tozalash imkoni bo‘lmasa, qalbga har xil buzuq xayollar o‘ralib qoladi. Bu buzuq xayollar qalbdan yo‘q bo‘lib ketguncha qalb ularga ishonib qoladi. Natijada bu ishda zafar topmasdan turib umri tugab qoladi. Bu yo‘lni tutgan qancha-qancha so‘filar borki, bitta xayolda yigirma yillab qolib ketadilar. Agar ular oldin mustahkam bir ilmga ega bo‘lishganida ana shu xayollarining chigal joylari o‘sha zahoti ochilib ketgan bo‘lardi. Bas, ta’lim olish yo‘li bilan shug‘ullanish maqsadga yetishga yaqinroq va ishonchliroqdir. Yana e’tiborli ulamolar bularning misolini go‘yo bir inson ilm o‘rganishni tark qilganiga o‘xshatadilar. Shu bilan birga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham ana shularni ta’lim olib o‘rgangan emaslar. U zot takrorlashsiz va yozishsiz, balki vahiy va ilhom bilan olim bo‘lganlar. Mening ham riyozatim shu darajaga yetsa, bunda doimiylik bo‘lsa, ana shu darajaga yetaman, deyishga o‘xshash gaplarni aytishadi. Qaysi bir inson shu gumonda bo‘lsa, o‘z nafsiga zulm qilibdi, umrini behuda o‘tkazibdi. U go‘yo biron kon topib olish umidida kasb-hunar va dehqonchilik yo‘llarini tark qilgan kishiga o‘xshaydi. Albatta bu holat (ya’ni, kon topilishi) mumkin, lekin juda qiyin ish. Ilm o‘rganishni tark qilib, ilhomni kutib o‘tirish ham xuddi shu kabidir. Tasavvuf yo‘lini tutganlar avvalo ulamolar o‘rgangan narsalarni o‘rganib, ular aytgan narsalarni anglamoqlari lozim. Ana shundan keyingina boshqa ulamolarga ochilmagan narsalarning kashf bo‘lishini kutib turmoqlarining zarari yo‘qdir. Extimol, ana shundan keyingina ularning tirishqoqligi natijasida kashf etilishi mumkin bo‘lar. Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling