Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Ey pok Alloh, bu bashar (farzandi) emas, bu asil farishtaning o‘zi-ku», deb
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
«Ey pok Alloh, bu bashar (farzandi) emas, bu asil farishtaning o‘zi-ku», deb
yubordilar» (Yusuf surasi, 31-oyat). Kim o‘z himmatini badani orom oladigan lazzatlarga sarflasa, hayvonlardek faqat yeyishning o‘zi bilan kifoyalansa, hayvonlar yo‘lining ham eng pastiga tushib qoladi. Natijada ho‘kizga o‘xshab aniq tentakka yoki to‘ng‘izga o‘xshab ochko‘zga aylanadi yo bo‘lmasa, it va mushukka o‘xshab qattol ziyonkorga yoki tuyaga o‘xshab arazchiga yo yo‘lbarsga o‘xshab mutakabbirga yoxud tulkiga o‘xshab aldoqchiga aylanadi. Yoki bo‘lmasa, bularning hammasini jamlab, juda qattiq osiy hisoblangan shaytonga aylanadi. Inson a’zolaridan biri bilan ham yoki hissiyotlardan biri bilan ham Alloh taologa yetish yo‘lida yordam so‘rashi mumkin bo‘ladi. Mazkur kitobimizning «Shukr bobi»da mana shu yordam so‘rashning bir jihati bayoni keladi. Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 13 Qay bir inson a’zolari va hislarini shunga amal qildirsa, albatta u najot topadi. Kim undan boshqa narsalarga burilib ketsa, albatta u ziyon ko‘radi va noumid bo‘ladi. Mana shu yo‘lda butkul saodatga erishmoq Alloh taologa yo‘liqmoqni maqsad qilib olmoqlik, oxirat diyorini qarorgoh, dunyoni past bir manzil, badanini ulov va a’zolarni o‘ziga xizmatkor qilib olmoqlikdadir. Agar shunday qilsa, insonning botiniy askarlaridan biri - idrok etish hissi mamlakatining markazi hisoblangan qalbga podshoh kabi o‘rnashadi hamda dimog‘ning old qismiga joylashtirilgan xayoliy quvvati esa podshoh xabarchisi o‘rnida bo‘ladi. Zero, his etilgan xabarlar o‘sha yerda to‘planadi. Turar joyi dimog‘ning orqa tomoni hisoblangan hifz quvvati esa xazinabon o‘rnida bo‘ladi. Til esa tarjimon o‘rnida yuritiladi. Uning harakatlanuvchi a’zolari esa kotiblar o‘rnidadir. Beshta sezgi a’zolari esa josuslar o‘rnida bo‘ladi. Bas, ularning har biriga mamlakat hududlaridan birining xabarini keltirish topshiriladi: ko‘zga ranglar olami, quloqqa ovozlar olami va burunga hidlar olami topshirilgan. Boshqalariga ham xuddi shu kabi vazifalar yuklangan. Chunki bular xabar sohiblaridir. Xabarlarni ular bu olamdan oladilar va podshoning xabarchisi bo‘lmish xayoliy quvvatga topshiradilar, xabarchi esa xazinachi hisoblangan hifz quvvatiga topshiradi. Xazinachi esa uni podshohga ko‘rsatadi. Podshoh mamlakatining tadbirida hamda asosiy maqsadga aylangan safarini oxiriga yetkazishda kerak bo‘ladigan va o‘zi balolanib qolgan dushmanni yanchib tashlashda muhtojlik sezadigan narsalarni va yo‘lto‘sarlarni daf qilishda zarur bo‘ladigan narsalarni xabarlardan terib oladi. Agar mana shularni qilsagina, saodatli maqomda va Allohning ne’matlariga shukr qiluvchilardan bo‘ladi. Agar bularda sustkashlik qilsa yoki ularning dushmanlari, ya’ni shahvat, g‘azab va boshqa naqdini nasibalar rioyasini qilishga yoxud o‘zining manzili bo‘lmagan, balki yo‘lida uchragan imoratga ishlatsa, katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Vaholanki, uning asl vatani va asl qarorgohi oxirat bo‘la turib shunday qilsa, yordamsiz qo‘yilgan bir badbaxt va Alloh taoloning ne’matlariga nonko‘r, Alloh taoloning askarlarini, ya’ni botiniy va zohiriy askarlarni zoe qiluvchi, Allohning dushmanlariga ko‘mak beruvchi va Allohning jamoatini yordamsiz qo‘yuvchi bo‘ladi. Natijada qaytib boriladigan joyda, ya’ni oxiratda o‘ch olinishga va rahmatdan uzoq bo‘lishga duchor bo‘ladi. Ana shunday holatdan Allohdan panoh so‘raymiz. Zarbulmasal qilingan ikkinchi misolimizga Ka’b ul-Axbor mana bu so‘zlari bilan ishora qilganlar: «Oisha roziyallohu anhoning oldilariga kirdim va: «Insonning ko‘zi yo‘l ko‘rsatuvchi, quloqlari idish, tili tarjimon, ikki qo‘li qanot va ikki oyog‘i elchidir. Insonning qalbi esa podshohdir, agar podshoh yaxshi bo‘lsa, askarlari ham yaxshi bo‘ladi» (Abu Naim, Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyatlari), dedim. Oisha roziyallohu anho aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mana shunday eshitganman. Ali roziyallohu anhu qalblarni o‘xshatish to‘g‘risida «Albatta Alloh taolo uchun yer yuzida shunday idishlar borki, u idishlar qalblardir. Qalblarning Allohga suyuklisi ularning qattiqrog‘i, sofrog‘i va yumshoqrog‘idir», deb aytdilar. Keyin: «Dinda qattiqrog‘i, iymonda sofrog‘i va birodarlarga yumshoqrog‘idir», deb bu so‘zlarini sharhladilar». Bu Alloh taoloning mana bu so‘zlariga ishoradir: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling