Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ey (kiyimlariga) o‘ralib olgan zot»
www.ziyouz.com kutubxonasi
116 bilan ham faqat zarur gaplarni gaplashish lozim bo‘ladi, chunki so‘zlashish qalbni mashg‘ul qiladi. Qalblarning so‘zlashishga bo‘lgan ishtiyoqi katta. Chunki so‘zlashish unga rohat beradi hamda zikr va fikr chun vaqt ajratishni qiyinlashtiradi. Natijada qalb undan huzurlanadi. Jim turish aqlni kuchaytiradi, parhezni jalb qiladi, taqvoni o‘rgatadi. Yolg‘izlik hayotining foydasi shuki, mashg‘ul qiladigan narsalarning daf bo‘lishi quloq va ko‘zlarning saqlanishidir. Chunki ko‘z va quloq qalbning yo‘lagidir. Qalb esa sezgi anhorlaridan iflos, loyqa, karih ko‘riladigan suvlar to‘planadigan hovuz hukmidadir. Riyozatdan maqsad hovuzning ostidagi buloq ko‘zlari ochilishi va undan toza va pokiza suvlar chiqishi uchun shu suvlardan va undan hosil bo‘lgan balchiqlardan hovuzni bo‘shatishdir. Hovuzdan suvni qanday qilib olib tashlash mumkin bo‘ladi? Vaholanki, loyqa suvlar oqadigan anhorlar ochiq bo‘lsa, har doim olingan suvdan ko‘ra ko‘proq loyqa suv unga yangilanib kirib turadi. Demak, (loyqa anhorlar hisoblangan) sezgi a’zolarini zarur miqdordan ortig‘idan to‘xtatib turish lozim. Bu esa faqat qorong‘i uyda yolg‘iz qolish bilan mukammal bo‘ladi. Agar uning uchun qorong‘i joy bo‘lmasa, boshini yoqasining ichiga o‘rab yoki bir kiyimga yo choyshabga o‘ranib olsin. Mana shunga o‘xshash holatlarda Haqning nidosini eshitadi, Parvardigorining ulug‘ligini mushohada qiladi. Ko‘rmaysizmi, Alloh taoloning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qilgan nidosi u kishiga mana shu sifatda bo‘lganlarida yetgan. Alloh taolo u zotga aytadiki: «Ey (kiyimlariga) o‘ralib olgan zot» (Muzzammil surasi, 1-oyat). «Ey (liboslariga) burkanib olgan zot» (Muddassir surasi, 1-oyat). Yuqoridagi to‘rt xil narsa to‘siqlarni daf qiladigan va yo‘lto‘sarlardan qutqaradigan qalqon va qo‘rg‘ondir. Agar mana shu to‘rt xil narsani bajara olsa, keyin yo‘lga yurish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Yo‘lga yurish dovonlarni kesib o‘tish bilan bo‘ladi. Alloh taoloning yo‘lidagi dovon esa dunyoga iltifot qilish uchun bo‘lgan qalb sifatlaridir. Bu dovonlarning ba’zisi ba’zisidan kattaroqdir. Uni kesib o‘tishdagi tartib avval osonrog‘i bilan, keyin yana osonrog‘i bilan mashg‘ul bo‘lmoqdir. Bu sifatlar yuqorida zikr qilingan, murid bo‘lishdan oldin kesib o‘tilgan yo‘llardir. Ya’ni, mol, martaba, xalqqa yuzlanish va gunohlarga intilishdir. Demak, zohirini bu sifatlarning zohiriy sabablaridan xoli qilganidek, botinini ham uning asaridan xoli qilishi lozim. Buning uchun uzoq kurashish kerak. Holatlarning turlichaligiga ko‘ra kurashish ham har xil bo‘ladi. Ba’zi kishilar bu sifatlarning ko‘pini daf qilgan bo‘ladi, bundaylarga kurashish uzoq davom etmaydi. Kurashish yo‘li muridning nafsiga g‘olib kelgan har bir sifatda shahvatlarga qarshi chiqish va havoyi nafsiga xilof qilish ekanini kitobimiz avvalida zikr qilgan edik. Agar bu sifatlarni daf qilsa yoki kurashish bilan zaiflashtirsa, qalbida unga biron aloqa qolmasa, keyin qalbini doim lozim tutib turadigan zikr bilan mashg‘ul qiladi. Uni zohiriy vazifalarni ko‘paytirishdan man qiladi. Balki u farzlar va ravotib sunnatlar bilan kifoyalanadi. Uning vazifasi bitta bo‘ladi. U ham bo‘lsa, vazifalarning mag‘zi va samarasidir. Ya’ni, qalb Allohdan boshqasini zikr qilishdan xoli bo‘lganidan keyin Alloh taoloning zikrini lozim tutishidir. Uning qalbi, modomiki boshqa narsalar aloqasiga burilib turadigan bo‘lsa, uni bu vazifa Alloh zikri bilan mashg‘ul qilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling