Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
119 Demak, riyozatdan maqsad inson qalbini doim Alloh taolo bilan birga topmog‘idir, bu faqat boshqalardan xolilik bilangina bo‘ladi, boshqalardan xoli bo‘lish esa faqat uzoq vaqt kurashish bilan bo‘ladi. Agar uning qalbi Alloh taolo bilan birga bo‘lsa, uning uchun Parvardigorning ulug‘ligi zohir bo‘ladi. Yana unga haq porlaydi va Alloh taoloni sifatlashga til ojiz, balki hech ham to‘la sifatlay olmasligi zohir bo‘ladi. Agar muridda mana shulardan birortasi paydo bo‘lsa, uning yo‘lida turadigan eng katta to‘siq uni va’z- nasihat qilgan holda gapirib yubormog‘i va uni insonlarga bildirish uchun chiqmog‘idir. Shu paytda nafs undan shunday lazzat topadiki, keyin bunday lazzat bo‘lmaydi. Ana shu lazzat uni kashf bo‘lgan narsalarning ma’nolarini qanday keltirish to‘g‘risida, u haqda gapiriladigan lafzlarni chiroyli qilish to‘g‘risida, uni tartibma-tartib aytish to‘g‘risida, uni hikoyalar bilan, Qur’on va xabarlarning dalillari bilan ziynatlash to‘g‘risida, unga qalblar va quloqlar moyil bo‘lishi uchun gapirish san’atini chiroyli qilish to‘g‘risida fikr yuritishga chaqiradi. Ba’zan shayton unga: «Albatta bu ishing Alloh taolodan g‘aflatdagi o‘lik qalblarni tiriltirishdir. Sen Alloh bilan xalq o‘rtasidagi vositachisan, bandalarini Unga chaqirib berasan, bu ishingda sen uchun bir nasiba ham yo‘q va nafsing uchun unda bir lazzat ham yo‘q», deb xayol qildiradi. Yana shaytonning hiylasi tengdoshlari ichida undan ko‘ra kalomi chiroyliroq va so‘z boyligi ko‘proq, avom xalq qalbini jalb qilishga kuchliroq kishilar borligida zohir bo‘ladi, chunki (tengdoshlaridagi peshqadamlikka) uning ichida hasad chayoni harakatlanadi. Agar qalbida gapini odamlarga qabul qildirish hiylasi qo‘zg‘algan bo‘lsa, agar uning harakatlantiruvchisi haq, ya’ni to‘g‘ri yo‘lga Alloh taoloning bandalarini da’vat qilishga harislik bo‘lsa, bu bilan uning xursandchiligi yanada ko‘proq bo‘ladi. «Bandalarini tuzatish uchun menga yordamlashgan kishi bilan meni quvvatlab qo‘ygan va menga madad bergan Zotga hamd bo‘lsin», deydi. Bu quyidagi holatga o‘xshaydi: hech kimi yo‘q bir o‘likni dafn qilish ishlari yuklangan va gardaniga shar’an tayinlab qo‘yilgan kishiga yordam berish uchun bir kishi kelib qoladi. U esa yordamchi kelganiga xursand bo‘ladi va o‘ziga yordam berayotgan kishiga hasad qilmaydi. G’aflatdagi kishilarning qalblari o‘likdir, voizlar esa ogoh qiluvchi, ularni tiriltiruvchidir. Voizlarning ko‘payishida rohatlanish va bir-biriga yordam berish bor. Bu holatga qattiq xursand bo‘lish lozim. Bunday xursandlikning topilishi juda kam. Murid bundan juda ehtiyot bo‘lishi lozim. Chunki bu - yo‘lning avvalgi eshiklari ochib berilgan kishilarga io‘lni to‘sib qo‘iishda shaitonning eng katta tuzog‘idir. Chunki dunyo hayotini ixtiyor qilish insondagi tabiatdir. Shuning uchun Alloh taolo aytadi: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling