Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Qalbning tez o‘zgarishi hamda qalblarning o‘zgaruvchanlik va sobit turishga
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «...dil va ko‘zlarini aylantirib qo‘yurmiz»
Qalbning tez o‘zgarishi hamda qalblarning o‘zgaruvchanlik va sobit turishga
taqsimlanishi bayoni Bilingki, zikr qilganimizdek, qalbni yuqorida aytib o‘tilgan sifatlar o‘rab olgan. Oldin sifati aytib o‘tilgan eshiklardan qalbga har xil holatlar va xabarlar kelib turadi. Go‘yo qalb butun atrofdan mo‘ljalga olingan nishonga o‘xshaydi. Agar unga ta’sir qiladigan bir narsa yetsa, unga yana boshqa tomondan o‘sha narsaning ziddi yetib keladi. Natijada uning sifati o‘zgaradi. Agar qalbga shayton tushib, uni havoyi nafsga chaqiradigan bo‘lsa, unga farishta ham tushadi va uni havoyi nafsidan boshqa tomonga buradi. Agar uni bir shayton biror yomonlikka tortsa, boshqa shayton undan boshqasiga tortadi. Agar bir Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 69 farishta uni biror yaxshilikka tortsa, boshqa farishta undan boshqa yaxshilikka tortadi. Goho ikki farishta, goho ikki shayton, goho esa farishta bilan shayton o‘rtasida qalb talash bo‘lib qoladi va hargiz bee’tibor bo‘lmaydi. Bunga Alloh taoloning mana bu oyatida ishora bordir: «...dil va ko‘zlarini aylantirib qo‘yurmiz» (An’om surasi, 110-oyat). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qalb ajoyibotlari va uning o‘zgarishi to‘g‘risidagi Alloh taoloning ajoyib san’atidan xabardor bo‘lganlari uchun qalb bilan qasam ichardilar, ya’ni «Qalblarni o‘zgartiruvchi Zotga qasamki, unday emas», der edilar (Imom Buxoriy rivoyati). Yana ko‘pincha «Ey qalblarni o‘zgartirguvchi, qalbimni diningda sobit qil», deb duo qilardilar (Imom Termiziy rivoyati, hasan). Shunda sahobalar: «Siz ham qo‘rqasizmi, ey Rasululloh?» deyishdi. «Meni nima xotirjam qila olardi? Vaholanki, qalb Rahmon barmoqlaridan ikki barmoq orasida bo‘lsa, uni xohlagan tomoniga bursa», dedilar. Boshqa bir lafzda: «Agar uni to‘g‘rilashni xohlasa, to‘g‘rilaydi. Agar (haqdan boshqa tomonga) burishni xohlasa, buradi», deyiladi. Bunga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uch xil misol keltirdilar. Birinchisi -«Qalbning misoli chumchuqqa o‘xshaydi, har vaqtda o‘zgarib turadi». Ikkinchisi - «Qalbning o‘zgarib turishdagi misoli qaynashga hozirlangan qozonga o‘xshaydi» (Imom Ahmad rivoyati, sahih). Uchinchisi - «Qalbning misoli ochiq bir sahrodagi patga o‘xshaydi, shamollar uni orqaga va oldinga uchiradi» (Tabaroniy rivoyati, sanadi hasan). Bu o‘zgarishlar va o‘zgartirishdagi Alloh taoloning ajoyib san’ati shundayki, uni ilm bilan aniqlab bo‘lmaydi. Uni faqat qalblarini kuzatib turuvchi va Alloh taolo oldida ahvollari e’tiborga olingan kishilargina biladi. Qalblar yaxshilik va yomonlikda sobit turishda va ikkisining o‘rtasida beqarorligida uch xildir: birinchi qalb - taqvo bilan obod bo‘lgan, riyozat bilan tozalangan, iflos xulqlardan pok bo‘lgan, g‘ayb xazinalaridan va malakut olamiga kirish o‘rinlaridan yaxshi xayollar uchqunlab turadigan qalbdir. Aql qalbga tushgan xayollar to‘g‘risida undagi yaxshilik zarralarini va uning foydalari sirlarini bilish uchun fikrlashga o‘tadi. Shunda unga qalbning yuzi idrok nuri bilan ochilib, undagi fikrni ro‘yobga chiqarish kerakligiga hukm qiladi va uni shunga undab bajarishga chaqiradi. U qalbga farishta nazar solib, uni javhari yaxshi, taqvosi bilan poklangan, aql ziyodasi bilan nur taratuvchi va ma’rifat nurlari bilan obod qilingan holda topadi. U qalbning o‘ziga qarorgoh bo‘lishiga va tushadigan joy bo‘lishiga loyiq deb ko‘radi. Ana shu paytda ko‘zga ko‘rinmaydigan askarlar bilan uni quvvatlab, boshqa yaxshiliklarga burib qo‘yadi. Hatto yaxshilik boshqa yaxshiliklarga tortib ketaveradi. Uni yaxshiliklarga qiziqtirish va ishlarni yengillashtirish bilan unga madad berishi to‘xtamaydi. Bunga Alloh taoloning mana bu oyatida ishora bor: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling