Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Albatta u (namoz o‘qish) og‘ir ishdir. Magar o‘zlarining Parvardigorlariga
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
«Albatta u (namoz o‘qish) og‘ir ishdir. Magar o‘zlarining Parvardigorlariga
ro‘baro‘ bo‘lishlarini va shubhasiz Uning huzuriga qaytuvchi ekanliklarini biladigan shikastanafs zotlarga (og‘ir emasdir)» (Baqara surasi, 45-oyat). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Allohga rozi bo‘lish darajasida ibodat qilgin (ya’ni, rozi bo‘lib ibodat qil). Agar qodir bo‘lmasang, karih ko‘radigan narsangga sabr qilishda (ya’ni, ibodat karih ko‘rinsa, unga sabr qilsang) ko‘p yaxshilik bordir» (Tabaroniy rivoyati). Husni xulq uchun belgilangan saodatga yetishda toatdan lazzatlanish va ma’siyatni yomon ko‘rish bir vaqtda sodir bo‘lib, boshqa vaqtda sodir bo‘lmasligi kifoya qilmaydi. Balki doim va umr bo‘yi bo‘lmog‘i lozim. Umr qancha uzun bo‘lsa, fazilat ham shuncha mahkamroq va mukammalroq bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan saodat haqida so‘ralganida u zot sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning toatida uzoq yashash», dedilar (Qattoiy rivoyati). Shuning uchun payg‘ambarlar va avliyolar o‘limni yomon ko‘rganlar. Chunki dunyo oxirat ekinzoridir. Umrning uzun bo‘lishi bilan birga ibodatlar ko‘p bo‘lsa, savob ko‘proq, nafs pokizaroq, tozaroq va xulqlar esa kuchliroq va mustahkamroq bo‘ladi. Ibodatlardan ko‘zlangan maqsad uning qalbga ta’sir qilishidir. Albatta uning ta’siri ibodatlarda bardavom bo‘lish bilan kuchayadi. Bu xulqlarning g‘oyasi nafsdan dunyo muhabbati uzilib, Alloh taoloning muhabbati mustahkam o‘rnashmog‘idir. Shunda biror narsa unga Alloh taologa yo‘liqishdan ko‘ra suyukliroq bo‘lmaydi. Molining hammasini faqat Allohga yo‘liqtiradigan yo‘llarga ishlatadi. Uning g‘azab va shahvati ham o‘ziga bo‘ysundirilgan bo‘lib, ularni ham faqat Alloh taologa yaqinlashtiradigan o‘rinlarda ishlatadi. Mana shularning hammasi shariat va aql tarozisida o‘lchash bilan hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng u qilayotgan ishlariga xursand bo‘luvchi va undan lazzat oluvchi bo‘ladi. Endi namoz ko‘z quvonchi darajasiga yetishi va ibodatlar rohat berishi mumkin emas, deb bo‘lmaydi. Chunki odat bundan ham g‘aroyib ajoyibotlarni taqozo qiladi. Negaki, goho podshohlarni va ne’matga burkangan kishilarni doimiy qayg‘uda, pulsiz qolgan qimorbozning esa qimor va undagi narsalar bilan lazzatlanishi va xursandligi kuchayganini hamda qimorsiz insonlarning xursandligi unga juda og‘ir tuyulishini ko‘ramiz. Vaholanki, qimor ba’zan uning molini tortib oladi va uyini harob qilib, o‘zini nochor holda qoldiradi. Shunday bo‘lsa ham, u qimorni yaxshi ko‘radi. U bilan lazzatlanadi. Buning sababi uning qimorga uzoq vaqt ulfat bo‘lib va o‘zini unga burib qo‘ygani uchundir. Kaptar o‘ynatuvchi ham shunga o‘xshashdir. Goho oyog‘ida tik turib kun bo‘yi quyosh issig‘ida qolib ketadi. U qushlar va ularning harakatiga, osmonda parvoz qilishiga qarab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling