Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
86
etadigan kishilardir» (Oli-Imron surasi, 134-oyat).
Alloh taolo g‘azablarini yo‘q qilguvchilar, deb aytmadi. G’azab va shahvatning
ikkalasidan birontasi ham aqlga g‘olib
kelmaydigan, balki aql ikkisini nazorat qilib,
ularga
g‘olib keladigan darajada mo‘‘tadillik haddiga qaytarish mumkin. Xulqni o‘zgartirishdan
murod ham shudir. Chunki ba’zan shahvat insonda shu darajada bo‘ladiki, aql uni
buzuqliklarga jur’atli bo‘lishdan qaytara olmaydi, so‘ngra tarbiya bilan mo‘‘tadillik
haddiga qaytadi. Bu xulqni o‘zgartirish mumkinligiga dalolat qiladi. Tajriba
va kuzatishlar
bunga shak-shubhasiz dalolat qiladi. Xulqlarda ko‘zda tutilgani o‘rtachasidir. Ikki tarafi
emas. Masalan, saxiylik shar’an
maqtalgan xulqdir, u esa isrofgarchilik bilan ziqnalikning
o‘rtasidadir.
Alloh taolo bu xislatni maqtab aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: