Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 Shunda podshoh ularga bir supani topshirib, uning bir tomoniga xitoyliklarning, boshqa tomonida rumliklar esa naqsh solishiga buyruq qildi. Yana ular bir-birlarining ishiga qaramasliklari uchun o‘rtalariga parda tortib qo‘yildi. Uning farmoni bajarildi. Rumliklar hisobsiz darajada har xil ajoyib bo‘yoqlarni ishlatishdi. Xitoyliklar esa biron-bir bo‘yoqsiz ishga kirishib, o‘z tomonlarini faqat sayqallab, unga jilo berishga urinishdi. Rumliklar ishlarini tugatishgan zahoti xitoyliklar «Biz ham tugatdik», deb da’vo qilishdi. Shunda podshoh «Qanday qilib bular bo‘yoqsiz naqsh ishlarini tugata olishdi?» deb ajablanganida ulardan so‘raldi: «Qanday qilib ishingizni bo‘yoqsiz bitirdingiz?» Ular javob qilib: «Sizlarga nima? Pardani ko‘taraveringlar», deyishgan ekan. Parda ko‘tarilganida ro‘paralarida rumliklarning san’ati ajoyibotlari o‘ta yorqin va o‘ta yaltiroqligi bilan o‘z tarafida porlab turardi. (Xitoyliklar turgan taraf esa) ko‘p sayqal berilgani uchun jilolangan oynaga o‘xshab qolgan, ular tomonning husni ziyoda bo‘lgandi. Xuddi shu kabi avliyolarning unda Haq nuri yorqin porlaguncha qalbni poklashga, unga jilo berish va poklashga bo‘lgan intilishlari xitoyliklarning ishiga o‘xshaydi. Ulamo va hukamolarning qo‘lga kiritgan ilmlar naqshini qalbda hosil qilishga bo‘lgan qasdlari esa rumliklarning ishiga o‘xshaydi. Bas, ish qay holatda bo‘lmasin, mo‘minning qalbi o‘lmaydi, o‘lgandan keyin ilmi o‘chib ketmaydi. Uning musaffoligi xiralashmaydi ham. Bunga Hasan Basriy rahmatullohi alayh ham mana bu so‘zlari bilan ishora qilganlar: «Tuproq iymonning do‘stini emaydi, balki u (iymonning do‘sti, ya’ni qalb) Allohga vasila va Unga yaqinlashtirguvchi bo‘ladi». Ammo iymon bilan birga ilmning yolg‘iz o‘zidan hosil qilgan va ilmni qabul qilish uchun tayyorgarlikdan va soflikdan hosil qilgan narsalari ham bo‘lmog‘i kerak. Saodat har bir insonga faqat ilm va ma’rifat orqali bo‘ladi va ba’zi saodatlar ba’zisidan ulug‘ bo‘ladi. Bu boylik faqat mol bilan bo‘lib, dirham egasi ham boy va behisob xazinalar sohibi ham boy, deganga o‘xshaydi. Boylar darajasi mollarining oz- ko‘pligi bilan farqlanganidek, saodatmand kishilarning ham darajasi iymon va ma’rifatdagi tafovutlariga ko‘ra bo‘ladi. Ilmu ma’rifat bir nurdir. Mo‘minlar qiyomat kunida Allohning huzuriga nurlari bilan boradilar. Alloh taolo aytadi: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling