Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Ikki maqom o‘rtasini his etib bilinadigan misollar farqi


Download 458.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/128
Sana09.10.2023
Hajmi458.82 Kb.
#1696643
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128
Bog'liq
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]

Ikki maqom o‘rtasini his etib bilinadigan misollar farqi 
Bilingki, qalb ajoyibotlari his etib bilinadigan narsalardan tashqaridadir. Chunki qalbning 
o‘zi ham hisning idrokidan tashqaridadir. Qaysi bir narsani his bilan idrok etib bo‘lmasa, 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
fahmlar ham uni idrok etishdan zaiflashib qoladi, buni faqatgina his etiladigan misollar 
bilan tushunish mumkin. Biz esa ana shu zaif fahmlarga ikki misol bilan tushunishni 
yaqinlashtiramiz. Birinchisi - yerda kavlab qo‘yilgan bir hovuz bor, deb faraz qilamiz. 
Unga atrofidan anhor qazib, suv surib kelishning ham ehtimoli bor. Yoki hovuzning tagini 
yana chuqurroq qazib, sof va toza suv turadigan joygacha kavlab berish bilan suv paydo 
bo‘lmog‘i ehtimol qilinadi. Natijada suv hovuzning tagidan o‘zi chiqib qoladi. Bu suv esa 
juda toza va davomiy bo‘ladi. Goho esa juda ko‘p ham chiqib qoladi. Qalb ana shu 
hovuzga, ilm esa suvga o‘xshaydi. Beshta his etish a’zolari (ya’ni, eshitish, ko‘rish, 
hidlash, ushlash va totish) esa anhorlarga o‘xshaydi. Gohida ilmlar zohiriy his etish 
anhorlari vositasida va mushohadalardan saboq olish bilan qalbga haydaladiki, unga ilm 
to‘ladi. Bu anhorlar xilvat, uzlat va ko‘zni yumish bilan to‘silib, qalbni poklash hamda 
undan pardalar qatlamini ko‘tarish bilan ichkarisidan ilm buloqlari otilib chiqquncha 
uning tubiga intilish mumkin bo‘ladi. Ilm qanday qilib qalbning o‘zidan qaynab chiqadi, 
vaholanki qalb ilmdan xoli bo‘lsa? Bilingki, albatta bu narsalar qalb sirlarining 
ajoyibotlaridandir. Uni zikr qilish muomala ilmida (ya’ni, zohiriy ilmda) ruxsat 
berilmagan, balki zikr qilish mumkin bo‘lgan narsa shuki, albatta narsalarning haqiqati 
Lavhul mahfuzda yozilgan bo‘ladi.
Yana muqarrab farishtalarning qalblariga yozilgan bo‘ladi. Go‘yo bir muhandis uy 
qurilishini avval oq qog‘ozda tasvirlab, keyin ana shu tasvirga ko‘ra uni ro‘yobga 
chiqarganidek, yer va osmonlarni yaratuvchi Zot ham butun olamning avvalidan 
oxirigacha bo‘lgan nusxasini Lavhul mahfuzga yozgan, so‘ngra ularni ana shu nusxaga 
muvofiq yo‘qdan bor qilgan. Avvalgi suratiga ko‘ra yo‘qlikdan borlikka chiqqan bu 
olamdan his va xayol olamida ikkinchi bir surat hosil bo‘ladi. Chunki osmon va yerga 
tikilib qaragan kishi keyin ko‘zini yumsa ham, xayolida osmon va yer suratini go‘yo 
ularga qarab turgandek ko‘radi. Agar yeru osmon yo‘q bo‘lib ketib, ularni ko‘rgan 
kishining o‘zi qolsa ham, yeru osmon suratini go‘yo ularga qarab turgandek o‘z nafsida 
topadi. So‘ngra uning xayolidagi asar (ya’ni, iz) qalbga o‘tadi. Ana shunda qalbda his va 
xayolga kirgan narsalarning haqiqati paydo bo‘ladi. Endi qalbida hosil bo‘lgan narsa 
xayolidagi olamga muvofiq keladi. Xayolida hosil bo‘lgan narsa esa inson xayolidan va 
qalbidan tashqarida, o‘z o‘rnida turgan olamga muvofiq keladi. O’z o‘rnida turgan 
mavjud olam esa Lavhul mahfuzda mavjud bo‘lgan nusxaga muvofiq keladi. Go‘yo 
olamning mavjud bo‘lishida to‘rt daraja borga o‘xshaydi: Lavhul mahfuzda mavjud 
bo‘lish jismoniy mavjud bo‘lishdan oldindir. Uning orqasidan haqiqiy mavjud bo‘lish, 
ya’ni yaratilish keladi. Haqiqiy mavjud bo‘lish orqasidan xayoliy mavjudlik, ya’ni 
xayoldagi surati keladi. Xayoliy mavjudlik orqasidan aqliy mavjudlik, ya’ni uning surati 
qalbda mavjud bo‘lishi keladi. Bu mavjudliklarning ba’zisi ruhoniy va ba’zisi jismoniydir. 
Ruhoniyining ba’zisi ba’zisidan ruhoniylikda qattiqroqdir. Bu esa ilohiy hikmatdan bo‘lgan 
marhamatdir. Zero, ko‘z qorachig‘ingizning hajmi kichkina bo‘lsa-da, butun olam va yeru 
osmonlarning surati juda katta bo‘lishiga qaramay, uning ichiga joylashadi. So‘ngra u 
(ya’ni, olam) hisda mavjud bo‘lishdan xayolda mavjud bo‘lishga, so‘ngra undan qalbda 
mavjud bo‘lishga o‘tadi. Lekin faqat ulardan sizga yetgan narsanigina idrok eta olasiz, 
xolos. Agar olamlarning hammasi uchun o‘zingizda misol bo‘lmaganida qarshingizdagi 
narsalardan sizga xabar bo‘lmas edi. Qalblarning ichida va ko‘zlarda bunday 
ajoyibotlarning tadbirini qilib qo‘ygan Zotni har xil nuqson va kamchilikdan poklaymiz. 
Shulardan keyin ham ularni idrok etishda qancha-qancha qalblar va ko‘zlar ojizlikda 
qoladi, hatto ko‘pchilikning qalbi o‘zini va o‘zidagi ajoyibotlarni bilmaydigan holatda 
qoladi. 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 458.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling