Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Albatta Bizga ro‘baro‘ bo‘lishni umid qilmaydigan, hayoti dunyoning
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ular oxiratdan g‘ofil-bexabar bo‘lgan hollarida faqat hayoti dunyoning zohirinigina bilurlar»
- «ilm»dan yetgan joylari mana shu (hayoti dunyo matolarinigina istash)dir»
- Ilhomlanish bilan o‘rganish o‘rtasidagi va Haqni topishda so‘fiylik yo‘li bilan ko‘zi (ya’ni, farosati) o‘tkirlik yo‘li o‘rtasidagi farqning bayoni
«Albatta Bizga ro‘baro‘ bo‘lishni umid qilmaydigan, hayoti dunyoning
o‘zigagina rozi bo‘lib, o‘sha bilan xotirlari jam bo‘lgan kimsalar hamda Bizning oyatlarimizdan g‘ofil qolgan kimsalar - ana o‘shalarning joylari kasb qilib o‘tgan gunohlari sababli do‘zaxdir» (Yunus surasi, 7-8-oyat). «Ular oxiratdan g‘ofil-bexabar bo‘lgan hollarida faqat hayoti dunyoning zohirinigina bilurlar» (Rum surasi, 7-oyat). «Bas, (ey Muhammad alayhissalom), siz Bizning eslatmamizdan orqa o‘girib ketgan va faqat hayoti dunyonigina istagan kimsalardan yuz o‘giring! Ularning «ilm»dan yetgan joylari mana shu (hayoti dunyo matolarinigina istash)dir» (Van-najm surasi, 29-30-oyatlar). Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 27 Dunyoning masolihlarini mukammal ko‘ra olish bilan dinni mukammal bila olish orasini jamlash oson bo‘lmagan ishlardandir. Bu Alloh taolo dunyo va oxiratda o‘z tadbirini qilib turish uchun barqaror qilib qo‘ygan kimsalargagina oson bo‘ladi. Ular Jabroil alayhissalom bilan quvvatlanadigan, biron bir ishda oqsamay, har bir ishga bemalol imkon topadigan, ilohiy yordamdan madad oladigan payg‘ambarlardir. Ammo qolgan insonlarning qalblari agar bir ish bilan mashg‘ul bo‘lsa, ikkinchisidan burilib, uni mukammal qila olmaydilar. Ilhomlanish bilan o‘rganish o‘rtasidagi va Haqni topishda so‘fiylik yo‘li bilan ko‘zi (ya’ni, farosati) o‘tkirlik yo‘li o‘rtasidagi farqning bayoni Bilingki, albatta zaruriy bo‘lmagan, qalbda ba’zi hollarda hosil bo‘ladigan ilmlarning yuzaga kelishi goho kutilmagan joydan tushib qolgandek, qalbga kirib qoladi. Goho mulohaza va ta’lim olish yo‘llari bilan qo‘lga kiritiladi. Bas, maxsus o‘rganishsiz va daliliy yo‘llarsiz hosil bo‘lgan ilm ilhom, deb nomlanadi. Mulohaza yo‘llari bilan hosil bo‘lgani esa saboq olish va fahmlash, deb nomlanadi. Endi biron-bir yo‘lsiz, o‘rganishsiz va bandaning harakatisiz qalbga tushib qolgani ham ikkiga bo‘linadi. Avvalgisida - banda ilm qanday va qaerdan hosil bo‘lganini bilmaydi. Ikkinchisida - qalbiga ilm tushib qolishi bilan birga ana shu ilmning qaysi sabab bilan iste’foda qilganini bilib oladi. Bu esa qalbga ilmni tashlaguvchi farishtani ko‘rmog‘idir. Avvalgisi ilhom va qalbga tuflash, deb nomlanadi. Ikkinchisi esa vahiy, deb atalib, bu payg‘ambarlarga xosdir. Avvalgisi Allohning do‘stlariga va sof bandalariga xosdir. Bundan ham oldingisi esa, ya’ni mulohaza qilish yo‘liga binoan hosil bo‘lgani ulamolarga xosdir. Bu xususdagi gapning to‘g‘risi shuki, albatta qalb har bir narsadagi Haqning haqiqati unda ravshan bo‘lmog‘ini tan oladi. Lekin u bilan haqiqat o‘rtasiga qalb oynasining ko‘rinmay qolishiga sabab bo‘luvchi besh narsa to‘silib qolgan. U Alloh taolo qiyomatgacha bo‘lishini hukm qilgan har bir narsaning naqshi solingan Lavhul mahfuz bilan qalb oynasi o‘rtasini to‘sib turadigan pardaga o‘xshaydi. Ilmlar haqiqatining Lavhul mahfuz oynasi orqali qalb oynasida ko‘rinmog‘i suratning bir oynadan ikkinchi bir oynaga aksi tushib, unda ham ko‘rinmog‘iga o‘xshaydi. Ikki oynaning o‘rtasiga tushib qolgan parda goh qo‘l bilan chetga suriladi, goh esa uni harakatlantiradigan shamol esishi bilan chetlanadi. Xuddi shuningdek, goho mayin shabada esganida qalb ko‘zlaridan parda ochilib ketib, natijada Lavhul mahfuzda yozilgan ba’zi narsalar qalbda ravshanlashib qoladi. Bu esa goho u uxlayotgan vaqtda bo‘ladi. Bas, bu bilan kelajakda bo‘ladigan narsani bilib qoladi va pardaning tom, ya’ni mukammal ko‘tarilishi o‘lim bilan bo‘ladi. Ana shundagina parda butkul ochiladi va yana uyg‘oqlikda ham kashf bo‘ladi, hatto Alloh taolodan bo‘lgan maxfiy lutfu-marhamat bilan parda ko‘tarilib ketadi. Natijada qalblarda g‘ayb pardasi orqasidan ilm g‘aroyibotlaridan bo‘lgan bir narsa yaltirab ko‘rinadi. Bu goho tez, shiddatli chaqmoqqa o‘xshaydi. Goho esa bir chegaraga yetgunicha asta-sekin orqama-orqa kashf bo‘lish bilan bo‘ladi. Bu holatda doimiy turuvchilar juda oz bo‘lishadi. Ilhom ilmning o‘zida, uning o‘rni va sababida harakat qilib o‘rganishdan farqli bo‘lmaydi, lekin pardaning yo‘q bo‘lishi boralarida farqlidir. Chunki bu narsalar, ya’ni parda ko‘tarilishi bandaning ixtiyorida emas. Vahiy esa biror narsada ilhomdan farqli bo‘lmaydi, balki bularning hammasi ilmni ifoda qiluvchi farishtani mushohada qilish bilan bo‘ladi. Chunki ilm qalblarimizda farishtalar vositasi bilan hosil bo‘ladi. Alloh taoloning oyatida quyidagi ma’noli so‘zlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling