Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 bir-biriga o‘xshab ketadi. Goho taqlid qilish yo‘li bilan o‘zini Zayd qilib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Lekin o‘sha narsa eshituvchining xayoliga kelmaydi. Chunki u shubhaga o‘rin qoldirmadi. Bu firib va taqliddan g‘arazni fahmlamadi. Uchinchisi - hovliga o‘zingiz kirib, uni ko‘zingiz bilan qarab ko‘rmoqligingizdir. Bu haqiqiy ma’rifat, shaksiz mushohadadir. Bu muqarrab va siddiqlarning ma’rifatiga o‘xshaydi. Chunki ular mushohada bilan iymon keltiradilar. Ularning iymoni ichiga avomlar va mutakallimlarning ham iymonlari kiradi. U ochiq-oydin bir fazilat bilan bulardan ajralib turadi. Bu fazilat bilan xato imkoni mahol sanaladi. To‘g‘ri, ular ham ilmlarning miqdori va kashf darajalari bilan bir-birlaridan farqli bo‘ladilar. Ammo ilmlar darajasining misoli Zaydni hovli sahnida quyosh porlab turgan vaqtda yaqindan ko‘rish kabidir, ana shunda uni idrok etish mukammal bo‘ladi. Boshqa kishi Zaydni uy ichida yoki uzoqdan yo kechki paytda ko‘radi. Ana shunda uning uchun Zayd suratida albatta u Zaydligini shaksiz bildiradigan narsa gavdalanadi. Lekin suratining nozik va maxfiy joylari unga ko‘rinmaydi. Buning misli ilohiy ishlar mushohadasining farqliligida tasavvur qilinadi. Ammo ilmlar o‘lchovining misoli shunday: hovlida Zayd, Amr, Bakr va boshqalar ham ko‘rinadi. Boshqa birov esa Zaydning o‘zini ko‘radi. O’sha narsani bilish shubhasiz ma’lumotlarning ko‘pligi bilan ziyoda bo‘ladi. Bu qalbning ilmlar bilan birga bo‘lgandagi holatidir. To‘g‘risini Alloh taolo biluvchiroqdir. Qalbning aqliy, diniy, dunyoviy va uxroviy ilmlarning qismlariga qo‘shilgandagi holati Yuqorida aytilganidek, albatta qalb o‘zining tabiiyligi (ya’ni, fitriy holati) bilan ma’lumotlarning haqiqatini qabul qilish uchun tayyor holatda bo‘ladi. Lekin qalbga tushadigan ilmlar ham aqliy va shar’iyga bo‘linadi. Buning aqliysi zaruriy va kasb qilib olinadigan narsalardan iborat. Kasb qilib olinadigani ham dunyoviy va uxroviyga bo‘linadi. Ammo aqliysi, deganda aqlning tabiiyligi taqozo qiladigan, taqlid va eshitish bilan topilmaydigan narsani e’tiborga olamiz. Zaruriyga bo‘linadigani esa paydo bo‘lgan zaruriy ilmning qaerdan va qanday hosil bo‘lganini bilolmaydi. Bu ilm insonning bir shaxs bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘lmasligini yoki yana bir narsa bir paytda ham yangi, ham eski yoki bir holatning o‘zida ham bor, ham yo‘q bo‘lmasligini bilishiga o‘xshaydi. Chunki bu shunday ilmki, inson yoshligidan o‘zini mana shu ilmlarni biladigan qilib yaratilgan holda topadi. Bu ilm qachon va qaerdan hosil bo‘lganini bilmaydi. Ya’ni, buni bilishiga yaqin biror sababni bilmaydi. Lekin uni yaratgan va unga yo‘l ko‘rsatgan, hatto kasb qilib qo‘lga kiritiladigan ilmlarga yo‘l ko‘rsatgan albatta Alloh ekanligi hargiz unga maxfiy bo‘lmaydi. Kasb qilib olinadigan ilmlar ta’lim olish va dalillar bilan istifoda qilinadigan ilmlardir. Bu ikki xil ilm ham albatta aql, deb nomlanadi. Ali roziyallohu anhu aytganlar: «Aqlni ikkita aql deb ko‘rdim, biri - tabiiy va ikkinchisi - eshitish orqali bo‘lgani. Agar eshitish orqali hosil bo‘lgan aql bo‘lsa-yu, tabiiyi bo‘lmasa, uning foydasi yo‘qdir, go‘yo quyosh bo‘lsa- yu, ko‘zning nuri bo‘lmasa, foydasi bo‘lmaganidek». Avvalgisidan (ya’ni, tabiiyidan) murod Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ali roziyallohu anhuga aytgan hadislaridagi ma’nodir. Ya’ni, «Alloh taolo aqldan ko‘ra O’ziga mukarram bo‘lgan biron bir maxluq yaratmadi» (Imom Termiziy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Ikkinchisidan (ya’ni, eshitish orqali hosil bo‘lgan aqldan) murod Ali roziyallohu anhuga aytgan mana |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling