Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi. (Ya’ni, Jabroil
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Shunday qilib Biz Ibrohimga (o‘zi uchun hujjat qilib olishi) va aniq ishonuvchilardan bo‘lib qolishi uchun osmonlar va Yer mamlakatlarini ko‘rsaturmiz»
- «Axir ular (ya’ni, Makka mushriklari) yer yuzida sayr qilib-aylanmaydilarmi (Ana o‘shanda) ular uchun dono dillar, tinglaydigan quloqlar bo‘lur edi. Zero
«(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi. (Ya’ni, Jabroil
farishtaning suratini ko‘rib, Payg‘ambarning ko‘ngli ham qanoatlandi va uning Alloh taolo tomonidan yuborilgan farishta ekanligiga iymon keltirdi)» (Van-najm surasi, 11-oyat). Bu oyatda Alloh taolo qalbning idrok etishini ko‘rish, deb nomladi va quyidagi oyat ham shunga o‘xshashdir: «Shunday qilib Biz Ibrohimga (o‘zi uchun hujjat qilib olishi) va aniq ishonuvchilardan bo‘lib qolishi uchun osmonlar va Yer mamlakatlarini ko‘rsaturmiz» (An’om surasi, 75-oyat). Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 25 Alloh taolo bu oyatda iroda qilgan narsa zohiriy (ya’ni, qalb ko‘zi bilan ochiq) ko‘rishdir. Bu ne’mat qilib berish o‘rnida zikr qilinadigan Ibrohim alayhissalomgagina maxsus narsa emas. Shuning uchun Alloh taolo bu ko‘rish, ya’ni botiniy ko‘rishning ziddini ko‘rlik, deb nomladi. Alloh taolo aytadi: «Axir ular (ya’ni, Makka mushriklari) yer yuzida sayr qilib-aylanmaydilarmi? (Ana o‘shanda) ular uchun dono dillar, tinglaydigan quloqlar bo‘lur edi. Zero, ko‘zlar ko‘r bo‘lmas, balki ko‘kraklardagi ko‘ngillar ko‘r bo‘lur» (Haj surasi, 46- oyat). «Kimki bu dunyoda ko‘r - gumroh ekan, bas, u oxiratda ham ko‘r va butunlay yo‘ldan ozguvchidir» (Al-Isro surasi, 72-oyat). Bular aqliy ilmlarning bayonidir. Diniy ilmlar esa ergashish yo‘li bilan payg‘ambarlardan olingan ilmlardir. Bu ilmlar Alloh taoloning kitobini va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini o‘rganish va ularni eshitib, ta’lim olgandan keyin ma’nolarini fahmlash bilan hosil bo‘ladi. Qalb sifatlarining kamolga yetmog‘i va uni har xil kasalliklardan salomat bo‘lmog‘i ham mana shu diniy ilmlar bilandir. Qalb ularga muhtoj bo‘lib tursa-da, aqliy ilmlarning o‘zi uning salomat bo‘lishiga yetarli emas. Go‘yo aql badanning sog‘lom bo‘lish holatini muntazam tutib turishga yetarli bo‘lmay, tabiblardan ta’lim olishga, dorilarni va maxsus davolarni bilishga muhtoj bo‘lganidek, aqlning o‘zi ham bu narsalarga yo‘l topolmaydi. Lekin bu ta’limlarni eshitgandan keyin ularni aqlsiz tushunish ham mumkin emas. Demak, aqlning o‘zi bilan eshitishdan ham behojat bo‘linmaydi, eshitishning o‘zi bilan aqldan ham behojat bo‘linmaydi. Aqlni chekkaga surib, taqlidningo‘ziga chaqiruvchi kishi nodon hisoblanadi. Qur’on va sunnat nurlaridan bebahra bo‘lib, aqlning o‘zi bilan kifoyalangan kishi esa aqliga g‘ururlangan (ya’ni, aldangan) hisoblanadi. Siz mana shu ikki firqaning birortasidan bo‘lib qolmoqdan saqlanib, ikki asl narsani (ya’ni, aql va Qur’on bilan sunnat ta’limotini) jamlab yuruvchi kishilardan bo‘ling. Chunki aqliy ilmlar ozuqaga va shar’iy ilmlar dorilarga o‘xshaydi. Kasal kishi ba’zan dori bo‘lmagan holatlarda ozuqa bilan zararlanadigan vaqt ham bo‘ladi. Xuddi shuningdek, qalb kasalliklarini davolash ham faqat shariatdan istifoda qilingan dorilar bilangina mumkin bo‘ladi. Shariatdan istifoda qilingan dorilar esa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qalblarni davolash uchun tuzib bergan ibodat vazifalari va amallardir. Qaysi bir inson xasta qalbini shar’iy ibodat muolajasi bilan davolamasdan aqliy ilmlar bilan kifoyalanadigan bo‘lsa, go‘yo badani kasal kishi ozuqalar bilan zararlanganidek, u ham zararlanadi. Aqliy ilmlar shar’iy ilmlarga zid keladigan narsa, ikkisining o‘rtasini jamlash mumkin emas, deb o‘ylaydigan kishilar gumoni qalb ko‘zining ko‘rligidan sodir bo‘ladi, bunday gumonsirashdan Allohdan panoh so‘raymiz. Bu gaplarni aytuvchi kishining nazarida ba’zi shar’iy ilmlar ba’zisiga zid kelib qoladi. Natijada ikkisining o‘rtasini jamlashga ojizlik qilib gumon qiladi, albatta dinda bir-biriga ziddiyatlik bor, deb o‘ylaydi-da, hayratda qoladi. Bunday kishilar xamirdan qil sug‘urilganday dindan chiqib ketadi. Unga bunday xayollar kelishiga sabab shuki, uning nafsidagi ojizligi dindagi ziddiyat bo‘lib tuyuladi. Bu juda noto‘g‘ri o‘ylashdir. Albatta uning misoli bir qavmning hovlisiga kirgan ko‘r kishiga o‘xshaydi, u hovlining ba’zi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling