Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
26 anjomlariga toyilib ketib, hovli egalariga «Bu anjomlar nima uchun yo‘lga tashlab qo‘yilgan, nima uchun joyiga qo‘yilmagan?» deydi. Hovli egalari unga javoban «Anjomlarning hammasi o‘z o‘rnida, lekin sen ko‘rliging uchun to‘g‘ri yo‘ldan yurmayapsan, toyilishingni ko‘rligingdan ko‘rmasdan birovlarning kamchiligiga burishing ajablanarli ishdir», deyishadi. Bu zikr qilgan narsalarimiz diniy ilmlarning aqliy ilmlarga munosibligidir. Aqliy ilmlar dunyoviy va uxroviyga bo‘linadi. Dunyoviy ilm tabiblik, hisob, muhandislik, munajjimlik va boshqa sanoat hamda hunarmandchilik ilmlaridan iborat. Uxroviysi esa «Ilm kitobi»da batafsil bayon qilganimizdek, qalb holatlarini, amallarning ofatlarini, Alloh taoloni sifatlari va af’ollari bilan bilishdir. Bu ikkisi, ya’ni dunyoviy va uxroviy ilm bir-biriga muvofiq kelmaydigan ilmdir. Ya’ni, qay bir kishi himmatini bularning biriga sarflab, unga chuqur kirishib ketadigan bo‘lsa, aksar holatda ikkinchisiga qalb ko‘zi bilan qarashdan ojiz bo‘ladi. Shuning uchun Ali roziyallohu anhu dunyo va oxiratga uchta misol keltirganlar: «U ikkisi tarozining ikki pallasiga o‘xshaydi. (Birini og‘irlatsangiz, ikkinchi yengillashadi.) Mashriq va mag‘ribga o‘xshaydi. (Biriga yaqinlashsangiz, ikkinchisidan uzoqlashasiz.) Yana ikki kundoshga o‘xshaydi. (Birini rozi qilsangiz, ikkinchisi xafa bo‘ladi)». Shu sababli dunyo ishlari to‘g‘risida, ya’ni tabobat, hisob, muhandislik va falsafada o‘ta dono bo‘lgan kishilarning din ishlarida johil ekanliklarini va aksincha, oxirat ilmlarining nozik nuqtalarigacha xabardor bo‘lgan olimlarning dunyoviy ilmlarning ko‘pidan bexabarliklarini ko‘rasiz. Chunki aqlning quvvati ko‘p holatlarda ikkalasini birgalikda egallashga yetmaydi. Albatta ularning biri (bilan chuqur mashg‘ul bo‘lish) ikkinchisining mukammal bo‘lishidan to‘sib qo‘yadi va shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat ahlining ko‘plari sodda kishilar bo‘ladi», deganlar (Bazzor rivoyat qilgan va zaif, degan). Ya’ni, dunyo ishlari to‘g‘risidagi soddalik nazarda tutilyapti. Hasan Basriy rahmatullohi alayh ba’zi ma’ruzalarida aytgan ekanlar: «Agar sizlar biz ko‘rgan zotlarni ko‘rganingizda albatta ular jinni bo‘lsalar kerak, der edingiz va agar u zotlar sizlarni ko‘rganlarida bular shaytonlar bo‘lsa kerak, deyishardi». Siz qachon din ishlaridan boshqa ilmlarda dono kishilar inkor qilgan ajoyib hodisalarni eshitganingizda bularning inkor etib, haqiqatni qabul qilmasliklari sizni aldab qo‘ymasin. Zero, mashriq tomonga qarab yo‘l bosib ketayotgan kishi mag‘rib tomonda topiladigan narsalarga ega bo‘lmog‘i mumkin emas. Dunyo va oxirat ishlari ham xuddi shu kabi joriy bo‘ladi. Shuning uchun ham Alloh taolo quyidagi oyatida aytadiki: Download 458.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling