Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
31 Endi asosiy maqsadga qaytib aytamizki, qalbda olam haqiqati va surati goho sezgilardan va goho Lavhul mahfuzdan paydo bo‘lmog‘i tasavvur qilinadi. Bu ko‘zda hosil bo‘ladigan holatlarga o‘xshaydi. Ko‘zda quyosh surati gohida unga qaragandan, gohida esa quyosh ro‘parasida turib, uning suratini aks ettirayotgan suvga qaragandan hosil bo‘lish tasavvur qilinadi. Qachonki, qalb bilan Lavhul mahfuz o‘rtasidagi hijob ko‘tarilsa, undagi narsalarni ko‘radi. Ilm Lavhul mahfuzdan qalbga buloqdek qaynab chiqadi. Natijada sezgilar his etgan narsadan iqtibos qilishdan behojat bo‘ladi. Bu esa suvning yer tubidan buloq bo‘lib qaynab chiqishiga o‘xshaydi. Qachonki, qalb sezgi yordamida bilinadigan narsalardan paydo bo‘luvchi xayolotiga yuzlanadigan bo‘lsa, ana shu yuzlanishi Lavhul mahfuzni o‘qiy olishidan parda bo‘lib qoladi. Bu anhorda suv ko‘p to‘planib qolsa, u yerdan buloq otilib chiqishini to‘xtatib qo‘yganidek, yana go‘yo quyoshning suratini aks ettirib beradigan suvga qaragan kishi quyoshning o‘ziga qaragan bo‘lmaganidek holatdir. Bunday hollarda qalbning ikki eshigi bo‘ladi. Birinchisi - malakut olamiga, ya’ni u Lavhul mahfuz va farishtalar olamiga ochilgan eshik. Ikkinchisi - mulk va shahodat olamiga bog‘liq beshta sezgi olamiga ochilgan eshik. Shahodat va mulk olami ham malakut olamiga bir qadar o‘xshab ketadi, ammo qalb eshigining sezgilardan iqtibos qilishga ochilishi sizga maxfiy emas. Qalbning ichkari eshigini malakut olamiga va Lavhul mahfuzni o‘qishga ochilishini sezgilardan iqtibos qilmasdan ajoyib tushlar to‘g‘risida va qalb uyquda kelajak narsalardan yoki oldin bo‘lib o‘tgan narsalardan xabardor bo‘lishi to‘g‘risida fikr qilish bilan ishonchli holda bilib olasiz. Albatta ana shu eshik Alloh taoloning zikri bilan mashg‘ul kishilarga ochiladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Mufarridlar ilgarilab ketdilar» (Imom Muslim rivoyati). Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Mufarridlar kimlar?» deyildi. «Allohning zikri bilan ajrab chiquvchilar. Zikr ulardan gunohlarini to‘kib yubordi. Endi qiyomatda yengil holda keladilar», dedilar (Tabaroniy rivoyati, zaif). So‘ngra Rasululloh yana ularning sifatlari to‘g‘risida Alloh taolodan xabar berib aytadilar: «So‘ngra ularga yuzim bilan yuzlanaman, yuzim bilan yuzlangan kimsaga qaysi narsani bermoqni xohlayotganimni biror kishi biladimi?» So‘ngra Alloh taolo aytadi: «Ularga beradigan narsamning birinchisi - ularning qalblariga nur tashlayman. So‘ngra Men ulardan xabardor bo‘lganimdek, ular Men haqimda xabardor bo‘ladilar». Bu xabarlar (ya’ni, Alloh taolodan xabardor bo‘lish)ning kirish joyi botiniy eshikdir. Payg‘ambarlar va avliyolarning ilmlari bilan ulamo va hukamolarning ilmlari o‘rtasidagi farq shundaki, ularning (ya’ni, payg‘ambar va avliyolarning) ilmlari qalbning ichidan, ya’ni malakut olamiga ochilgan eshikdan keladi. Hikmat ilmi esa mulk olamiga ochilgan sezgilar eshiklaridan keladi. Qalb olamining ajoyibotlari hamda uning shahodat va g‘ayb olami orasida takrorlanishining oxiriga yetish muomala ilmida mumkin bo‘lmaydi. Bular esa sizga ikki olam eshigi orasidagi farqni o‘rgatadigan misoldir. Ikkinchi misol: ikki amal, ya’ni avliyolar va ulamolar o‘rtasidagi farqni sizga o‘rgatadi. Albatta ulamolar ilmlarning o‘zini qo‘lga kiritishda va uni qalbga jalb qilishga harakat qiladilar. Tasavvuf ahli bo‘lgan avliyolar esa faqat qalblarni jilolash, poklash, soflash va unga sayqal berishga harakat qiladilar. Hikoya qilinadiki, xitoylik va rumlik kishilar podshohlar oldida bir-birlaridan maqtanishib, naqqoshlik va bezakchilik san’ati borasida o‘zlariga o‘zlari katta baho berishgan ekan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling