Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilarki, Biz unga O’z dargohimizdan
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
«Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilarki, Biz unga O’z dargohimizdan
rahmat (ya’ni, payg‘ambarlik) ato etgan va O’z huzurimizdan ilm bergan edik» (Kahf surasi, 65-oyat). Zero, ilmlarning hammasi ham Allohning huzuridandir. Lekin ba’zisi ta’lim olish vositasi bilan o‘rganiladi. Bu ilmi laduniy, deb nomlanmaydi, balki tashqi odatiy sabablardan boshqa, qalbning ichida zohir bo‘ladigan ilm laduniy, deyiladi. Mana shular naqliy dalillardir. Agar bu xususda vorid bo‘lgan har bir oyat, xabar va asarlar jamlanadigan bo‘lsa, chegaradan chiqib ketadi. Ammo bu holatlarni tajribalar bilan ko‘rilgani ham juda ko‘p, bu narsa sahoba va tobe’inlardan, ulardan keyingi zotlardan ham zohir bo‘lgan. Abu Bakr roziyallohu anhu o‘lim paytlarida qizlari Oisha roziyallohu anhoga «Albatta ikkisi sening ining va singlingdir», dedilar. Xotinlari homilador edi, qiz tug‘di. Abu Bakr roziyallohu anhu homila tug‘ilmasidan oldin qiz ekanini bildilar. Umar roziyallohu anhu xutbalarining orasida «Ey qo‘shin, toqqa, toqqa», deb gapirib yuborganlar. Dushman yaqinlashib qolgani u kishiga kashf bo‘lib qolgan paytda bilib qolgan narsalari xususida ularni ogohlantirib qo‘ydilar. U kishining ovozlari toqqa yetib borgani buyuk karomatlar jumlasidandir. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: «Usmon roziyallohu anhuning oldilariga kirdim. Yo‘lda bir ayolga yo‘liqqan edim va unga ko‘z qirim bilan qarab, chiroyi to‘g‘risida biroz o‘ylanib qolgan edim. Usmon roziyallohu anhuning oldilariga kirganimda «Sizlardan biringiz oldimga kirib keladi, vaholanki uning ikki ko‘zida zino asari zohir bo‘lib turibdi. Qarash ikki ko‘z zinosi ekanini bilmadingmi? Tavba qilasan yoki albatta ta’ziringni beraman», dedilar. Shunda men: «Payg‘ambardan keyin yana vahiy keldimi?» dedim. U kishi: «Yo‘q, lekin bu qalb ko‘zi, burhon va rostgo‘y farosatdir», dedilar». Abiy Said al-Xarrozdan rivoyat qilinishicha, u kishi aytdilar: «Masjidi haromga kirdim, u yerda yirtiq kiyim kiygan bir faqir kishini ko‘rdim. Ichimda bu va bunga o‘xshashlar odamlarga yuk bo‘ladi, dedim. Shu zahoti menga «Albatta Alloh taolo nafslaringiz (ya’ni, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling