Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
39 narsalarimni aytib berdi. Qalbim ikkisidan biluvchiroq ekan», dedilar». Bu hikoya Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning mana bu so‘zlari ma’nosiga o‘xshash ekan: «Albatta ummatlarim ichida ilhom qilinganlari bordir. Umar ana shundaylardandir». Asarda kelishicha, Alloh taolo aytadi: «Qaysi bir bandaning qalbiga qaraganimda unda ko‘proq Mening zikrim bilan mashg‘ul bo‘linganini ko‘rsam, qalbini O’zim idora qilaman va uning suhbatdoshi va ulfati bo‘laman». Abu Sulaymon Doroniy aytadilar: «Qalb qurib qo‘yilgan bir gumbaz o‘rnidadir. Uning atrofida ko‘pgina qulflangan eshiklar bor. Qaysi eshik ochilsa, o‘sha eshik tarafda amal qiladi». Batahqiq, qalb eshiklaridan bir eshik malakut tomoniga va mala’il a’lo tomoniga (ya’ni, ko‘zga ko‘rinmaydigan olamga) ochilishi zohir bo‘ldi. Ana shu eshik nafsga qarshi kurashish bilan, parhez bilan, dunyo xohishlaridan yuz o‘girish bilan ochiladi. Shuning uchun Umar roziyallohu anhu askarlarning amirlariga «Itoatkor kishilardan eshitgan narsalaringizni yodda tuting, chunki to‘g‘ri ishlar ularga ravshan bo‘ladi», deb maktub yubordilar. Ba’zi ulamolar aytadilar: «Alloh taoloning yadi (qo‘li) dono kishilarning og‘izlari ustidadir. Ular faqat Alloh taolo ular uchun tayyorlab qo‘ygan haq narsanigina gapiradilar». Yana boshqa kishi aytadi: «Agar xohlasa, Alloh taolo O’zidan qo‘rquvchi bandalarini ba’zi sirlaridan xabardor qiladi, deyman». Shayton vasvasa bilan qalbga hukmronlik qilmog‘i va vasvasa ma’nosi hamda uning g‘olib kelishi sabablari bayoni Bilingki, albatta qalb yuqorida zikr qilganimizdek, bir necha eshikli qilib qurilgan bir gumbazga o‘xshaydi. Xabarlar unga har bir eshikdan yetkaziladi. Yana atrofidan kamon o‘qlari bilan mo‘ljalga olib turilgan joyga o‘xshaydi. Yoki yo‘l yoqasiga tiklab qo‘yilgan bir oynaga o‘xshaydi. Uning oldidan har xil suratli kishilar o‘tib, oynada har xil suratlar ko‘rinib turadi. Oyna suratdan hech xoli bo‘lmaydi. Yoki bir hovuzga uxshaidiki, unga har xil anhorlardan suv ochib qo‘iilgan edi. Albatta qalbda doimiy ravishda mana shunday yangi xabarlar kirib turadigan joylari bo‘ladi. Ammo tashqaridan kiradiganlari beshta his qilinadigan a’zolardir. Ichkaridan keladigan xabarlar esa xayol, shahvat, g‘azab va insonning tabiatidan tarkib topgan xulqlardir. Chunki inson his etish a’zolaridan (ya’ni, eshitish, ko‘rish, tatish, ushlash, hidlash) biri bilan biror narsani bilsa, undan qalbda asar qoladi. Xuddi shuningdek, masalan, ko‘p yeyish va tabiatidagi quvvat sababli shahvat qo‘zg‘aladigan bo‘lsa, qalbda undan asar hosil bo‘ladi. Garchi inson uni his etishdan tiyilsa ham, nafsda hosil bo‘lgan xayollar qoladi. Xayollar bir narsadan ikkinchisiga ko‘chib o‘tib turadi. Mana shu xayollarning ko‘chishi barobarida qalb ham bir holdan ikkinchi holga o‘tadi. Bu so‘zlarimizdan maqsad albatta qalb doim mana shunday sabablar tufayli o‘zgarib va ta’sirlanib turadi. Qalbda hosil bo‘luvchi ta’sirlarning o‘ziga xosi xotiralardir, ya’ni fikrlash va xotirlashdan paydo bo‘ladigan tushunchalardir. Bu - inson ilmlarni yangidan yoki eslash yo‘liga binoan idrok etishi, deganidir. Bu tushunchalarning xotira, deyilishiga sabab shunday: qalb xabarlardan g‘ofil bo‘lib qolganidan keyin qayta tushuniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling