Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa,
(Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201- oyat). Ya’ni, ular uchun muammolar yechilib ketadi. Ammo kim nafsini taqvo bilan rozi qilmay tabiatini havosiga ergashish bilan shaytonning aldovlariga bo‘ysunishga moyil qiladigan bo‘lsa, u holda adashishligi ko‘payib ketadi. O’zi sezmagan holda halokati tezlashib ketadi. Bularning o‘xshashlari to‘g‘risida Alloh taolo aytadi: Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 46 «Agar zolim-kofir kimsalar uchun Yerdagi bor narsa va u bilan birga yana o‘shaning mislicha narsa bo‘lsa, albatta ular qiyomat kunidagi azobning yomonligidan, o‘sha (qo‘llaridagi bor narsalarni) to‘lov qilib berib yuborgan bo‘lur edilar. (Chunki u kunda) ularga Alloh tomonidan ular o‘ylab ham ko‘rmagan narsalar - azoblar ko‘rinadi» (Zumar surasi, 47-oyat). Aytiladiki: «U savob deb o‘ylagan amallari edi, biroq u gunoh bo‘lib chiqdi». Muomala ilmlarining eng beparvo bo‘lingani va bekilib ketgani nafsning aldashi va shaytonning hiylalaridan ogoh bo‘lishdir. Vaholanki, bu ilm har bir bandaga farzi ayndir. Odamlar esa bunga beparvo bo‘lib, o‘zlariga vasvasalarni jalb qiladigan va ustlariga shaytonni hukmron qilib qo‘yadigan, uning dushmanligini va undan ehtiyot bo‘lish yo‘llarini unuttirib qo‘yadigan ilmlar bilan mashg‘ul bo‘lib qolishdi. Endi vasvasalarning ko‘pligidan faqat xayol eshiklarini yopib qo‘yishgina qutqaradi. Uning tashqi eshiklari beshta his etish a’zolaridir, ichki eshiklari esa shahvatlar va dunyo aloqalaridir. Qorong‘i uyda yolg‘iz qolish his etish eshigini to‘sadi. Molu dunyo va ahl-bolalaridan uzilish ichki eshiklardan bo‘ladigan vasvasalar yo‘lini ozaytiradi. Shunday bo‘lsa ham, qalbga joriy bo‘ladigan xayolotlarga botiniy kirish eshiklari ochiq qoladi. Buni esa qalbni faqat Alloh zikri bilan mashg‘ul qilish orqali daf etiladi. Keyin shayton qalbni o‘ziga tortishda, talashishda, Alloh zikridan to‘sishga harakat qilishda bardavom bo‘ladi. Unga qarshi kurashish lozim. Bu kurashish o‘lguncha bo‘ladi. Zero, qay bir inson tirik ekan, shaytondan qutulolmaydi. Batahqiq, kurashish bilan unga bo‘ysunmaslikka va uning yomonligini o‘zidan daf qilishga kuchi yetadigan bo‘ladi. Lekin badanida qon yurib turarkan, bir lahza ham unga qarshi kurashishdan va o‘zini himoya qilishdan behojat bo‘lolmaydi. Chunki inson tirik ekan, uning qalbiga shayton eshigi bekilmaydi va doim ochiq bo‘ladi. Bu eshiklar shahvat, g‘azab, hasad, ta’magirlik, ochko‘zlik va boshqa narsalardir. Bularning sharhi tezda keladi. Qachonki, eshik ochiq va dushman xushyor bo‘lsa, bundan faqat qo‘riqlash va kurashish bilan himoyalaniladi. Bir kishi Hasan Basriyga «Ey Abu Said, shayton ham uxlaydimi?» deb savol berganida, u kishi tabassum qilib: «Agar uxlaganida biz rohatda bo‘lardik», degan ekanlar. Demak, mo‘min undan qutulishi mumkin emas. Lekin uni daf qilish va quvvatini zaiflashtirish uchun yo‘l bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta mo‘min kishi o‘z shaytonini sizlardan biringiz tuyasini safarda holdan toydirgani kabi holdan toydiradi», dedilar (Imom Ahmad rivoyati). Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Mo‘minning shaytoni ozg‘in bo‘ladi», dedilar. Qays ibn Hajjoj dedilar: «Shaytonim menga: «Sening ichingga kirganimda men semiz tuyadek edim, hozir esa chumchuqqa o‘xshab qoldim», dedi. Shunda men undan «Nima uchun?» deb so‘radim. «Alloh taoloning zikri bilan meni kichraytirib yuboryapsan», deb javob qildi shayton». Taqvodor kishilarga shayton eshiklarini to‘sish va uni qo‘riqlash bilan himoya qilish, ya’ni zohiriy eshiklarini va oshkora gunohlarga olib boradigan ochiq- oydin yo‘llarini to‘sish qiyin bo‘lmaydi. Lekin ular shaytonning xufyona yo‘llarida toyilib ketishadi. Chunki ular uning xufyona yo‘llarini qo‘riqlash uchun uning qaerdaligini bilishmaydi. Ulamo va voizlarning aldanib qolishlari to‘g‘risida avval ishora qilganimiz bunga misol. Bu yerda mushkullik shundaki, shayton uchun qalbga ochilgan eshiklar ko‘p va farishtalarning eshiklari bittadir. Darhaqiqat, ana shu bitta eshik ko‘p eshiklar bilan chalkashib ketgan. Banda bu holatda xuddi zulmatli kechada yo‘llari ko‘p, lekin qaysisidan borilishi noma’lum bo‘lgan holda sahroda qolib ketgan bir musofirga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling